• Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim
  • Buxgalteriya apparatini “Front” va “Bek” ofislariga ajratish tamoyillari va ularning vazifalari




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet30/38
    Sana21.05.2024
    Hajmi415,18 Kb.
    #247060
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
    Bog'liq
    Tasdiqlash haqida

    Buxgalteriya apparatini “Front” va “Bek” ofislariga ajratish tamoyillari va ularning vazifalari
    Tashkiliy tarkibi Front-ofis va Bek-ofisdan iborat bo‘lgan banklarning buxgalteriya apparati
    ham shu tamoyil asosida tashkil etiladi.


    Front-ofis
    Front-ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini
    ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi. Front-ofisning umumiy
    vazifasi quyidagilardan iborat:
    1. Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish;
    2. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shu bilan birga “Bank-mijoz” dasturi orqali elektron
    hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    3. Mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki
    nazoratdan o‘tkazish;
    4. Mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarini o‘tkazilishini tasdiqlovchi tilxat berish.
    Front-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
    1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi korporativ bo‘lim;
    2. Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim;
    3. Bankning ichki operatsiyalari (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari. ...)
    amalga oshiruvchi bo‘lim.
    Front-ofis tarkibida bank uchun o‘ta muhim mijozlar (VIP) ga xizmat ko‘rsatuvchi alohida
    bo‘lim tashkil etilishi mumkin. Quyida Front-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari keltirilgan.
    Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim:
    1. Bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini mijozlarga tushuntirish va maslahatlar
    berish;
    2. Bank xizmatlari bo‘yicha mijozlar bilan shartnomalar tuzish;
    3. Korporativ mijozlardan (shu bilan birga shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar) pul hisob-kitob
    hujjatlarini qabul qilish;
    4. Mijozlarga amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi bank hisobvarag‘idan
    ko‘chirmalar, kvitansiyalar va boshqa ma’lumot hujjatlarini berish;
    5. Mijozlar bilan standart shakldagi depozit shartnomalarini tuzish jarayonini amalga oshirish;
    6. Bank mijozlarining shartnomalarini tekshirish va qabul qilish;
    7. Mijozlarning konvertatsiyaga berilgan arizalarni ko‘rib chiqish;
    8. Mijozlarning naqd pul operatsiyalarini bank axborotlashtirish bazasida qayd etish (tashqi
    to‘lovlar istisno qilinishi mumkin). Bunda, naqd pul operatsiyalari deganda mijozning ishtirokida
    darhol amalga oshirish lozim bo‘lgan operatsiyalar nazarda tutiladi. Ushbu yozuvlar (qaydlar)
    asosida bank axborotlashtirish bazasida buxgalteriya hisobida ifodalash uchun o‘tkazmalar
    avtomatik tarzda shakllantiriladi.
    9. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisobotlarni tuzish, tekshirish, tahlil qilish va o‘z
    vaqtida taqdim etish.
    10. Hujjatlarni arxivga tayyorlash va o‘z vaqtida shakllantirish.

    Download 415,18 Kb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxgalteriya apparatini “Front” va “Bek” ofislariga ajratish tamoyillari va ularning vazifalari

    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish