Uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar taxlanayotganda yig‘majildda
har bir kun uchun
qistirma varaqlar qo‘shilishi, ularda shu kun uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan
taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti bo‘yicha hujjatlar summalari ko‘rsatilishi kerak,
yig‘majild muqovasida esa buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq
debeti va krediti bo‘yicha hujjatlarning umumiy summasi qayd etiladi.
168. Buxgalteriya va kassa hujjatlari umumiy yig‘majildlariga bosh buxgalter yoki uning
o‘rinbosari imzolagan ma’lumotnomalar joylanadi. Bu ma’lumotnomalar har bir hisobvaraq debeti,
shuningdek alohida yig‘majildlarda saqlanayotgan har bir “Ko‘zda tutilmagan holatlar”
hisobvarag‘ining kirim va chiqimi bo‘yicha hujjatlar summalari to‘g‘risida tuzilgan bo‘lishi kerak.
Keyingi
tahrirga qarang.
169. Hujjatlarni saqlashga mas’ul xodim hujjatlarning to‘la va but saqlanishini ta’minlashi
shart. Ular bosh buxgalter, uning o‘rinbosari yoki bo‘lim boshlig‘ining ruxsatisiz boshqalarga
hujjatlarini ko‘rib chiqishlariga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
170. Quyidagi hujjatlar saqlanishi shart:
Omborda yoki metall shkaflarda:
a) tugagan yil uchun yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusxasi hamda
so‘nggi tugagan oy uchun oylik balans va uning barcha ilovalari;
b) joriy oyning birinchi kuni uchun tekshiruv qaydnomalari;
v) fuqarolar omonatlari bo‘yicha amaldagi shaxsiy hisobvaraqlari;
g) oxirgi 12 oy uchun kassa hujjatlari;
d) joriy oy uchun kirim-chiqim hujjatlari;
e) binolar va inshootlar, xo‘jalik
anjomlari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi
yuritiladigan hisobvaraqlar bo‘yicha daftarlar.
Qo‘riqlanadigan xonadagi metall shkaflar, sandiqlar yoki qutilarda:
a) amaldagi shaxsiy hisobvaraqlar kartotekalari (omonatlar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlardan
tashqari), amaliyot jurnallari, kitoblar, imzolar namunalari qo‘yilgan kartochkalar, ish haqi to‘lash
uchun berilgan mablag‘lar hisobini yuritish kartochkalari, foizlarni hisoblash qaydnomalari;
b) amal qilib turgan va arxivdagi pensiya varaqlarining hamda bir marta pensiya va nafaqalar
to‘lash to‘g‘risidagi topshiriqnomalarning kartotekalari.
171. Mijozlarning ularga hisobvaraqlar ochish to‘g‘risidagi arizalari barcha zarur hujjatlar bilan
birga har bir mijoz bo‘yicha tutiladigan alohida yig‘majidlarda saqlanishi lozim.
Bunday
yig‘majildlardan hujjatlarning chiqarib olinishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu yig‘majildga imzo huquqi o‘zgargani to‘g‘risidagi yozishmalar, hisobvaraqni tasarruf
etish vakolatini belgilovchi hujjatlar, ssuda hisobvaraqlari ochish to‘g‘risidagi majburiyat arizalari,
shuningdek hisobvaraqlar ochish haqidagi farmoyishlarning nusxalari tikiladi. Har bir yig‘majildga
talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozit hisobvarag‘ining raqami qo‘yiladi.
Hisobvaraqlarni yuridik rasmiylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarni
saqlash vazifasi bosh
buxgalter yoki uning o‘rinbosari zimmasiga yuklatiladi. Ushbu yig‘majildlar qulflanadigan
javonlarda saqlanishi lozim. Amaldagi imzo namunalari amaliyot bo‘limi xodimlarining
qulflanadigan kartotekalarida saqlanishi lozim.
Keyingi
tahrirga qarang.
Hisobvaraqlarni yuridik rasmiylashtirish bilan bog‘liq o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar
yig‘majildda qoldiriladi va ular ustiga chiziq tortilib yangi hujjatlar bilan almashtirilgani yozib
qo‘yiladi. Imzolar namunalari qo‘yilgan kartochka almashtirilayotganda o‘z kuchini yo‘qotgan
kartochkalar nusxalaridan biri mijozning yuridik yig‘majildiga tikiladi, qolganlari esa yo‘q qilinadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
172. Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha materiallar (o‘tgan oylar uchun buxgalteriya
hujjatlari bank
arxiviga topshirilgunga qadar, buxgalteriyaning stellajlar va temir javonlar bilan
jihozlangan joriy arxiv hujjatlar but saqlanishi uchun javob beradigan maxsus ajratilgan xodim qo‘l
ostida bo‘ladi.
Agar omborda joy yetmasa, aynan shu xodim buxgalteriyadagi temir javonlarda saqlanadigan
hujjatlarning daxlsizligiga javob beradi.
173. Omborda va joriy arxivda saqlanayotgan buxgalteriya hujjatlariga doir ma’lumotlar kassa
hujjatlari bo‘yicha javobgar xodim huzurida, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i)
imzolagan talabnomalar asosida olinadi. Ma’lumot olish uchun ruxsat berilgan bank xodimi kassir
yoki joriy arxivni boshqaruvchi xodim kuzatuvida ishlashi lozim. Hujjatlar uchun javobgar shaxslar
ma’lumot olishga ruxsat berilgan xodimlar tomonidan hujjatlarga biror-bir tuzatishlar va yozuvlar
kiritilmasligini kuzatib turishlari shart.
Ombor va joriy arxivdan kirim-chiqim hujjatlari bosh buxgalterning yozma ruxsati bo‘yicha
beriladi. Kun oxirida hujjatlar qaytarilishi shart.
174. Arxiv hujjatlari faqat qonun hujjatlarining talablari asosida olinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
Hujjatning asl nusxasi olinayotganda bu haqda ikki nusxada dalolatnoma yoki bayonnoma
tuzilib unga bank rahbari yoxud uning o‘rinbosari, bosh buxgalter va hujjatni talab qilgan tashkilot
vakili imzo chekadi. Dalolatnoma yoki bayonnomada aynan
qanday hujjat olinayotgani, uning
kimning talabiga va ruxsatiga ko‘ra olinayotgani aniq ko‘rsatilishi kerak. Dalolatnoma yoki
bayonnomaning ikkinchi nusxasi yuqorida qayd etilgan vakilga topshiriladi. Hujjatning olingan asl
nusxasi o‘rniga bosh buxgalter tasdiqlagan nusxa hamda dalolatnoma yoki bayonnomaning
birinchi nusxasi va hujjatni olish xususidagi talabnoma qo‘yiladi. Bu talabnomada asl hujjatni olgan
shaxs imzosi ham bo‘lishi lozim. Hujjat olingani to‘g‘risida bosh buxgalter shu hujjat turgan
yig‘majild muqovasiga yozib, imzo chekadi.
175. Bir yilning turli sanalariga tegishli kirim-chiqim hujjatlari bir vaqtning o‘zida olinayotgan
hollarda bu hujjatlarning barchasi uchun bitta dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib,
unga shu
hujjatlar ro‘yxati kiritiladi. Mazkur hujjatlarning asl nusxasi o‘rniga uning nusxasi, hujjatni olish
to‘g‘risidagi talabnoma, dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi nusxasi qo‘yiladi, boshqalarining
o‘rniga esa shu hujjatlar nusxalari qo‘yilib, ularda hujjatni olish to‘g‘risidagi talabnoma qayerda
saqlanayotgani yoziladi.
O‘zbekiston Respublikasi banklarida
buxgalteriya hisobini yuritish va
buxgalteriya ishlarini tashkil qilish
tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnomaga
1-ILOVA