• 4 §. Bosh va Yordamchi kitoblarni tekshirish
  •  §. Bosh va yordamchi kitoblar




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet18/38
    Sana21.05.2024
    Hajmi415,18 Kb.
    #247060
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
    Bog'liq
    Tasdiqlash haqida

    3 §. Bosh va yordamchi kitoblar
    128. Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar Bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari
    asosida quyidagilar tuziladi:
    balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari — kunlik balans;
    balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari —
    aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi;
    oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari.
    129. Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar,
    shuningdek “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlari bo‘yicha jamlanma kartochkalar yuritilishi
    mumkin.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha alohida ikki nusxada tuziladi
    hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo‘yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan
    taqqoslangandan so‘ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini Bosh kitob ma’lumotlari
    bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig‘majildga tikish hamda har
    kuni kompyuterda arxivatsiyalash uchun javob beradigan xodimga beriladi.
    130. Har kuni dasturiy yo‘l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to‘g‘risidagi jamlanma
    ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir
    hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga
    qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
    4 §. Bosh va Yordamchi kitoblarni tekshirish
    131. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni shu hisobvaraqlarni yuritish topshirilgan buxgalteriya
    xodimlari nazorat qiladilar. Bunda shaxsiy hisobvaraqlardagi barcha yozuvlar bankning vakolatli
    xodimlari nazoratidan o‘tgan va operatsiyalar rasmiylashtirilayotganida ular imzolagan tegishli
    hujjatlarga mosligi, tegishli rekvizitlar va hujjatlarning summalari shaxsiy hisobvaraqlarga to‘g‘ri
    o‘tkazilganligi tekshiriladi.
    132. Shaxsiy hisobvaraqlar aylanmalardagi har bir debet va kredit bo‘yicha yozuvlar
    summalarini bankning o‘zi rasmiylashtirgan pul hisob-kitob hujjatlari va boshqa banklardan kelgan
    elektron to‘lov hujjatlaridagi summalari bilan birma-bir solishtirish orqali tekshiriladi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    133. Shaxsiy hisobvaraqlardagi kun boshidagi qoldiq summalari ularni o‘tgan kundagi shaxsiy
    hisobvaraqlar qaydnomasining kun oxiridagi qoldiqlar summalari bilan solishtirish orqali tekshirib
    chiqiladi.


    134. Shaxsiy hisobvaraqlarning kun oxiridagi qoldiqlari kundalik aylanma-qoldiq summalar
    qaydnomasi bo‘yicha hamda quyidagilar taqqoslash yo‘li bilan tekshiriladi:
    hisobvaraq raqami, hisobvaraq nomi va kun oxiridagi qoldiq (bu qoldiq shaxsiy
    hisobvaraqlardagi qoldiqlar bilan taqqoslanadi).
    Bosh kitobning nazorat hisobvaraqlaridagi ma’lumotlar Yordamchi kitobdagi tegishli
    hisobvaraqlarning yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xato bo‘lmasa,
    summalar teng chiqadi.

    Download 415,18 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish