a) buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, oqibatda pala-partish holatga kelgan va buxgalteriya
hisoboti buzilganda;
b) pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa
qimmatliklarni qabul qilish,
ularni kirim qilish,
saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha
hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
v) talab qilib olinguncha va boshqa hisobvaraqlar bo‘yicha
operatsiyalar,
shuningdek
debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda;
g) kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya balans hisobotlaridan
chiqarish tartibi buzilganda;
d) buxgalteriya xodimining aybi bilan noto‘g‘ri buxgalteriya hisoboti tuzilganda;
e) buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar talablari
buzilganda.
33. Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun bank rahbari bilan teng javobgar hisoblanadi:
a) moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining buzilishi;
Keyingi
tahrirga qarang.
b) mansabdor shaxslardan ular yetkazgan zarar summasini o‘z vaqtida undirib olmaslik;
v) kunlik, oylik, choraklik va yillik balans hisoboti hamda boshqa
buxgalteriya hisobotlarini
tegishli organlarga taqdim etish muddatlarining buzilishi;
g) bankning balans hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlar hamda elektron to‘lovlar
tizimi
orqali o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining but saqlanish hamda kunlik arxivlash tartibi uchun.
34. Bosh buxgalterlarning
tartib-intizomi, moddiy va
jinoiy javobgarligi amaldagi
qonunchilikka muvofiq tarzda belgilanadi.
Bunda bosh buxgalter bo‘ysunish tartibiga muvofiq tegishli yuqori bank tomonidan intizomiy
javobgarlikka tortilishi mumkin.
Bank tizimining bosh buxgalterlari
to‘g‘risidagi namunaviy nizomga
1-ILOVA