bank ish kuni
— qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida o‘rnatilgan ish vaqti;
Keyingi
tahrirga qarang.
bank operatsiyalari ichki nazorati
(bundan keyingi o‘rinlarda ichki nazorat deb yuritiladi) —
bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish
jarayonida ularning qonunchilikka mosligi,
samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy
hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi;
Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib yoki qoida
bo‘lmasdan, balki u bankning barcha bo‘g‘inlarida kunlik bank operatsiyalarning
boshlanishidan
tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir.
Ichki nazorat o‘z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy nazoratga bo‘linadi;
bosh kitob
— hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlari qoldiqlarining ro‘yxati;
Keyingi
tahrirga qarang.
buxgalteriya hisobi registrlari
— ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar
qayd etiladigan
jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar;
Bek-ofis
— bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan
va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini
amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tkazilib,
ma’qullangan barcha bank operatsiyalarni qaytadan joriy nazoratdan o‘tkazib,
ularni ikkiyoqlama
yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat.
Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda bo‘lmaydi. U, mijozlar operatsiyalarini buxgalteriya
hisobida aks ettirish bo‘yicha Front-ofis bilan, bankning ichki moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini
buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha bank ma’muriyati bilan aloqada bo‘ladi.
Bek-ofisga Bek-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi va u o‘z navbatida bank rahbariga bo‘ysunadi;