IV. Banklarning xo‘jalik operatsiyalari hisobini yuritish




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/38
Sana21.05.2024
Hajmi415,18 Kb.
#247060
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
Tasdiqlash haqida

IV. Banklarning xo‘jalik operatsiyalari hisobini yuritish
§ 1. Banklarda operatsion xarajatlar hisobi
87. Tijorat banklar o‘z operatsion xarajatlarini bank Boshqaruvi tomonidan bir yil uchun
tasdiqlangan va xabar berilgan smeta doirasida amalga oshiradilar.
Keyingi
 tahrirga qarang.
88. Bankning operatsion xarajatlari smetasi bo‘yicha mablag‘larni bank rahbari tasarruf etadi.
Bank rahbari bank bo‘yicha buyruq chiqarib, smeta xarajatlarini tasarruf etish huquqini o‘z
o‘rinbosariga ishonib topshirishga haqlidir. Bank Boshqaruvi raisi ham buyruq chiqarib smeta
bo‘yicha xarajatlarni tasarruf etish huquqini o‘zining birinchi o‘rinbosariga berishi mumkin. Biroq,
smeta bo‘yicha xarajatlarni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berib qo‘yish bilan bank
Boshqaruv raisini uning smeta intizomi ahvoli uchun qonunda belgilangan shaxsiy javobgarlikdan
ozod qilmaydi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
89. Bankning operatsion xarajatlari uchun ajratilgan smeta doirasida moliyalashtirish hisobot
yilining 31-dekabrigacha amal qiladi. Tugagan yilda amalda qilingan barcha xarajatlar 31-
dekabrgacha o‘tkazilishi lozim.
Keyingi
 tahrirga qarang.
90. Bankning operatsion xarajatlari hisobi bank tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi tijorat
banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar 
rejasi
” (2004-yil 13-avgust, ro‘yxat raqami 773-17 —
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 32-son, 369-modda)da belgilangan
tartibda aks ettiriladi.


Keyingi
 tahrirga qarang.
91. Bank operatsion xarajatlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasi yuklatilgan xodim
bu xarajatlar bo‘yicha hujjatlarni buxgalteriya o‘tkazmalari uchun qabul qilayotganda quyidagilarni
tekshiradi:
a) puli to‘lanayotgan hujjatda kreditlarni tasarruf etuvchining ruxsat imzosi bor-yo‘qligi (agar
bo‘nak hisoboti kabi jamlama hujjat puli to‘lanayotgan bo‘lsa, imzo faqat jamlama hujjatda bo‘lishi
talab qilinadi);
b) puli to‘lanayotgan hujjatdagi xususiy summalar va yakunlar to‘g‘riligi;
v) hujjat to‘g‘ri rasmiylashtirilgani va xususan, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tuzilgan to‘lov
hujjatlariga bankning tegishli mansabdor shaxslari bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qabul
qilinganini tasdiqlab qo‘ygan imzolarning bor-yo‘qligi;
g) sotib olingan moddiy qimmatliklar uchun yozilgan to‘lov hujjatlarda bu qimmatliklarni ular
but saqlanishi uchun javobgar shaxslar qabul qilib olganligi to‘g‘risidagi tilxatlarning bor-yo‘qligi;
d) hujjat puli hisoboti topshiriladigan summalardan to‘langan hollarda pul olingani to‘g‘risida
hujjatga imzo chekilgani.
Keyingi
 tahrirga qarang.
92. Agar hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshirilsa, u holda memorial ordyer
tuziladi. Memorial va kassa orderlari bank ichki hisobvaraqlari bo‘yicha hisob yuritadigan buxgalter
hamda bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
93. Kelajakdagi hisobot davriga tegishli bo‘lgan xarajatlar tegishli hisobot davri davomida
amortizatsiya (xarajatga o‘tkaziladi) qilinishi lozim. Bunday xarajatlarga yil oxirida ta’tilga ketayotgan
xodimlarga to‘langan ish haqi, xususan kelasi yilga taalluqli to‘lovlar, davriy nashrga obuna bo‘lish
bo‘yicha, kelgusi yillar smetalari hisobidan o‘rni qoplanishi kerak bo‘lgan ijaraga olingan binolarni
kapital ta’mirlash xarajatlari summasi, binoni ijarasi uchun oldindan to‘lov, oldindan sug‘urta badali,
oldindan auditorlik xizmatlari uchun to‘lovlar, faoliyat ko‘rsatish bilan bog‘liq tashkiliy xarajatlar va
boshqa soliq to‘lovlari misol bo‘lishi mumkin.
Keyingi
 tahrirga qarang.
94. Avtotransportdan foydalanish va uni joriy ta’mirlash xarajatlari, foydalanilgan yonilg‘i
qiymati hisobi “Transportni saqlash va shahar bo‘ylab yurish” nomli alohida shaxsiy hisobvaraqda
yuritiladi. Bundan tashqari, mazkur shaxsiy hisobvaraqda markazlashtirilgan ta’minot anjomlarini
viloyat doirasida tashish xarajatlari hisobi ham olib boriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
95. Bank reklama va xabar berish, kanselyariya anjomlari va ofis buyumlarini sotib olishga
qiladigan xarajatlar, pochta,telefon hamda faks xarajatlari, davriy nashrlar, kitoblar, gazetalar uchun
qiladigan xarajatlar hisobi “Ma’muriy xarajatlar” nomli shaxsiy hisobvaraqda tegishli tarzda ikkinchi
tartib hisobvaraqlarida yuritiladi. Bu hisobvaraqlar bo‘yicha xarajatlar bosh bank belgilagan
smetalar chegarasida qilinadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
96. Bank xodimlarining ish haqi va ularga to‘lanadigan boshqa to‘lovlar qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 415,18 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Banklarning xo‘jalik operatsiyalari hisobini yuritish

Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish