Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g‘risida




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/38
Sana21.05.2024
Hajmi415,18 Kb.
#247060
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
Tasdiqlash haqida

Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi banklari (filiallari)ning bosh buxgalterlariga taalluqli
bo‘lib, bosh buxgalterlarning vazifalari, huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda)ning 
7-moddasiga
muvofiq,
buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish uchun bank (filial) rahbari javobgar hisoblanadi
hamda u, buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Shuningdek, rahbar hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirish hamda ularning hisobini
yuritish uchun taqdim etish tartibi borasidagi bosh buxgalterning talablarini bankning barcha
bo‘linmalari, xizmatlari va hisobni yuritishga aloqador xodimlari tomonidan og‘ishmay bajarilishini
ta’minlashi shart.
Keyingi
 tahrirga qarang.
3. Bosh buxgalter bankda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etilishini hamda Bank Kengashi
tomonidan tasdiqlangan Hisob siyosatini amalga oshirilishini ta’minlaydi. Zarur hollarda Hisob
siyosatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi.
4. Bankning bosh buxgalteri bank rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi va ozod qilinadi.
Filiallari mavjud banklarda filial bosh buxgalteri lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish
Bosh bank raisi yoki buxgalteriya hisobi uchun javobgar rais o‘rinbosari tomonidan, Buxgalteriya
hisobi va hisoboti departamenti direktori (boshqarma boshlig‘i) bilan kelishilgan holda tayinlanadi.


Shuningdek, u bevosita bank rahbariga, buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisobotlar tuzish,
nazorat qilish tartibi va metodikasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha esa, bevosita Bosh bank
Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori (boshqarma boshlig‘i)ga bo‘ysunadi. Tijorat
bankining bosh buxgalteri lavozimiga shaxsning kasbga muvofiqligi to‘g‘risida bankining ta’sis
hujjatlari to‘plami ko‘rib chiqilgandan so‘ng, Markaziy bankning Kasbga muvofiqlik komissiyasi
chiqaradigan xulosa asosida tayinlanadi.
Davlat banklarida bosh buxgalter lavozimiga shu davlat banki rahbari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki roziligi bilan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tayinlanadi va ozod
etiladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
5. Bank bosh buxgalteri boshchilik qiladigan buxgalteriya hisobi bo‘limi mustaqil tarkibiy
bo‘linma bo‘lib hisoblanadi va boshqa biron-bir bo‘linma tarkibiga kirmasligi lozim.
Buxgalteriyaning barcha xodimlari, shu jumladan bosh buxgalter o‘rinbosari va bankdan tashqarida
joylashgan kassir va nazoratchilar bosh buxgalterga bo‘ysunadilar.

Download 415,18 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g‘risida

Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish