etiladi, ijrochining, shuningdek noto‘g‘ri yozuvni nazoratdan o‘tkazgan
shaxsning lavozimi va
familiyasi ko‘rsatiladi. Tuzatish memorial orderlari tuzilishida asos bo‘lgan arizalar kitobga tikilgan
memorial orderlar bilan birga saqlanishi lozim.
151. Summasi keyinchalik teskari buxgalteriya o‘tkazmalari bilan tuzatilgan shaxsiy
hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta “To‘g‘rilangan” belgisi qo‘yilishi, to‘g‘rilash kiritilgan
sana va to‘g‘rilangan memorial orderining raqami ko‘rsatilishi shart. Bu qayd to‘g‘rilangan memorial
orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzosi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
152. Bosh buxgalter to‘g‘rilangan memorial orderlarning kitobchada qolgan nusxalaridan
foydalanib, xodimlarning ishidagi xatolar hisobini yuritadi va ushbu xatolar sabablarini o‘rganib
ishni yaxshilash choralarini ko‘radi.
Keyingi
tahrirga qarang.
153. Banklararo va filiallararo elektron to‘lovlar bo‘yicha xatolarni memorial orderlar bilan
to‘g‘rilash qat’iyan man etiladi. Banklararo va filiallararo elektron to‘lovlar bo‘yicha
xatolarni
to‘g‘rilash uchun xatolikka yo‘l qo‘ygan (tashabbuskor) bank filiali, xato elektron to‘lovi jo‘natilgan
(benifitsiar) bankka “Lotus-Notes” aloqa elektron pochtasi orqali xato o‘tkazilgan to‘lov to‘g‘risidagi
ma’lumotni ko‘rsatgan holda, xato yuborilgan to‘lov hujjatini qaytarish to‘g‘risida iltimosnoma xati
jo‘natadi. Bu holda, xato o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarilmasligidan qat’i nazar, tashabbuskor bank
mablag‘ni xatolik aniqlangan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan “19997 – Boshqa
aktivlar” hisobvarag‘i orqali oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazishi shart.