Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlar topshirig‘i hamda bank ichki faoliyati bo‘yicha amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan operatsiyalarning qonunchilikka mos ekanligini
aniqlash va ularni
buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlashdan iborat;
yakuniy nazorat
— amaliyot kun tugagandan so‘ng, keyingi bank ish kunidan kechikmagan
holda Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter va Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan
bajarilgan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligi va maqsadga muvofiqligini
tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan nazorat;
Keyingi
tahrirga qarang.
Yakuniy nazorat bank Boshqaruvi tashkil qilgan Yakuniy nazorat
xizmati tomonidan amalga
oshiriladi va u, faqat bank Boshqaruviga bo‘ysunadi.
Yakuniy nazorat xizmati buxgalteriya apparati bir butun yaxlit bo‘lgan banklarda buxgalteriya
apparati ichida, Front-ofis va Bek-ofisga bo‘lingan banklarda esa Bek-ofisi tarkibida alohida bo‘lim
sifatida tashkil qilinadi.
Keyingi
tahrirga qarang.