II. Banklarda buxgalteriya apparati, ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/38
Sana21.05.2024
Hajmi415,18 Kb.
#247060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Tasdiqlash haqida

II. Banklarda buxgalteriya apparati, ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish
§ 1. Banklarda buxgalteriya apparatini tashkil etish
6. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali (bundan keyingi o‘rinlarda bank
deb yuritiladi) rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik
qiladi. U Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g‘risidagi namunaviy 
nizom 
(ushbu Yo‘riqnomaning
1-ilovasi) asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter
o‘rinbosari bajaradi.
7. Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank
buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlar yoki buxgalteriya
firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi.
8. Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo‘limlar soni
amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq
bo‘ladi.
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo‘linmasi sifatida faoliyat
yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalar va
bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo‘limlarga
topshirilishi mumkin.
Ish hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati ushbu Yo‘riqnoma talablarini hisobga olgan
holda tashkil etilishi lozim. Shuningdek, barcha operatsiyalar mas’ul ijrochi buxgalterlar tomonidan
dastlabki va nazoratchi buxgalterlar tomonidan joriy nazoratdan o‘tishini ta’minlash maqsadida ish
hajmidan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o‘rtasida mutanosiblik saqlanishi
lozim.
9. Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bank rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
10. Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki
alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraqlar buxgalteriya xodimlari
o‘rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, bunda bitta xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha depozit
va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi tomonidan yuritilishi kerak, chet el valyutasida
ochilgan hisobvaraqlar bundan mustasno. Hisobvaraqlarni buxgalteriya xodimlari o‘rtasida
taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi dasturiy ravishda yuritiladi hamda qo‘lda maxsus daftarda
qayd etib boriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
11. Bank bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklarni ularning yo‘qolishiga yoki boshqa
maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda saqlanishi hamda foydalanishi ustidan
nazoratni ta’minlashi shart. Bank muhrlari va burchakli shtamplarining hisobi ularni saqlayotgan
shaxs familiyasi va lavozimi ko‘rsatilgan maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan,
bog‘langan va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan
bo‘lishi va bank rahbarining yoki uning xohishiga ko‘ra bosh buxgalter seyfida saqlanishi lozim.
Keyingi
 tahrirga qarang.


Bank xodimlarining ish joylari shunday joylashtirilgan bo‘lishi kerakki, bunda mijozlar va
boshqa begona shaxslarning bankning muhrlari, shtamplari, hujjatlari va blanklarini olishlariga
imkon bo‘lmasligi lozim.
12. Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo‘lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishda
bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muhr va shtamplar
bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd
etiladi.
13. Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni buxgalteriya va
kassa ishlarining barcha bo‘g‘inlarida o‘rnatilgan tartibga amal qilinishini kuzatib borish yuklatiladi.
Shuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish,
tegishli buxgalteriya hisobi hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi.
Bank bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra
uning o‘rinbosariga topshiriladi.
14. Mijozlarning bank xodimlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlari hamda boshqa
murojaatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. Murojaat qilish
tartibi e’lonlar osib qo‘yish yo‘li bilan mijozlarga ma’lum qilinishi lozim.
Keyingi
 tahrirga qarang.
15. Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda balans va boshqa
hisobotlarni o‘z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat
ko‘rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart.
16. Tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan yirik banklarning
buxgalteriya apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi mumkin. Buxgalteriya
apparatini Front-ofis va Bek-ofislarga ajratish tamoyillari va ularning vazifalari 
2-ilovada
va Front-
ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati yuzasidan sharhlar 
3-ilovada
keltirilgan.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 415,18 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Banklarda buxgalteriya apparati, ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish

Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish