shakldagi blankda yozilganligi, bank ko‘zda tutgan barcha rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilganligi, muhr izi
va imzolar bankka berilgan namunalarga mos kelishi hamda raqamlarda va so‘zlarda yozilgan
summalar mos kelishiga ushbu hujjatni qabul qilgan va ichki nazoratdan o‘tkazgan
buxgalteriya
xodimlari va bank bosh buxgalteri barobar javobgar hisoblanadilar.
Keyingi
tahrirga qarang.
81. Bank mijozning bankdagi hisobvaraqlaridagi mablag‘larini qonunchilikka zid ravishda
uning roziligisiz yoki asossiz ravishda o‘chirgan hollarda, mijozning talabi bilan tegishli summani
hisobvaraqqa kiritib qo‘yishi shart.
82. Agar, bank mijozning qonunchilikka zid operatsiyalarini bilgan holda, uning topshirig‘i
asosida yoki roziligi bilan ushbu qonunchilikka
zid operatsiyani bajarsa, mijoz va bank baravar
javobgar hisoblanadi.
83. Bank bo‘linmalari va xizmatlari bajarilayotgan bank ichki operatsiyalarining qonuniyligi va
ular to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun to‘la javobgar hisoblanadilar.
Buxgalteriya hisobini yuritish, nazorat qilish va hisoblash qurilmalari orqali jo‘natish uchun
zarur bo‘lgan hujjatlarni (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, smetalar,
normativlar va boshqa
materiallar) buxgalteriyaga o‘z vaqtida topshirishlari shart. Ushbu hujjatlar sifatsiz tuzilgani va
rasmiylashtirilgani hamda buxgalteriya hisobi va hisobotida qayd etishga berilish vaqtidan
kechikkani, hujjatlardagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi, shuningdek, g‘ayriqonuniy operatsiyalarni
aks ettiruvchi hujjatlar tuzilgani uchun bu hujjatlarni tuzgan va
imzolagan bankning mansabdor
shaxslari javobgar bo‘ladilar.
Birlamchi hujjatlarni tuzish vazifasi yuklatilgan hamda bu hujjatlarni imzolash huquqi
berilgan mansabdor shaxslar ro‘yxati bosh buxgalter bilan kelishiladi.
84. Imzo qo‘yish huquqi yo‘qligiga qaramay, biron-bir pul hisob-kitob hujjatini imzolagan
buxgalteriya (bank buxgalteriyasi) xodimlari tegishli tartibda javobgarlikka tortiladilar. Xuddi
shunday, imzo huquqi berilgan bank xodimlari o‘z vakolatlaridan tashqari faoliyat yuritgan hollarda
ham tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
85. Bank to‘lovchi sifatida ishtirok etib, memorial orderlar bilan amalga oshirilgan
operatsiyalarning to‘g‘riligi bo‘yicha javobgarlik bankning rahbariga va bosh buxgalteri zimmasiga
yuklatiladi.
86. Mazkur Yo‘riqnomada bayon etilgan ichki nazoratni to‘g‘ri va
samarali amalga oshirishni
ta’minlash bo‘yicha javobgarlik bank rahbariyati va ichki audit xizmatiga yuklatiladi.