Keyingi
tahrirga qarang.
a) yuridik shaxslardan — asl nusxada imzo namunalari varaqchasida ko‘rsatilgan
imzolar
namunasi va asosiy muhrning iziga muvofiq mansabdor shaxslarning (rahbarlik vazifalarini amalga
oshiradigan shaxsning hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga
oshiradigan shaxsning) imzosi hamda asosiy muhri izi mavjud bo‘lganda;
Keyingi
tahrirga qarang.
b) yuridik shaxs tashkil qilmasdan turib dehqon xo‘jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchilardan — varaqchada ko‘rsatilgan imzolar
namunasidan bittasi va
asosiy muhrning izi mavjud bo‘lganda. Agar bankka taqdim qilingan imzolar namunasi va muhr izi
qo‘yilgan varaqchada ularning asosiy muhri bo‘lmagan hollarda, dehqon xo‘jaligi va yakka
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan taqdim qilingan pul hisob-kitob
hujjatlari muhr izisiz qabul
qilishga ruxsat beriladi.
32. Imzolar o‘z egasining qo‘li bilan qo‘yilishi shart. Barcha pul hisob-kitob hujjatlarida imzo izi
tushirilgan faksimilni qo‘yish taqiqlanadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
33. Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan bog‘liq to‘lov hujjatlari “O‘zbekiston
Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi
nizom
” (2002-yil 15-aprel, ro‘yxat raqami 1122
— Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 7-son) hamda naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalari
bo‘yicha to‘lov hujjatlari “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni
tashishga doir
yo‘riqnoma
” (2008-yil 27-iyun, ro‘yxat raqami 1831 — O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami 2008-yil, 26-27-son, 258-modda)da belgilangan blanka
shakllaridagi rekvizitlar
bo‘yicha to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirib, rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.