• § 4. Ombordan moddiy qimmatliklarni berish va ulardan foydalanish hisobini yuritish
  • § 3. Moddiy qimmatliklarni inventarizatsiya qilish hamda aniqlangan ortiqcha va




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet15/38
    Sana21.05.2024
    Hajmi415,18 Kb.
    #247060
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
    Bog'liq
    Tasdiqlash haqida

    § 3. Moddiy qimmatliklarni inventarizatsiya qilish hamda aniqlangan ortiqcha va
    kamomadlarni rasmiylashtirish
    102. Banklarda moddiy qimmatliklarning amalda mavjudligini va ularning saqlanishini
    nazorat qilish uchun ular bank tomonidan davriy ravishda, lekin kamida yilda bir marta
    inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi bank rahbariyati tomonidan belgilanadi va
    inventarizatsiya komissiyasi tuziladi. Inventarizatsiya komissiyasi tarkibi bank rahbari buyrug‘i bilan
    tayinlangan inventarizatsiya komissiyasi raisi va uning a’zolaridan iborat bo‘lib, ularning soni toq
    bo‘lishi lozim.
    103. Moddiy qimmatliklarni inventarizatsiyasi natijasida aniqlangan ortiqcha yoki kamomad
    yuzasidan o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma tuziladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
    Bankda o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha moddiy qimmatliklar bank
    daromadi hisoblanadi.
    104. Tijorat banklari xodimlarining aybi bilan foydalanishga yaroqsiz holga kelgan moddiy
    qimmatliklar yoki kamomad aniqlangan holda, ushbu moddiy qimmatliklarning haqiqiy qiymati,
    qonunchilikda belgilangan tartibda aybdor shaxslardan undirib olinadi. Etkazilgan zarar miqdorini,
    bank mulkiga zarar yetkazganligi uchun tashkilot xodimi moddiy javobgarligi doirasi va tartibini
    aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
    § 4. Ombordan moddiy qimmatliklarni berish va ulardan foydalanish hisobini yuritish
    105. “16561-Ombordagi asosiy vositalar” va “19921-Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi
    buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” hisobvaraqlarida hisobga olinadigan moddiy qimmatliklar
    omborxonadan yozma talabnomalar bo‘yicha beriladi. Bu talabnomalarni imzolash va ombordan
    materiallar berishga ruxsat etish huquqi berilgan shaxslar to‘g‘risida buyruq chiqarilishi kerak.
    Buyruq nusxasi mazkur shaxslar imzolarining namunalari bilan birga ombor mudiriga
    (omborchiga) va buxgalteriyaga, hisobvaraq bo‘yicha hisob yuritadigan xodimga topshiriladi.


    Qiymati tegishli hisobvaraqlarga kiritilishi kerak bo‘lgan materiallar uchun yozilgan
    talabnomalarda bank buyrug‘i bo‘yicha imzolash huquqi berilgan tasarruf etuvchining ruxsat
    beruvchi imzosi bo‘lishi lozim.
    Ombordan materiallar olish uchun yoziladigan talabnoma uch nusxada tuziladi. Ularda ko‘zda
    tutilgan barcha rekvizitlar, shuningdek, talab qilinayotgan moddiy qimmatliklarning nomenklatura
    bo‘yicha raqamlari, nomi (navi), soni va maqsadi ko‘rsatiladi.
    Talabnomalarning dastlabki ikki nusxasiga materiallar oluvchi ularni olgani haqida tilxat
    yozadi va bu qog‘ozlarga materiallarni bergan omborchi imzo chekadi.
    Berilgan materiallar ombor hisob yuritish qaydnomalarida chiqim qilinganidan keyin
    omborchi talabnomaning ikkinchi nusxasini xronologik tartibda o‘zidagi chiqim hujjatlari
    yig‘majildiga tikib qo‘yadi. Birinchi nusxa buxgalteriyaga topshiriladi, uchinchisi esa materiallarni
    oluvchining qo‘liga beriladi.
    106. Materiallar boshqa filialga jo‘natilayotganda talabnomalar to‘rt nusxada tuziladi. Ularning
    biri moddiy qimmatlik jo‘natmasiga qistiriladi, ikkita nusxasi buxgalteriyaga beriladi va to‘rtinchi
    nusxasi ombor mudiriga beriladi.
    Talabnomalar umumiy summasiga materiallar sarfini hisob hujjatlarida aks ettirish uchun
    kirim-chiqim orderi tuziladi.
    107. Yoqilg‘i va moylash materiallari haydovchilarga, shuningdek, boshqa xo‘jalik materiallarni
    muayyan limitlar bo‘yicha muntazam olib turadigan shaxslarga talabnomalarsiz, har bir oyda har
    bir oluvchi uchun tutiladigan limit kartalari asosida berilishi mumkin. Bu kartalarda berilgan
    materiallar summasi qayd etiladi. Ana shu limit kartalari asosida har oy oxirida materiallarning
    qiymati balansdan chiqariladi.
    108. “Omborda” ilova (sub) hisobvarag‘i bo‘yicha materiallar hisobi miqdor va qiymat ifodasida
    (turi va naviga qarab) yuritiladi.
    Qo‘shimcha kitobda shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi, bundan tashqari, materiallar turlari
    hamda hisobdor shaxslar bo‘yicha varaqchalar va daftarlarda hisob olib boriladi. Varaqchaning old
    tomonida bank nomi, anjom nomi, daftar bo‘yicha nomer, hisobvaraq nomeri, anjomning narxi,
    anjomlar soni, anjomni beruvchining nomi, buxgalteriya yozuvi qayd qilingan sana ko‘rsatiladi,
    shuningdek buxgalteriya xodimlari imzo chekadilar. Varaqchaning orqa tomonida anjom uchun
    javobgar shaxsning ism-sharifi, anjomlar soni va ular summasi, u saqlanayotgan joy ko‘rsatiladi,
    shuningdek, buxgalteriya xodimlari imzo chekadilar. Varaqchalar bir turdagi buyumlar guruhlari
    bo‘yicha kartotekaga joylashtiriladi. Asosiy vositalar hisobini yuritish daftari yil oxirida
    yakunlanmaydi va undagi yozuvlar yangi yilda davom ettiriladi. Moddiy qimmatliklar umumiy
    belgilangan tartibda yo‘qlama qilib turiladi. Banklarning bosh buxgalterlari hisoblash, tashkiliy va
    boshqa turdagi texnika pasportlari (texnik hujjatlari) u foydalanishdan chiqarilguncha saqlanishini
    ta’minlaydilar. Xo‘jalik materiallari balansdan chiqarilayotganda texnik pasportlar texnikani
    hisobdan chiqarish hujjatlariga ilova qilinadi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.

    Download 415,18 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    § 3. Moddiy qimmatliklarni inventarizatsiya qilish hamda aniqlangan ortiqcha va

    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish