shu passiv hisobvaraq qoldig‘idan ortiq bo‘lmasligi;
Bosh bankda ochilgan 16100 va 22200-hisobvaraqlari qoldiqlari hamda ular bo‘yicha ochilgan
ikkinchi tartibli mos hisobvaraqlarning qoldiqlari o‘zaro teng bo‘lishi;
asosiy
vositalar, daromadlar va xarajatlar hamda bank kapitali hisobi faqat milliy valyutada
yuritilishini ta’minlash va balansning rezident va norezident ustunlarini shunga mos ravishda
to‘ldirilganligi.
142. Balansning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng kunlik buxgalteriya hisoboti sifatida
bir nusxa balans (Bosh bankda butun bank bo‘yicha, filiallar esa o‘z filiallari bo‘yicha) chop etiladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
143. Bankning yagona kunlik balansi bank rahbari va Buxgalteriya hisobi va hisoboti
departamenti direktori (boshqarma boshlig‘i) tomonidan imzolanishi lozim.
Keyingi
tahrirga qarang.
Filiallar balansi filial boshqaruvchisi va uning bosh buxgalteri tomonidan, kassa operatsiyalari
bo‘yicha hisobotlarga ulardan tashqari kassa mudiri yoki mas’ul kassa xodimi imzo chekadi.
144. Banklar balansi boshqa zarur ma’lumotlar bilan birgalikda Markaziy bankka taqdim qilish
uchun Bosh serverdan Axborotlash boshqaruv tizimi (bundan keyingi o‘rinlarda
ABT deb
yuritiladi)ga uzatiladi
Keyingi
tahrirga qarang.
145. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat
budjeti kassa ijrosi departamenti tijorat banklari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
hududiy Bosh boshqarmalarining
balanslarini alohida jamlab, so‘ngra butun respublika banklari
bo‘yicha yig‘ma balans tuzadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
146. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank balansi Buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat
budjeti kassa ijrosi departamenti tomonidan, tijorat banklari balanslari Kredit tashkilotlari faoliyatini
litsenziyalash va tartibga solish departamenti tomonidan tahlil qilinadi.
Tahlil natijalari bo‘yicha tijorat banklariga tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
147. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning vakolatli
departamentlari ABT dan
o‘rnatilgan tartibda balans va boshqa tegishli ma’lumotlar olishi mumkin.
Keyingi
tahrirga qarang.
Keyingi
tahrirga qarang.