Tasdiqlash haqida




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/38
Sana21.05.2024
Hajmi415,18 Kb.
#247060
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
Tasdiqlash haqida

Keyingi
 tahrirga qarang.
34. Bank kassasidan naqd pul olish uchun foydalaniladigan naqd pul cheklari bir xil rangli
siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo‘lda to‘ldirilgan bo‘lishi shart. Hujjatning to‘ldirilmagan qismlarga
ikkita parallel chiziq tortilishi lozim.
Hisobvaraq egasining nomi, uning hisobvarag‘i raqami va bank nomi cheklarda hamda
e’lonlarda burchak shtamplar bilan ko‘rsatilishi mumkin. Bankda beriladigan naqd pul hujjatlarida
so‘z bilan yoziladigan summa satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. “Summa raqam
bilan” hamda “Summa so‘z bilan” rekvizitlaridagi summadan oldin va keyin qolgan bo‘sh joylarga
uchlari diagonal chiziq bilan birlashtirilgan ikki parallel chiziq tortib qo‘yiladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Naqd pul chekining old tomonida albatta, naqd pul olish uchun korxona tomonidan
ishonchnoma berilgan shaxsning ismi, sharifi yoziladi. Hisobvaraq egasi naqd pul cheklarining orqa
tomonida xarajatlarning maqsadini ko‘rsatishi shart, ushbu ma’lumotlar chek beruvchining imzolari
bilan tasdiqlanadi va pul oluvchining pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat (hujjat faqat,
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda
vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘z xodimlariga berilgan bo‘lsa) ma’lumotlari ko‘rsatiladi. Bu
ma’lumotlar oluvchilarning o‘zlari tomonidan to‘ldirilishi shart. Naqd pul berilishi uchun asos
bo‘ladigan pul cheklari va chiqim kassa orderlari oluvchilarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Naqd pul cheki bo‘yicha mablag‘ chekda shaxsi ko‘rsatilgan shaxsga to‘lanadi. Chek bo‘yicha
pul olish huquqi boshqa shaxsga topshirilishi man etiladi. Ikkinchi imzo huquqi bilan chekni
imzolagan tashkilot bosh buxgalteri yoki bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim nomiga
yozilgan chek bo‘yicha pul to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Faqat harbiy qismlar, harbiy tashkilotlar,
markazlashtirilgan 
buxgalteriyalar 
xizmatidan 
foydalanmaydigan 
o‘z-o‘zini 
boshqarish
organlarining, shuningdek pul olishiga ruxsat etiladigan boshqa shaxs shtatida bo‘lmagan
tashkilotlar hisobvaraqlariga doir cheklar bundan mustasno. Bu holat hisobvaraq egasi imzolar
namunasi varaqchasida qayd etgan tegishli yozuv bilan (ikkinchi imzo namunasidan keyingi satrda)
tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Keyingi
 tahrirga qarang.
35. Bank rahbari, ayrim hollarda, chek bo‘yicha qisman pul to‘lashga va pul oluvchi shaxsga
ushbu chek bo‘yicha unga amalda berilgan pul summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishga ruxsat
etishi mumkin.


Ma’lumotnomaga bank rahbari va bosh buxgalteri imzolari qo‘yilib, bank muhri bosiladi. Pul
oluvchidan olingan pul summasi to‘g‘risida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. Ushbu
chek bo‘yicha boshqa naqd pul olishga ruxsat berilmaydi va unga qisman to‘langani haqidagi
ma’lumotnomaning nusxasi ilova qilinib, shu kunning kassa hujjatlariga qo‘shib tikiladi.
36. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi 
yo‘riqnoma
” (2001-yil
19-fevral, ro‘yxat raqami 1009 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 3-4-son)ga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda
vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va ularga qarashli muassasalarning to‘lov
topshiriqnomalari va cheklarida to‘lovlar maqsadi ko‘rsatilishi talab qilinmaydi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
37. Bank operatsiyasini o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan pul hisob-kitob hujjatlarida, ularni
to‘g‘ri rasmiylashtirganligi va tekshirilganligini bildiruvchi bank mansabdor shaxslarining imzolari
bo‘lishi lozim.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Bajarilgan operatsiyalarni isbotlovchi hujjatlar sifatida bankda saqlanadigan hujjat nusxalari
hamda hisobvaraqlardan olinib, ularning egalariga yuboriladigan ko‘chirmalarga ilova qilinadigan
nusxalar ham ushbu bank xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
38. Pul hisob-kitob hujjatlariga imzo chekish huquqi berilgan mansabdor shaxslar
imzolarining namunalari maxsus blankalarda beriladi. Bu namunalar bank rahbarining imzo
chekish huquqini berish to‘g‘risidagi farmoyishi hisoblanadi, ularga bank rahbari va bosh buxgalteri
imzo chekadi. Maxsus blankalar shakli bank tomonidan mustaqil belgilanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
39. Ayrim buxgalteriya xodimlari boshqalari bilan almashtiriladigan hollarda yangi xodimlar
imzolarining namunalari alohida blankalarda beriladi. Bank mansabdor shaxslari imzolarining
bekor qilingan va o‘zgartirilgan namunalarini ularning ustidan chizish yo‘li bilan o‘chiriladi.
40. Belgilangan hollarda pul hisob-kitob hujjatlariga jo‘natma kaliti ham qo‘shilib, gerbli muhr
yoki bank kassasining muhri yoxud bank kechki kassasi apparati qo‘yadigan shtamp bosiladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
41. Pul va qimmatliklarni qabul qilish hamda berish bilan bog‘liq hujjatlar, shu jumladan, pul
va qimmatliklar qabul qilingani to‘g‘risidagi kvitansiyalarda yuqorida qayd etilgan imzolardan
tashqari pul va qimmatliklarni qabul qilgan yoki bergan kassirning imzosi ham bo‘lishi shart.
42. Kirim kassa orderlariga hamda pul va qimmatliklarni qabul qilish kvitansiyalariga imzo
chekish huquqi berilgan kassa xodimlarining familiyalari, ularning imzo namunalari bank rahbari
tomonidan chiqarilgan maxsus blankalarda ko‘rsatiladi.
43. Bosh buxgalter imzolarning tegishli namunalari o‘z vaqtida kassaga, buxgalteriya
xodimlariga va nazoratchi xodimlarga berilib, bu haqda ulardan tilxat olinishini ta’minlashi shart.
Bundan tashqari, bosh buxgalter imzo chekish huquqi bekor qilingan shaxslar imzolarining
namunalaridan foydalanuvchi mansabdor shaxslar qo‘lidagi ro‘yxatlardan o‘z vaqtida o‘chirilishini
ham kuzatib borishi shart.
Keyingi
 tahrirga qarang.
45. Bank to‘lovchi bo‘lib ishtirok etgan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda, ular bank
rahbarining va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi, boshqa holatlarda memorial orderlar
ushbu bank hisobvarag‘ini olib boruvchi buxgalter va bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
46. Muddatida to‘lanmagan pul hisob-kitob hujjatlari (2-kartotekaga kirim qilingan to‘lov
talabnomalari, to‘lov topshiriqnomalari va inkasso topshiriqnomalari)ni qisman to‘lash maqsadida
tuzilgan memorial orderlarda operatsiya mazmunini bildiradigan matn o‘rniga uning shartli belgisi
– “1” va “2” raqamlari hamda to‘lov talabnomasi yoki topshiriqnomasining tegishli raqami va sanasi
ko‘rsatilishi shart.
Keyingi
 tahrirga qarang.
47. Bank tuzgan hujjatlarda ularning raqamlari qayd etiladi. E’lonlar, shuningdek ularning
kvitansiya raqamlarining tartibi bank bosh buxgalteri tomonidan belgilanadi. Pul qabul qilinganligi


to‘g‘risida to‘lovchiga kvitansiya beriladigan hollarda bank xodimi pul qo‘yuvchiga berilgan
kvitansiya raqamining oxirgi uch raqamini e’longa yozib qo‘yadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
E’lonlar kompyuter texnikasi yordamida tuzilishi mumkin. Texnik imkoniyati mavjud
bo‘lmagan banklarda esa e’lonlar qo‘lda yozib to‘ldiriladi. Bunda, naqd pul qabul qilingani
to‘g‘risidagi kvitansiyalar faqat siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo‘lda to‘ldirilishi shart. Faqat
blankalar komplektiga kiradigan, bir vaqtning o‘zida qora qog‘oz (kopirka) bilan to‘ldiriladigan
kvitansiyalar bundan mustasno.
Bank tomonidan beradigan kvitansiyalarda so‘z bilan yoziladigan summa satrning boshidan
katta harf bilan boshlanishi shart. “Summa raqam bilan” rekvizitidagi summadan oldin va keyin
qolgan bo‘sh joyga ikki parallel to‘g‘ri chiziq tortib qo‘yiladi.
Pul omborida saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlarni kirim qilish va hisobdan chiqarishga
doir kirim-chiqim orderlarida yakuniy summalar so‘z bilan qayta yoziladi.
48. Kirim va chiqim kassa jurnallari kompyuter texnikasi yordamida tuziladi (bunga imkoniyat
bo‘lmasa, qo‘lda yozib to‘ldiriladi). Unda sana, mijozning hisobvaraq raqami, kirim va chiqim
hujjatining raqami, hisobot ramzi hamda uning summasi ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek, ushbu
kassa jurnallari kirim va chiqim hujjatlarini dastlabki nazoratdan o‘tkazgan mas’ul ijrochi va
kassirning imzolari bilan tasdiqlanishi shart. Kirim va chiqim kassa jurnallarining shakli mazkur
Yo‘riqnomaning 
4-ilovasida
keltirilgan.
Keyingi
 tahrirga qarang.
49. Bank kunlik operatsiyalar yig‘majildiga tikish va saqlash uchun chiqariladigan elektron
to‘lov hujjatlarining ro‘yxati hamda mijozlar tomonidan taqdim qilingan pul hisob-kitob
hujjatlarining asl nusxalari bankning mas’ul xodimlari imzosi va bank shtampi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 415,18 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish