• 2 §. Shaxsiy hisobvaraqlarda operatsiyalarni aks ettirish
  • V. Buxgalteriya hisobi registrlari va ularni yuritish




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet17/38
    Sana21.05.2024
    Hajmi415,18 Kb.
    #247060
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
    Bog'liq
    Tasdiqlash haqida

    V. Buxgalteriya hisobi registrlari va ularni yuritish
    § 1. Umumiy qoidalar
    113. Banklarda jamlanma va tahliliy hisob operatsiyalari alohida buxgalteriya registrlarida qayd
    etiladi. Sintetik hisob yuritishda Bosh kitobdan va analitik hisob yuritishda Yordamchi kitoblardan
    foydalaniladi.
    114. Bosh kitobda bank operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni
    tuzishda qo‘llaniladigan jamlanma ma’lumotlar qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo‘yicha kun
    boshiga qoldiq, kun davomida amalga oshirgan operatsiyalarning aylanmasi va kun oxiriga qoldiq
    summalari aks ettiriladi.
    115. Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to‘liq aks ettiriladi. Yordamchi
    kitoblarning shakli va turlari har bir bank tomonidan mustaqil belgilanadi.
    116. Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiyalari albatta ikkiyoqlama
    yozuv qoidasiga amal qilgan holda qayd etish yoki ushbu hisobvaraqlar bilan korrespondensiya
    bo‘lgan hisobvaraqlar raqamlari ko‘rsatilishi shart.
    117. Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisobvaraqlari nazorat
    hisobvaraqlari hisoblanadi. Yordamchi kitobdagi yakuniy summalar har bank ish kunining oxirida,
    shuningdek oy oxirida, yangi oyning birinchi kuni holatiga ko‘ra ularning Bosh kitobdagi nazorat
    summasi balansdagi summa bilan bir xil bo‘lishi lozim.
    118. Xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblar har bir valyutaning
    turi bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    119. Bank operatsiyalarini hisob registrlarida qayd etish dasturiy yo‘l bilan amalga oshiriladi.
    2 §. Shaxsiy hisobvaraqlarda operatsiyalarni aks ettirish
    120. Bank tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi operatsiyalarning hisobi dastlab shaxsiy
    hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) aks ettiriladi.
    121. Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan boshlang‘ich
    hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraq quyidagi rekvizitlardan iborat:
    shaxsiy hisobvaraqning nomi;
    chiqish shaklining raqami;
    shaxsiy hisobvaraqni chop etish tartib raqami (ya’ni kompyuter qo‘ygan raqam);


    shaxsiy hisobvaraqni tuzgan bank kodi va nomi;
    shaxsiy hisobvaraqning raqami va uning nomi;
    hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi buxgalterning raqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi;
    ishlov berish sanasi;
    hisobvaraqdagi so‘nggi harakat sanasi;
    kun boshidagi qoldiq summasi;
    kun oxiridagi qoldiq summasi;
    buxgalteriya yozuvlarining tartibi bo‘yicha raqami;
    hujjat turi;
    hujjat raqami;
    hujjat turi (toifasi);
    vakil bankning kodi;
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    debet bo‘yicha aylanmalar summasi;
    kredit bo‘yicha aylanmalar summasi;
    debet bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi;
    kredit bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    122. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan hujjatlar turini shaxsiy hisobvaraqlarda qayd
    etish uchun foydalaniladigan shartli raqam belgilari (shifrlar) “O‘zbekiston Respublikasida naqd
    pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi 
    nizom 
    (2002-yil 15-aprel, ro‘yxat raqami 1122 — Me’yoriy hujjatlar
    axborotnomasi, 2002-yil, 7-son)da berilgan, xatoliklarni tuzatish uchun tuziladigan memorial
    orderlar “08”, naqd pul cheklari uchun esa “03”shartli raqami bilan belgilangan.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    123. Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari boshlang‘ich hujjatlar asosida dasturiy yo‘l bilan
    tayyorlanadi. Mijozga berish uchun shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma bir nusxada chop etiladi va u
    mijozning hisobvarag‘idan amalga oshirilgan operatsiyalarni bank tomonidan tasdiqlovchi hujjat
    bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ko‘chirma mijoz bilan kelishilgan tartibda unga taqdim qilinadi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar kompyuter yordamida tayyorlanganligi uchun, ular
    mijozlarga berilayotganda imzolar va bank shtamplari bilan rasmiylashtirilmaydi.
    Banklar uchun shaxsiy hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘lgan hollarda
    Avtomatlashtirilgan bank tizimi axborotlar omborxonasida saqlanayotgan ma’lumotlardan
    foydalaniladi.
    124. 
    Hisobvaraqning 
    krediti 
    bo‘yicha 
    o‘tkazilgan 
    summalar 
    yuzasidan, 
    shaxsiy
    hisobvaraqlardan ko‘chirmalarga hisobvaraq bo‘yicha yozuvlar kiritishga asos bo‘lgan hujjatlarning
    elektron nusxalari ilova qilinadi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    124. Bir bank xizmat ko‘rsatuvchi mijozlar o‘rtasidagi to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga
    oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul oluvchiga to‘lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi, e’lonnoma
    asosida topshirilgan naqd pul kirimining tasdig‘i sifatida order ilovalarga qo‘shiladi.
    Ko‘chirmalarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp, shuningdek hujjat shaxsiy hisobvaraq
    bo‘yicha o‘tkazilgan sana kalendar shtempeli bosilishi kerak (agar bu sana hujjat yozilgan sanaga
    mos kelmasa). Shtamp faqat ko‘chirmaning asosiy ilovasiga qo‘yiladi. Asosiy ilovada qayd etilgan
    operatsiyalarning mundarijasi va umumiy summasini tushuntiruvchi hamda talqin etuvchi
    qo‘shimcha hujjatlarga shtamp qo‘yilmaydi.
    Mijozlar hisobvaraqlaridan ko‘chirmalariga ilova qilinadigan, puli to‘langan hisob-kitob
    hujjatlarining ishlov berishning dastlabki bosqichidayoq, bank shtampi yoki muhri bosiladigan


    ikkinchi nusxalari, shuningdek kirim-kassa operatsiyalariga doir hujjatlar yuqorida aytilgan shtamp
    bilan tasdiqlanmaydi.
    125. Ko‘chirmalar mazkur hisobvaraq bo‘yicha birinchi yoki ikkinchi imzo huquqiga ega
    bo‘lgan shaxslarga yoki ularning ishonchnoma taqdim etgan vakillariga tilxat bilan beriladi. Bunday
    ishonchnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Mijoz obuna qutilari orqali
    ariza topshirganda esa, ko‘chirmalar tilxatsiz beriladi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    126. Bank mijozlar hisobvaraqlari ahvoli to‘g‘risida yozma ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga
    O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda beriladi.
    127. Mijoz shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirmani yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, uning dublikati mijoz
    arizasiga ko‘ra bank rahbari yoki uning o‘rinbosari beradigan yozma ruxsatnoma asosidagina
    mijozga berilishi mumkin. Mijoz o‘z arizasida ko‘chirma yo‘qolishi sabablarini ko‘rsatishi, arizaga
    korxona rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan bo‘lishi shart. Dublikatning sarvarag‘iga
    quyidagilar yoziladi: “20__ yil “___” ___________dagi ko‘chirma dublikati”.
    Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar dublikatlari ma’lumotlar omborxonasidan chiqarib
    beriladi. Ko‘chirma dublikati mijoz vakiliga berilayotganida undan arizaga tilxat yozdirib olinadi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.

    Download 415,18 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. Buxgalteriya hisobi registrlari va ularni yuritish

    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish