III. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod qilinayotganda qabul




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/38
Sana21.05.2024
Hajmi415,18 Kb.
#247060
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
Tasdiqlash haqida

III. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod qilinayotganda qabul
qilish-topshirish jarayonini amalga oshirish
13. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotgan va lavozimidan ozod qilinayotganda
buxgalteriya hisobi va hisobotining ahvoli tekshirilib, bank rahbari tomonidan tasdiqlanganidan
keyin bo‘linmalarni qabul qilish-topshirish jarayoni dalolatnoma (dalolatnomaning namunaviy
sxemasi mazkur Nizomning 
1-ilovasida
berilgan) bilan rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomani qabul qiluvchi va topshiruvchi bosh buxgalterlar hamda bank rahbari va Bosh
bank vakili (agar, bu jarayonda buyruq bo‘yicha Bosh bank vakili qatnashgan bo‘lsa) tomonidan
imzolanadi.
14. Dalolatnomada qayd etilgan har bir ma’lumot tegishli hujjatlar va dalillar bilan
tasdiqlanishi lozim. Bank kassasidagi naqd pullar albatta to‘la taftishdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Boshqa bo‘limlarda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan hollar aniqlansa, qabul qiluvchi bosh buxgalter
ichki hujjatlashtirilgan nazorat (ichki audit) o‘tkazishni talab qilishga haqli.
Agar, topshiruvchi bosh buxgalter dalolatnomada qayd etilgan ayrim ma’lumotlariga rozi
bo‘lmasa, dalolatnomani imzolashda ularga nisbatan asoslangan izohlar berishga haqli va
dalolatnomaning munozarali qismi bo‘yicha o‘zining yozma xulosasini berishi shart. Ushbu yozma
xulosa dalolatnomaga boshqa daliliy hujjatlar sifatida tikib qo‘yiladi.
15. Dalolatnoma Bosh banki mavjud bo‘lgan filiallarda uch nusxada tuziladi va bank filiali
rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning 1-nusxasi qabul qiluvchiga, 2-nusxasi
topshiruvchiga va 3-nusxasi Bosh bankning Buxgalteriya hisobi departamentiga taqdim qilinadi.
Bosh banki mavjud bo‘lmagan banklarda dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va uning 1-nusxasi
qabul qiluvchiga, 2-nusxasi topshiruvchiga taqdim qilinadi.
16. Qabul qilish va topshirish bank (filial) rahbari buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Buyruqda
qabul qilish va topshirish muddatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, yangi ishga qabul
qilingan bosh buxgalter tomonidan uning vakolatiga kiruvchi pul hisob-kitob hujjatlarini imzolash
huquqi rasmiylashtiriladi. Imzolash huquqi rasmiylashtirilgunga qadar ushbu hujjatlar topshiruvchi
bosh buxgalter tomonidan yangi qabul qiluvchi bosh buxgalter nazoratida imzolanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.


Shundan so‘ng, qabul qiluvchi bosh buxgalter buxgalteriyaning joriy ishlariga rahbarlik qiladi,
buxgalteriya ishlarini tasdiqlangan hisob siyosatiga mos yuritilishi, hujjatlar rasmiylashtirilishi va
aylanishi, moliyaviy hisobotlarni tuzish, soliqlarni to‘lash holati ustidan o‘z nazoratini o‘rnatadi.
17. Agar ishlab turgan bosh buxgalter vafot etgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra qabul qilish-
topshirish jarayonida ishtirok eta olmasa, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bank rahbari va
ishni yangi qabul qiluvchi bosh buxgalter tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda tuziladi.

Download 415,18 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod qilinayotganda qabul

Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish