V. Bosh buxgalterning huquqlari




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/38
Sana21.05.2024
Hajmi415,18 Kb.
#247060
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
Tasdiqlash haqida

V. Bosh buxgalterning huquqlari
26. Bosh buxgalter o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun xizmat vazifalarini belgilab beradi.
Bunda har bir xodim o‘z majburiyatlarini bilishi hamda ularning bajarilishi uchun javobgar bo‘lishi
zarur. Boshqa bo‘linmalar va xizmatlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish hamda uni
tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari o‘z vazifalari bo‘yicha bosh buxgalterga
bo‘ysunadilar.
27. Bosh buxgalterning bajarilgan operatsiyalarni rasmiylashtirish hamda ma’lumotlarni
hisoblash qurilmalari orqali jo‘natish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni buxgalteriyaga
taqdim etish borasidagi talablari bankning barcha bo‘linmalari va xizmatlari uchun majburiydir.
Bosh buxgalter o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib bergan ko‘rsatmalarining
bajarilmaganligi yoki buzilganligi uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda bank rahbarining
farmoyishiga binoan mukofotdan to‘liq yoki qisman mahrum etilishi, zarur hollarda esa qonunda
belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.
28. Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) lavozimga tayinlash,
ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasi bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi.
29. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash
to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‘rib chiqadi va ularga imzo
chekadi.
30. Bosh buxgalter quyidagi huquqlarga ega:
a) buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan chora-
tadbirlar ko‘rishni bank rahbaridan talab qilish;
b) tarkibiy bo‘linmalarda pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish,
kirim qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibda amal qilinishini tekshirib turish;
v) mukofotlar hajmlarini pasaytirish yoki mukofotdan mahrum etish to‘g‘risida takliflar berish.
31. Bank rahbari bosh buxgalterga ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan o‘z majburiyatlarini
bajarishi hamda huquqlaridan foydalanishida atroflicha yordam berishga majbur.
Bosh buxgalter ana shu majburiyatlarni bajargani hamda o‘z huquqlaridan foydalangani
uchun unga tazyiq o‘tkazish borasida qilinadigan har qanday urinishlarga qat’iyan barham berishi,
bunga aybdor bo‘lgan shaxslar esa qat’iy javobgarlikka tortilishi lozim.

Download 415,18 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish