y) buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlarini tuzish tartibi va muddatlarini;
k) bank moliya-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlilini, bank ichki zaxiralarini aniqlashni;
l) tekshiruvlarni o‘tkazish va hujjatli taftish qilish tartibini;
m) buxgalteriya hisobi bo‘yicha kompyuter dasturlari, buxgalteriya
hisobi va moliyani
boshqarish sohasida zamonaviy ma’lumotlar va axborot tizimini;
n) buxgalteriya hujjatlarini saqlash va axborotlarni himoya qilish tartibini;
o) mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish tartibi va me’yorlarini;
p) ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini;
r) buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ilg‘or milliy va xorij tajribalarini.
10. Bosh buxgalter zimmasiga pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy
javobgarlik bilan bog‘liq vazifalar, shuningdek bank rahbari vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda
uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi mumkin emas. Bosh buxgalterga
bevosita cheklar va
boshqa hujjatlar asosida bank uchun mablag‘ va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish
taqiqlanadi.
11. Bosh buxgalter vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda (xizmat safari, ta’til, kasallik va shu
kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning o‘rinbosariga, o‘rinbosar
ham ishda
bo‘lmagan taqdirda, bank rahbarining alohida buyrug‘i asosida boshqa mansabdor shaxsga
yuklatiladi.
12. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va
bank faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonunining
20-moddasiga
muvofiq, bank xizmatchisi bank
Boshqaruvining roziligiga ko‘ra boshqa joyda o‘rindoshlik asosida ishlashi mumkin.
Keyingi
tahrirga qarang.