Keyingi
tahrirga qarang.
Hujjatlar ro‘yxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yo‘l bilan olinadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
Keyingi
tahrirga qarang.
Keyingi
tahrirga qarang.
158. Kassa hujjatlari “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil qilish, inkassatsiya va qimmatliklarni
tashishga doir
yo‘riqnoma
” (2008-yil 27-iyun, ro‘yxat raqami 1831 — O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami 2008-yil, 26-27-son, 258-modda) talablari asosida
kassa xodimlari tomonidan
alohida yig‘majildga tikiladi. Kunlik buxgalteriya yig‘majildiga kirim va chiqim kassa jurnallari
o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda tikiladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
159. Qimmatbaho metallar, chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalar va boshqa bank ichki
xo‘jalik operatsiyalarga doir, ya’ni
asosiy vositalar, bankning daromad hamda xarajatlar
operatsiyalari bo‘yicha hujjatlarning saqlash muddatlari turlicha bo‘lganligi uchun ular alohida
yig‘majildlarga joylanadi.
Asosiy vositalar va turli daromad hamda xarajatlar bilan bog‘liq
operatsiyalar, bankning
boshqa xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar yig‘majildiga to‘lov hujjatlari bilan birga kassa
hisobvarag‘i bilan korrespondensiyalashgan va kassa orderlarini (to‘lovnomalar, ish haqi to‘lash
qaydnomalari, arizalar va boshqalar) to‘ldirishda asos bo‘lgan asl nusxadagi hujjatlar ham tikiladi.
160. Taxlanib tikilgan (broshyuralangan) hujjatlar kunlik buxgalteriya jurnalidagi ro‘yxat bilan
solishtirilib chiqiladi va ularning summasi aylanmalarining yig‘ma ma’lumotlarini aylanmalar
yakunlari bilan (bunda ayrim hisobvaraqlarning aylanmalaridan tashqari) taqqoslanadi.
161. Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, axborotni shaxsiy
kompyuterga kiritish uchun
tayyorlangan hujjatlar bog‘lamlari shakllantirilishi mumkin. Bunda hujjatlar yig‘majildiga ularni
dasturiy yo‘l bilan chiqarilgan ro‘yxati (kunlik buxgalteriya jurnali)ning tegishli qismi bilan
joylashtiriladi.
162. Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga tegishli hujjatlar
ham hisoblab chiqilib,
ularning summalari buxgalteriya jurnallaridagi ma’lumotlar bilan yoki aylanmalar jamlanma
ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.