• Bek-ofis Bek-ofis
  • Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi
  • Tasdiqlash haqida




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet32/38
    Sana21.05.2024
    Hajmi415,18 Kb.
    #247060
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
    Bog'liq
    Tasdiqlash haqida

    Pul muomalasi bo‘limi:
    1. Mijozning kassa rejasini qabul qilish va tekshirish;
    2. Kassa operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni tuzish;
    3. Korporativ mijozlarning naqd pul qo‘yish uchun taqdim qilgan arizalarini tekshirish;
    4. Korporativ mijozlarning naqd pul olish uchun taqdim etilgan arizalarini tekshirish;
    5. Mijozlarning kassa operatsiyalari bo‘yicha belgilangan tartib-qoidalarga rioya etishi ustidan
    nazorat o‘rnatish.
    Bek-ofis


    Bek-ofis
    — Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan
    operatsiyalarni joriy va yakuniy nazoratdan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga
    oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
    Bek-ofisning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
    1. Front-ofis tomonidan ruxsat etilgan operatsiyalarni avtomatlashtirilgan bank hisob tizimida
    aks ettirish;
    2. Joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish;
    3. Hisobotlar tuzish.
    Bek-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin:
    1. Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi;
    2. Kliring va plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi;
    3. Ssuda-depozit bitimlar bo‘limi (guruhi);
    4. Statistik ma’lumotlar bo‘limi;
    5. Ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘limi;
    6. Yakuniy nazorat bo‘limi.
    Quyida Bek-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari keltirilgan.
    Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi:
    1. Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalarida nazoratdan o‘tgan mijozlarning to‘lov hujjatlarini
    qabul qilish;
    2. Olingan hujjatlarning, bank axborot bazalarida zaruriy dasturiy buxgalteriya o‘tkazmalari
    shakllantiriladigan, elektron nusxalarini yaratish;
    3. Arxivlashtirish uchun hujjatlarni o‘z vaqtida shakllantirish;
    4. Bo‘limda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisobotlarni tuzish, tekshirish, tahlil qilish
    va o‘z vaqtida taqdim etish;
    5. Pul hisob-kitob hujjatlarning asl nusxasi bilan ularning elektron nusxalarini solishtirish;
    6. Vakillik hisobvarag‘i orqali o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarini bank
    filiali balansida dasturiy aks ettirish (tegishli bo‘linmalar tomonidan tasdiqlangan holda);
    7. Bank filialida vakillik hisobvaraq orqali o‘tkazilgan va tegishli manzilga yetib bormagan
    operatsiyalar bo‘yicha izlanish olib borish;
    8. Filiallararo majburiyatlar hisobvaraqlarini solishtirish;
    9. Zaruriy rekvizitlarni kiritgan holda Bank amaliyot kuni dasturida (BAD) da mijozlar va
    ularning hisobvaraqlarini ochish va yopish;
    10. Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi (BDMAB)da mijozlar va ularning
    hisobvaraqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ;
    11. Mijozlarning hisobvaraqlarini belgilangan tartibga muvofiqligi bo‘yicha ma’lumotlar
    bazasini tahlil qilish;
    12. Ishlamaydigan hisobvaraqlar bo‘yicha monitoring o‘rnatish va uning natijalari bo‘yicha
    qonunchilik asosida tegishli choralar ko‘rish.

    Download 415,18 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish