6. Mijozlarning naqd pul operatsiyalarini bank axborotlashtirish bazasida qayd etish (tashqi
to‘lovlar istisno qilinishi mumkin). Bunda, naqd pul operatsiyalari deganda mijozning ishtirokida
darhol amalga oshirish lozim bo‘lgan operatsiyalar nazarda tutiladi. Ushbu yozuvlar (qaydlar)
asosida bank axborotlashtirish bazasida buxgalteriya hisobida ifodalash uchun o‘tkazmalar
avtomatik tarzda shakllantiriladi.
7. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisobotlarni tuzish, tekshirish, tahlil qilish va o‘z vaqtida
taqdim etish.
8. Hujjatlarni arxivga tayyorlash va o‘z vaqtida shakllantirish.
Kreditlash bo‘limi:
1. Standart kredit shartnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
2. Kreditlarning yangi turlariga takliflarni yig‘ish;
3. Bank Kredit siyosatining yo‘nalishlarini aniqlash uchun har
xil iqtisodiyot sektorlarini
moliyaviy tahlil qilish;
4. Kredit berish shartlari bo‘yicha mijozlarga maslahat berish va tushuntirish ishlari olib borish,
mijoz bilan kredit maqsadini dastlabki muhokamadan o‘tkazish;
5. Kredit berish uchun qaror qabul qilish uchun mijoz tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan
hujjatlarning ro‘yxatini aniqlash;
6. Mijozdan kredit olish uchun ariza qabul qilish;
7. Mijozning kreditga layoqatligini va kredit olishning iqtisodiy asoslanganligini tahlil qilish;
8. Kredit qo‘mitasiga kredit berish uchun takliflar tayyorlash;
9. Kredit shartnomasini tayyorlash;
10. Mijoz bilan kredit shartnomasining shartlarini muhokama qilish;
11. Mijozdan garov (kafolat) majburiyatlarini qabul qilish;
12. Bek-ofis uchun kreditning barcha moliyaviy shartlarini o‘z ichiga olgan Kredit anketasini
tayyorlash;
13. Imzolarni tekshirish;
14. Mijoz tomonidan taqdim etilgan balans
va boshqa hisobotlar asosida, uning moliyaviy
holati bo‘yicha monitoring olib borish.
15. Yangi berilgan kreditlar monitoringini va amaldagi kreditlarning
doimiy tekshiruvini olib
borish (maqsadli ishlatilishi, o‘z vaqtida so‘ndirilishi …);
16. Mijozning hisobvarag‘ida so‘ndirish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagan hollarda,
mijozga
kredit va/yoki foizlarni so‘ndirish to‘g‘risida eslatib turish;
17. Mijozlardan qarzni uzish uchun mablag‘larning kelib tushmaslik sabablarini aniqlash;
18. Kredit shartlari o‘zgargan holda (ya’ni, muddatini uzaytirish,
qarz uzish jadvalining
o‘zgarishi va boshqalar) Bek-ofisga farmoyishlar tayyorlash;
19. Kredit qo‘mitasi qarorlari va Kredit anketasi asosida qo‘shimcha shartnomalarni tayyorlash;
20. Kreditni “foiz o‘stirmaslik” maqomiga o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar tayyorlash;
21. Bek-ofis xodimlariga kreditni qaytarish masalalari bo‘yicha malakaviy yordam ko‘rsatish.