IV. Bosh buxgalterlarning vazifalari




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/38
Sana21.05.2024
Hajmi415,18 Kb.
#247060
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
Tasdiqlash haqida

IV. Bosh buxgalterlarning vazifalari
18. Bosh buxgalter buxgalteriya hisobini bank hisob siyosatida va boshqa qonun hujjatlarida
belgilangan qoidalar asosida tashkil etib, quyidagilarni ta’minlashi shart:
Keyingi
 tahrirga qarang.
buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va axborot texnologiyasidan
foydalangan holda oqilona tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida bank operatsiyalarini
to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda foydalanuvchilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z
vaqtida taqdim qilish;
bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarini ularga ishlov beriladigan barcha
uchastkalardan o‘tishining aniq muddatlariga rioya etilib, bankning barcha tegishli
hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va uni tegishli joyga topshirilishini tashkil etish;
Keyingi
 tahrirga qarang.
mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ular bilan bog‘liq hujjatlarni qabul qilish, mijoz
hisobvaraqlarini yuritish, Bank Depozitorlari Milliy Axborotlar Bazasi (bundan keyingi o‘rinlarda
BDMAB deb yuritiladi)ga so‘rovnomalar shakllantirish, jo‘natish va undan ma’lumotlar qabul qilish,
hisobvaraqlarni yopish;
Keyingi
 tahrirga qarang.
mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli va mazmuni bo‘yicha to‘g‘ri
rasmiylashtirilishi va ular bo‘yicha operatsiyalarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi;
Keyingi
 tahrirga qarang.
ichki bank operatsiyalarining qonuniy tarzda bajarilishini va ular ustidan kunlik monitoring
o‘rnatish, hamda mablag‘ va qimmatliklar but saqlanishi;
birlamchi hujjatlar hamda buxgalteriya yozuvlari asosida haqiqiy holatni aks ettiruvchi
buxgalteriya hisobotlarini tuzish, bu hisobotlarni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankiga, shuningdek, tegishli organlarga taqdim etish;
elektron to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri shakllantirilishini ularning asl nusxasi bilan solishtirish
orqali tekshirish, agar bu ish bosh buxgalter o‘rinbosari yoki buxgalteriyaning boshqa xodimiga
yuklatilmagan bo‘lsa;
bank amaliyot kunini to‘liq yakunlash va ish kuni oxiriga qadar kunlik balans tuzish;
operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan buxgalteriya (kirim-chiqim) hujjatlarining
asl va elektron nusxalarini o‘z vaqtida (ish kuni oxirigacha yoki keyingi bank ish kuni ertalab soat
10.00 dan kechiktirmasdan) ushbu Yo‘riqnomaning V bob, 7-paragrafida belgilangan tartibda
taxlanishi hamda rasmiylashtirilishi, shuningdek ularni o‘rnatilgan tartibda arxivga topshirilishi;
o‘z tasarrufida bo‘lgan bank filiallari, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining buxgalteriya
ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan tartibda yillik jamlangan moliyaviy hisobotlar tuzish va boshqa
bo‘linmalar bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida bankning
moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilib borish;
moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanilishi hamda mulkning
but saqlanishi ustidan nazorat olib borilishi.
buxgalteriya hisobining ilg‘or shakl va usullaridan keng foydalanish;
kelib tushgan pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, tovar-moddiy qimmatliklar va asosiy
vositalar hisobining to‘g‘ri yuritilishi, shuningdek ular holati va harakati bilan bog‘liq
operatsiyalarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi;
qat’iy hisobda turuvchi blanklarning but saqlanishi va ular hisobining to‘g‘ri yuritilishi;


bank daromadlari va xarajatlarini hisoblash usulini qo‘llagan holda Bosh kitob va hisobotlarda
to‘g‘ri aks ettirilishi hamda davlat budjetiga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarning
to‘g‘ri yozilishi hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi;
mijozlarning depozit va ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha foizlarning to‘g‘ri va belgilangan
muddatlarda hisoblanishi;
xo‘jalik shartnomalari tuzishda buxgalteriya hisobiga oid qonunchilik hujjatlari talablarining
bajarilishi;
kamomad hamda pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning talon-toroj qilinishi
bo‘yicha hujjatlarni taftishdan o‘tkazish yuzasidan yuridik xizmat xodimlari tekshiruvlarida
qatnashish, tegishli hollarda ushbu materiallar sud va tergov organlariga taqdim etilishini nazorat
qilish, yuridik xizmat xodimlari ishtirok etmagan taqdirda, bu vazifalarni bevosita o‘zi bajarish;
buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masalalari yuzasidan xodimlarga o‘z
vaqtida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib borish;
buxgalteriya hujjatlarining but saqlanishi, ularning o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishi va
arxivga topshirilishi.
19. Bosh buxgalter tegishli bo‘linmalar va xizmatlarning rahbarlari bilan birgalikda
quyidagilarni sinchiklab nazorat qilishi shart:
a) tovar-moddiy qimmatliklarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiylashtirishda
belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
b) ish haqi fondining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, shtatlar,
moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishini;
v) pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni yo‘qlama qilish, hisob-kitoblar
va to‘lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini;
g) belgilangan muddatlarda debitorlik qarzi undirib olinishi va kreditorlik qarzining
qaytarilishi, to‘lov intizomiga rioya etishni;
d) kamomadlar, debitorlik qarzi va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobining balans
hisobotlaridan qonuniy tarzda chiqarilishini.
20. Bank tarkibida mustaqil moliya xizmati bo‘lgan hollarda, bosh buxgalter zimmasiga
bankning moliyaviy hisob-kitob operatsiyalarning qonuniyligini, o‘z vaqtida va to‘g‘ri
rasmiylashtirilishini nazorat qilish vazifalari yuklatiladi.
21. Bosh buxgalter bankning ichki nazorat va ichki audit xodimlari bilan birgalikda
kamomadlar yuzaga kelishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning noqonuniy tarzda
sarflanishining oldini oluvchi tadbirlarni tayyorlashda faol qatnashishi shart. Mansabdor shaxslar
tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani (ya’ni oshirib yozish, mablag‘lardan noto‘g‘ri
foydalanish hamda boshqa qoidabuzarlik va mansabni suiiste’mol qilish hollari) ma’lum bo‘lib
qolgan hollarda bosh buxgalter chora ko‘rish uchun bu haqda bank rahbariga axborot beradi.
22. Bosh buxgalter bank rahbari bilan birgalikda bank faoliyatini tashqi audit, Markaziy bank
inspektorlari va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida
buxgalteriya bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishlari
shart.
23. Pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek kredit va hisob-kitob majburiyatnomalari rahbar va
bosh buxgalter yoki ular shunday vakolat berilgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Ushbu
vakolatli shaxslarga hujjatlarni imzolash huquqining berilishi to‘g‘risida bank bo‘yicha
chiqariladigan buyruq bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Yuqorida aytilgan hujjatlarga bosh buxgalter yoki shunday vakolat berilgan boshqa shaxslar
tomonidan imzo chekilmasa, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi va mazkur bankning mas’ul
shaxslari hamda buxgalteriya xodimlari tomonidan ijroga qabul qilinmaydi.
24. Bosh buxgalterning pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish,
saqlash va sarflash bo‘yicha qonunchilikka zid bo‘lgan operatsiyalar bilan bog‘liq hujjatlarni ijroga


qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi.
Bank rahbaridan shunday xatti-harakat qilish to‘g‘risida farmoyish olingan hollarda, buxgalter
uni ijro etmay turib, yozma ravishda rahbar e’tiborini u bergan farmoyish noqonuniy ekanligiga
qaratadi. Rahbardan yozma farmoyish olingan yoki hujjatga ikkinchi imzo qo‘yilgan hollarda bosh
buxgalter uni bajaradi. Bunda bajarilgan operatsiya noqonuniyligi uchun butun javobgarlik bank
rahbari zimmasiga tushadi. Bank rahbari o‘zi qabul qilgan qaror to‘g‘risida yozma ravishda darhol
yuqori turgan bank rahbariga yozma ravishda xabar berishi shart.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Shunday xabarni olgan yuqori bank rahbari uni zudlik bilan ko‘rib chiqadi hamda tegishli
qaror qabul qilib, bu haqda bank Boshqaruvi raisiga xabar beradi.
25. Bosh buxgalter vakolatli tashkilotlar tomonidan tashkil qilinadigan maxsus kurslarda har
yili o‘z malakasini oshirib borishi, o‘zi boshqarayotgan buxgalteriya apparati xodimlarining
malakasini oshirib borishni tashkil qilish va har yili albatta bir marta ularni attestatsiyadan o‘tkazishi
shart.
Ushbu Nizomda sanab o‘tilgan bosh buxgalter vazifalari ular bajarishlari lozim bo‘lgan barcha
vazifalarni qamrab olmagan, shu sababli bank rahbariyati tomonidan amaldagi qonun hujjatlari va
moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqqan holda bosh buxgalterlarga
buxgalteriya hisobini yuritishga oid boshqa vazifalar qo‘shimcha ravishda yuklatilishi mumkin.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 415,18 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish