Bank filiallarining bosh buxgalterlari tomonidan ishlarni qabul qilish-topshirish




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/38
Sana21.05.2024
Hajmi415,18 Kb.
#247060
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
Tasdiqlash haqida

Bank filiallarining bosh buxgalterlari tomonidan ishlarni qabul qilish-topshirish
dalolatnomasining
NAMUNAVIY SXEMASI
Ishlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasida quyidagi hujjat hamda blankalar mavjudligi
va holati aks ettiriladi:
1) Telegraf kodi — shifrni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma va jo‘natma kaliti (shifr) jadvali;
2) ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarni ro‘yxatga olish kitobi;
3) joriy yildagi memorial hujjatlari;
4) boshqaruv apparatini saqlash xarajatlariga doir hujjatlar hamda joriy yil uchun alohida
yig‘majildlarda saqlanadigan boshqa hujjatlar;
5) joriy yil uchun kundalik va oylik hisobotlar hamda oxirgi oy uchun shaxsiy hisobvaraqlardagi
qoldiqlar hisoblangan tasma;
6) o‘tgan yil uchun yillik hisobot;
7) statistika hisobotlari bo‘yicha dinamik daftarlari va joriy yil uchun shunday hisobotlarning
nusxalari;
8) joriy yilda bank kassasida o‘tkazilgan taftish dalolatnomalari;
9) joriy yil uchun tuzatish orderlarining nusxalari;
10) hisobvaraqlar buxgalteriya xodimlari o‘rtasida qanday taqsimlangani hamda ular
o‘zgarganda burchak muhrlar, shaxsiy hisobvaraqlar va boshqa materiallar kimlarga topshirilgani
haqida yozilgan kitoblar;


11) oxirgi taftishdan keyingi davr uchun buxgalteriya ishining alohida uchastkalari keyingi
tekshirilishi ro‘yxatga olingan daftarlar hamda shu tekshiruvlar chog‘ida aniqlangan kamchiliklar
to‘g‘risida ma’lumotnomalar;
12) hisoblash texnikalarining pasportlari;
13) oxirgi taftishlar dalolatnomalari hamda bo‘limdagi buxgalteriya ishini tekshirishga doir
bildirishnomalar;
14) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari va ularga
kiritilgan qo‘shimchalarning tizimli ko‘rsatkichi;
15) yo‘riqnomalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa ko‘rsatmalari,
shuningdek yuqori organlarning amaldagi tushuntirishlari to‘plamlari;
16) ishlarni topshirish-qabul qilish vaqtida saqlash muddati hali tugamagan, arxivga
topshirilgan materiallar ro‘yxatlari, xususan keyingi 10 yil uchun yillik hisobotlar topshirish ro‘yxatlari,
shuningdek omonatga pul qo‘yish operatsiyalari, yakka tartibda ssuda oluvchilarga berilgan
kreditlar, qimmatbaho metallar va xorijiy valyuta bilan o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha memorial
hujjatlari, fuqarolarning omonat shaxsiy hisobvaraqlari, shuningdek, bank ishchi va xizmatchilariga
ish haqi to‘lanadigan shaxsiy hisobvaraqlar ro‘yxatlari.
Qabul qiluvchi yuqorida aytilgan yillik hisobotlar va materiallar butligini hujjatlarning o‘zini
ko‘rib tekshirishi lozim.
17) operatsiya qismlarida saqlanayotgan joriy arxiv hamda hujjatlar ro‘yxatlari.
Bundan tashqari dalolatnomada omborxona va zaxira fondlari omborining kalitlari, omborni
yopishda qo‘llaniladigan lavozim muhri, shuningdek buxgalteriya ishida foydalaniladigan shtamplar
va muhrlar ularning izlari tushirilgan albomga muvofiq qabul qilib-topshirilgani qayd etiladi;
Ishlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
a) ishlar qabul qilingan-topshirilgan kundagi balans;
b) kassa va ombordagi qimmatliklarni taftish qilish dalolatnomasi;
v) zaxira fondlarini taftish qilish dalolatnomasi;
g) buxgalteriya ishining ahvolini tekshirish dalolatnomasi. Unda mavjud hisoblash mashinalari
va orgtexnika vositalaridan foydalanishning ahvoli ham tavsiflab o‘tilishi lozim;
d) ishlarni qabul qilish-topshirish kunidagi holatga ko‘ra foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot;
e) amaldagi shtatlar (lavozimlar va maoshlar) ko‘rsatilgan shtatlar jadvali;
yo) undirib olinishi noaniq bo‘lgan debitorlik qarzlari summalarining ro‘yxati. Undan har bir
summa bo‘yicha batafsil tavsif berilishi lozim;
j) mijozlar, shuningdek boshqa banklarning ijro etilmagan shikoyatlari, reklamatsiyalari va
so‘rovlari ro‘yxati;
z) topshirilayotgan ishlar ro‘yxati hamda buxgalteriya ishi bo‘yicha yozishmalar (xususan,
emissiya operatsiyalariga doir yozishmalar);
i) buxgalteriya xodimlarining nomlari, ish staji ko‘rsatilgan ro‘yxat. Bu ro‘yxatda ular joriy yil
uchun navbatdagi ta’tildan foydalangani yoki foydalanmagani qayd etiladi;
18) bankda qat’iy hisobda turuvchi hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha.
Ushbu materiallarga doir tushuntirish va e’tirozlar ishlarni qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi matnida ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi banklarida
buxgalteriya hisobini yuritish va
buxgalteriya ishlarini tashkil qilish
tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
2-ILOVA

Download 415,18 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bank filiallarining bosh buxgalterlari tomonidan ishlarni qabul qilish-topshirish

Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish