Hujjat 21.07.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISH VA
BUXGALTERIYA ISHLARINI TASHKIL QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI
TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 11-iyulda 1834-son bilan davlat
ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi
Qonunining
7
va
51-moddalariga
asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror
qiladi:
Keyingi
tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish
va buxgalteriya ishlarini
tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnoma
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi
yo‘riqnoma
(1998-yil 16-noyabr, ro‘yxat raqami 533);
O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga
1-son qo‘shimcha
(1999-yil 2-aprel, ro‘yxat raqami 533-1);
O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga
2-son qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
(2000-yil 13-aprel, ro‘yxat raqami 533-2).
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 3-may,
11/5-son
Markaziy bank Boshqaruvining
2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli
qarori
bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini