§ 5. Hisobdorlik asosida mablag‘larni berish va ular hisobini yuritish




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/38
Sana21.05.2024
Hajmi415,18 Kb.
#247060
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
Tasdiqlash haqida

§ 5. Hisobdorlik asosida mablag‘larni berish va ular hisobini yuritish
109. Hisobdorlik asosidagi mablag‘lar amaldagi ehtiyojga qarab beriladi va ular faqat bevosita
ko‘zlangan maqsadlarga, ya’ni xizmat safarlari, xo‘jalik xarajatlari va boshqalarga sarflanishi lozim.
Xizmat safari xarajatlariga ish haqi hisobidan bo‘naklar berish taqiqlanadi.
Xizmat safari xarajatlari uchun bo‘naklar xizmat safariga jo‘natilayotgan xodimning shaxsan
o‘ziga beriladi.
Xizmat safari xarajatlari uchun bo‘naklarning hammasini guruhlar (brigadalar) rahbarlariga
berish taqiqlanadi.
Xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun hisobdorlik asosidagi mablag‘lar xizmat safariga
boradigan shaxslarga xizmat safari joyiga yetib borish va qaytib kelish qiymatini, kundalik
xarajatlarni hamda turar joy xarajatlarini qoplaydigan summalar chegarasida beriladi.
110. Hisobdorlik asosida pul olgan har bir bank xodimi o‘zi olgan bo‘nakni qanday sarflagani
to‘g‘risida bo‘nak hisoboti topshirishi, unga xo‘jalik xarajatlari bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova


qilishi shart. Bu hisobot bo‘nak olinganidan keyin ko‘pi bilan 3 kun ichida, xizmat safari xarajatlari
bo‘yicha esa safardan qaytilganidan so‘ng uzog‘i bilan 3 kun ichida topshirilishi zarur.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Hisobdorlik asosida berilgan mablag‘larning sarflanmagan qoldiqlari topshiriq bajarilganidan
yoki xizmat safaridan qaytilganidan keyin bank kassasiga topshirilishi lozim. Agar topshiriq bekor
qilinsa, uni bajarish uchun hisobdorlik asosida berilgan bo‘nak summasi darhol qaytarilishi kerak.
111. Yangi bo‘nak berilishi uchun avval olingan bo‘nak bo‘yicha to‘la hisob-kitob qilingan
bo‘linishi shart.
Hisobdor shaxs o‘zi bajarayotgan topshiriqlar xususiyatiga ko‘ra yonida doimo naqd pul olib
yurishi zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno. Sarflangan summani to‘ldirish uchun yangi bo‘nak
berilishi mumkin bo‘lgan bo‘nak qoldig‘i miqdori banklar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
112. Tasdiqlangan bo‘nak hisobotlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarga kiritiladigan xarajatlar,
garchi u berilgan bo‘nakdan ortgan bo‘lsada, to‘la summada hisobdor shaxslar uchun ochilgan
shaxsiy hisobvaraqlar kreditida qayd etiladi.
O‘tgan yili tugallangan xizmat safarlari bo‘yicha sarflangan bo‘naklar to‘g‘risidagi hisobotlar
o‘sha yilning o‘zida qayd etilishi lozim.
O‘tgan yili boshlanib, yangi yilda tugallangan xizmat safarlari bo‘yicha sarflangan bo‘naklar
to‘g‘risidagi hisobotlar yangi yil aylanmalarida qayd etiladi.
Sarflanganligi to‘g‘risidagi hisobot berilmagan summalar ham 1-yanvar holatidagi hisobdor
shaxslar hisobvaraqlari qoldiqlarida aks ettirilishi lozim.

Download 415,18 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 5. Hisobdorlik asosida mablag‘larni berish va ular hisobini yuritish

Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish