• § 3. Ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish
  • § 2. Minibanklarda buxgalteriya ishlarini tashkil qilish




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/38
    Sana21.05.2024
    Hajmi415,18 Kb.
    #247060
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    Tasdiqlash haqida

    § 2. Minibanklarda buxgalteriya ishlarini tashkil qilish
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    17. Minibanklar buxgalteriyasi “Bank binosidan tashqarida joylashgan mas’ul ijrochi buxgalter”
    sifatida faoliyat yuritadi. Minibanklarda buxgalteriya hisobi mavjud ish hajmidan kelib chiqqan
    holda mazkur Yo‘riqnoma talablari doirasida tashkil etilishi lozim.
    Minibank buxgalteri amalga oshirilayotgan buxgalteriya operatsiyalarini tegishli nazoratdan
    o‘tkazgandan so‘ng, ushbu operatsiyalarni elektron faylini tasdiqlash uchun aloqa kanali orqali shu
    kunning o‘zida bank filialiga jo‘natadi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    18. Minibanklarda ish kuni bank ish kunidan kamida ikki soat oldin yakunlanishi va kun
    davomida amalga oshirilgan operatsiyalarga asos bo‘lgan pul hisob-kitob hujjatlarini yakuniy
    nazoratdan o‘tkazilishi va kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildiga tikish uchun bankka ish kuni
    tugamasdan oldin inkassatsiya xizmati orqali yetkazib berilishi shart.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    19. Ushbu qoidalarga qat’iy rioya qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan banklar o‘zi joylashgan
    viloyat yoki shaharda minibanklar ochishi mumkin.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    20. Minibank hujjatlari har kuni bosh buxgalter tomonidan tekshirilib imzolanishi shart.
    Tekshirilish jarayonida noqonuniy operatsiyalar aniqlangan taqdirda, bosh buxgalter bu haqda bank
    rahbariga yozma ravishda ma’lum qiladi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    21. Bank rahbari va bosh buxgalteri o‘zlariga qarashli bo‘lgan minibanklarda buxgalteriya
    ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish va bank operatsiyalarini aniq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan doimiy
    nazorat o‘rnatishlari lozim.
    § 3. Ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish


    22. Buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda bank
    tomonidan amaliyot kuni davomida ijroga qabul qilingan pul hisob-kitob hujjatlari dastlabki va joriy
    nazoratdan o‘tkazilib, ular o‘z vaqtida ijro etilishi, ya’ni hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar
    buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tuzilishi hamda keyingi bank ish kunidan
    kechiktirmasdan bajarilgan barcha operatsiyalar yakuniy nazoratdan o‘tkazilishi shart.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    23. Har bir bank quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda, amaliyot kuni davomida
    mijozlarga xizmat ko‘rsatish va hujjatlar aylanish tartibini mustaqil belgilaydi:
    banklar yangi ish kunini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Hisob-kitob markazi
    (bundan keyingi o‘rinlarda HKM deb yuritiladi)da ochilgan tashqi (“21302-Rezident bankning vakillik
    hisobvarag‘i”) vakillik hisobvarag‘ining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o‘zlarining ichki
    (“10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”) vakillik hisobvarag‘ining aylanma va qoldiq
    summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlashadi. Ichki va tashqi vakillik hisobvarag‘i aylanma
    va qoldiq summalarini mosligini tasdiqlash uchun HKM ga elektron fayl yuboradi;
    HKM tijorat banklari yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning tashqi va ichki
    vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi hamda ularni mosligini
    tasdiqlab banklarga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq
    bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo to‘lovlarni amalga
    oshirishga ruxsat etilmaydi;
    HKM dan tasdiq (W-fayl) olgandan so‘ng, banklarga banklararo to‘lovlarni amalga oshirish
    uchun ruxsat beriladi;
    filiallari mavjud bank filiallariga “To‘lov markazi”da ochilgan tashqi (“22204-Bosh bank-
    filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar”) va filiallarda ochilgan (“16103-Bosh bank/filiallardan filiallararo va
    banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar”) ichki vakillik hisobvaraqlar qoldiq
    summasini mosligini tasdiqlash Bosh bank tomonidan amalga oshiriladi. Filiallar ichki vakillik
    hisobvarag‘i (16103) va “To‘lov markazi”da ochilgan tashqi (22204) vakillik hisobvarag‘i o‘rtasida farq
    mavjud bo‘lsa, ushbu filialga uni bartaraf etmaguncha filiallararo va banklararo to‘lovlarni amalga
    oshirish va yangi kunga o‘tib ishlashga ruxsat etilmaydi;
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun
    hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo‘lsa filiallararo va ichki to‘lovlar bank ish kuni davomida soat
    17-00 ga qadar amalga oshiriladi. Filiallararo to‘lovlar bir bank mijozlari o‘rtasida amalga oshirilishini
    inobatga olib, bank o‘z mijozlaridan to‘lov hujjatlarini qabul qilish vaqtini o‘zi mustaqil ravishda
    belgilaydi. Ichki to‘lovlar qatoriga kassa amallari, to‘lanishi va olinishi lozim bo‘lgan foizlar hisobini
    hisoblash hamda xodimlarga ish haqi hisoblash va shunga o‘xshash amallar kiradi;
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    banklararo to‘lovlar bo‘yicha banklar mijozlaridan bank amaliyot kuni davomida qabul
    qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini bank ish kunining soat 15-00 ga qadar
    amalga oshirib soat 16-00 ga qadar HKMga yetkazib berishlari kerak, aks holda banklararo to‘lovlar
    amalga oshirilmaydi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat bo‘yicha bank javobgar
    hisoblanadi, bundan bankka taalluqli bo‘lmagan tashqi omillar mustasno;
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    banklararo budjet to‘lovlari HKMga soat 16-00 dan 16-30 ga qadar yuboriladi, soat 16-30 dan
    kech yuborilgan banklararo budjet to‘lovlari HKM tomonidan qaytarib yuboriladi. Bank aybi bilan
    amalga oshmay qolgan hujjat bo‘yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli
    bo‘lmagan tashqi omillar mustasno;
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    banklar soat 16-30 dan to 17-00 ga qadar o‘zlarida budjet to‘lovlariga ochilgan tranzit
    hisobvaraq qoldiqlarini HKM orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning hududiy Bosh
    boshqarmalar HKMlarida ochilgan budjet tranzit hisobvarag‘iga o‘tkazishlari shart. Bank aybi bilan
    amalga oshmay qolgan hujjat bo‘yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli
    bo‘lmagan tashqi omillar mustasno;
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    HKM banklarga banklararo to‘lovlar tugaganligi to‘g‘risida (bundan keyingi o‘rinlarda END fayl
    deb yuritiladi) ma’lumotni soat 17-20 da jo‘natadi, shundan so‘ng banklar o‘rtasida banklararo


    to‘lovlar to‘xtatiladi.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    24. Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan
    uzaytirilmagan bo‘lsa, bank shu kunning o‘zida bank ish kuni yakunlangandan so‘ng, ya’ni soat 18-
    00 dan so‘ng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga
    asosan uzaytirilgan bo‘lsa keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy
    bankka elektron balans (0106BS) hisobotini jo‘natadilar.
    Keyingi
     tahrirga qarang.
    25. Banklarda ish kuni bank operatsiyalari buxgalteriya hisobotida to‘liq aks ettirilib, kunlik
    balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan
    so‘ng yakunlanadi.

    Download 415,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    § 2. Minibanklarda buxgalteriya ishlarini tashkil qilish

    Download 415,18 Kb.
    Pdf ko'rish