|
«tasdiqlayman» Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
|
bet | 17/18 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #230052 |
Bog'liq Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024XULOSASI
1. Tadqiqotchi Davranova Gulbahor Numondjonovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi OAKning so‘nggi talablariga muvofiq yozilgan.
2. Tadqiqotchi mavzuning mazmun-mohiyatini juda teran anglagan, qunt bilan mehnat qilib, juda katta material asosida ish olib borgan. Ish ilmiy va ravon uslubda yozilgan, fikrlar aniq, izchil ifodalangan. Amalga oshirilgan tahlil va talqinlar e’tirozga o‘rin qoldirmaydi. Ishning bob va paragraflari mantiqan o‘zaro bog‘langan muammolar to‘liq o‘z yechimini topgan. Xulosalari aniq va asosli.
3. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ilgari surilgan. Muhim nazariy g‘oya, taklif etilgan model ta’lim jarayonida qo‘llanilgan. O‘quv reja va fanni o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
4. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlar, avtoreferat va monografiya tadqiqot mazmun-mohiyatini aks ettirgan va to‘liq qamrab olgan.
5. Tadqiqot ilmiy natijalarining belgilangan muassasalarida amaliyotga tatbiq etilgan.
6. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshirilgan tajriba-sinov natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish jarayonini muayyan reja va dasturga, aniq pedagogik shart-sharoitlarga tayangan holda olib borilishi maqsadga muvofiq ekanligi tasdiqlangan.
7. Tadqiqotchi G.N.Davranovaning tadqiqot ishi OAK rayosatining tadqiqotchilar uchun qo‘yilgan so‘nggi talablariga javob berishi aniqlandi. Dissertatsiya tadqiqotchi tomonidan mustaqil bajarilgan.
8. Ishni ochiq himoyaga qo‘yish maqsadida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha keyingi bosqich muhokamalariga tavsiya etilsin.
Rais: Tadqiqotchi Davranova Gulbahor Numondjonovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘yicha, ishni himoyaga tavsiya etish mumkin, degan taklif bildirildi. Ushbu taklifga munosabat bildirib, tasdiqlab berishlaringizni so‘rayman. Boshqa taklif va mulohazalar bo‘lmasa, yig‘ilishning qaror qismiga o‘tamiz. Taklif bir ovozdan ma’qullandi. Ko‘rilgan masala yuzasidan ilmiy seminar yig‘ilishi
|
| |