55. To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi
uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul
qilinmaydi (oldingi ish kunida “kechki” muhri bilan hamda budjet va budjetdan tashqari
jamg‘armalarga to‘lovlar uchun qabul qilingan to‘lov topshiriqnomalari bundan mustasno).
Keyingi
tahrirga qarang.
56. Mas’ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi to‘lov hujjati nusxalarini imzolashdan oldin,
ularni solishtirib, o‘zaro bir xilligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shundan so‘ng, ijro etish sanasi
ko‘rsatilgan holda mas’ul xodim imzosi bilan tasdiqlangan va unga biriktirilgan bank shtampi
qo‘yilgan hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi. Ushbu nusxa hujjatlar ijro uchun qabul
qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini bajaradi.
57. Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to‘ldirilgan kundan boshlab, (to‘ldirilgan kunni
hisobga olmagan va hujjatda ko‘rsatilgan sana to‘g‘rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida
bank tomonidan qabul qilinadi. Mas’ul xodim qabul qilingan naqd pul chekining sanasini, chekni
topshirgan xo‘jalik subyektining nomini va hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag‘ning raqam va
so‘z bilan yozilgan summasini tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o‘zidagi imzo namunalari
bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini
tekshirib chiqadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
Keyingi
tahrirga qarang.
Keyingi
tahrirga qarang.
58. Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan barcha pul
hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma’lumotlarni dasturga kiritadi va to‘lov hujjatlarini
imzolab, elektron to‘lov tizimi orqali ularni joriy nazoratdan o‘tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi
buxgalterga yuboradi.
Keyingi
tahrirga qarang.