O‘zbekiston Respublikasi banklarida
buxgalteriya hisobini yuritish va
buxgalteriya ishlarini tashkil qilish
tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnomaga
3-ILOVA
Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati yuzasidan sharhlar
Tarkibiy bo‘linmalarning asosiy vazifalari:
Bank nuqtai-nazaridan Buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining
ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis
mutaxassislari esa, dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi
va mazkur bosqichni tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab,
uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan
ikkita
bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.
Mijoz nuqtai-nazaridan bo‘linishning ahamiyati shundaki, bankning bitta bo‘limi yoki
binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining
barcha masalalarini yechish
imkoniyatini yaratish. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-
ofis xodimlari bilan aloqada bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz bo‘lib hisoblanadi.
Bank tarkibiy tuzilmasining mas’uliyatini
belgilash uchun, ular bajaradigan operatsiyalari
tavsifidan
kelib chiqqan holda, bo‘limlar bo‘yicha vazifalar taqsimlashning taxminiy doirasini
aniqlash zarur.
Shuni qayd etish zarurki, bo‘linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo‘lishi
shart emas. Bank bo‘linmalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining
avtomatlashtirilgan darajasiga bog‘liq
ravishda, Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida ayrim
bo‘lim/sektor bo‘lmasligi mumkin.
Bunday hollarda, bir bo‘lim/sektor vazifalarini boshqa
bo‘lim/sektor bajarishi ko‘zda tutilishi lozim.
Vazifalar, bank tarkibiy tuzilmasining har bir bo‘limi uchun alohida taqsimlanadi.