• Rais
  • Rais: Marhamat, birinchi taqriz yuzasidan fikr-mulohaza uchun so‘z G.N.Davranovaga beriladi. G.N.Davranova




    Download 0,49 Mb.
    bet14/18
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #230052
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Rais
    Rais: Marhamat, birinchi taqriz yuzasidan fikr-mulohaza uchun so‘z G.N.Davranovaga beriladi.
    G.N.Davranova: Eng avvalo rasmiy taqrizchimiz pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Hasanova Zebo Davlatovnaga ham o‘z vaqtlarini ayamay dissertatsiya ishimizni chuqur tahlil qilib, o‘z fikr mulohazalarini va takliflarini bildirganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Taqrizchimiz tomonidan bildirilgan fikr mulohazalarining aksariyatini qabul qilamiz, ruxsat bersangiz ba’zi birlariga o‘z munosabatimizni bildirmoqchimiz.
    Birinchi, uchinchi va beshinchi kamchiliklarni qabul qilamiz va keyingi bosqichgacha tuzatamiz.
    Ikkinchi va to‘rtinchi tavsiyalarga fikrimiz shundan iboratki, dissertatsiya hajm jihatdan chegaralanganligini inobatga olib, ushbu masala yuzasidan ishimizda qisqacha bayon qilib o‘tganmiz.
    Rasmiy taqrizchimizga ham yana bir bor o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
    Rais: Navbatdagi so‘zni tashqi taqrizchi p.f.f.d., prof. A.R. Jo‘rayevga beramiz, marhamat!
    Tashqi taqrizchi p.f.f.d., dotsent N.N.Zaripov:
    Dunyo miqyosida global axborot oqimlarining jadallashuvi ta’lim jarayoni ishtirokchilarining mantiqiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga bo‘lgan talablar shaxsning imkoniyatlari va dunyoqarashidan kelib chiqib belgilanmoqda. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari ilm-fan va ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi. Jahon taʻlim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan jamiyatda oʻqitishning zamonaviy didaktik vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengroq joriy etish va ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini koʻrsatmoqda.
    Mamlakatimizda ham ta’lim tizimida innovatsiya, integratsiya va o‘qitish sifati monitoringini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarda o‘quv-tarbiya jarayoni natijaviyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday yo‘nalishdagi tadqiqotlarda o‘qitish sifati monitoringining nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish, uzluksiz ta’lim tizimiga innovatsion g‘oyalarni, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishga oid ilmiy jihatdan asoslangan takliflar, tavsiyalar tizimini ishlab chiqish, ta’lim va o‘qitish sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, o‘qitish sifati monitoringini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirishning huquqiy-me’yoriy va moddiy-texnik infrastrukturasi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning takomillashtirilgan o‘quv-didaktik ta’minoti modernizatsiyalashtirilmoqda. Jumladan, boshlang‘ich sinflarda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarni faollashtirish bugungi kun ta’lim oldida turgan dolzarb muammo hisoblanadi. Chunki boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi bo‘lib, unda ta’lim berish, o‘quvchilarni aqliy, ma’naviy, jismoniy kamol toptirishning dastlabki bosqichi sanaladi. Boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini tashkil etish va o‘quvchilarning tafakkurini interfaol metodlar vositasida takomillashtirish, o‘qitishni integratsiyalash va modellashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishni yo‘lga qo‘yilganligi va bu jarayonga oid didaktik shart-sharoitlarni takomillashtirishni tadqiq qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
    Tadqiqotchi Davranova Gulbahor Numondjonovnaning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish” mavzusida taqdim etgan dissertatsiyasi aynan shu masalaga bag‘ishlanganligi va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish yo‘llarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadini ko‘zlagan holda ilmiy ish olib borganligi nihoyatda ahamiyatlidir.
    Tadqiqot ishi bilan tanishib chiqar ekanmiz, dissertatsiya 3 bob, 8 paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, tadqiqot materiallari dissertatsiyada belgilangan reja asosida o‘z ifodasini topgan.
    Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, olingan natijalarning ishonchliligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Dissertant ishni bajarish davomida ko‘pgina xorij, rus va respublikamiz olimlarining shu sohadagi ilmiy ishlarini tahlil qilgani muammoning o‘rganilganlik darajasini yetarli darajada ochib bergan. Tahlil qilingan ilmiy ishlarda zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida xorijiy tillarni o‘qitish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy bilish faoliyatini o‘stirish, boshlang‘ich ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam berishi, axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerakligi, chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘lishi, o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini uyg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvi ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar asoslab berilgan.
    Dissertatsiya ishining «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari» deb nomlangan birinchi bobida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish pedagogik muammo sifatida tavsiflanib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishning mavjud holati va o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish modeli shakllantirilgan.
    Tadqiqotda to‘g‘ri ta’kidlanganidek, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda o‘quvchi va pedagoglarning hamjihatlikda ishlashiga katta talablar qo‘yilmoqda. Bu talablar ichida eng muhimi darsning samaradorligi, uning sifati, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari, maktablarda darslarning xilma-xilligi va ularning tashkil etilishi va ular orqali o‘quvchilar turli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishidir. Zero, yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi”. 2022 — 2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur ham umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi.
    Mazkur bobda rus tili darslarida foydalaniladigan kompyuter dasturlari va ular orqali yaratiladigan multimedialar audiovizual axborotni qayta ishlashning zamonaviy usullarini qo‘llash hisobiga o‘qitish samaradorligini oshirish va o‘qitishni intensifikatsiyalash imkoniyatini ta’minlashi va multimedianing mohiyatlari o‘qitishning turli aspektlarida keng imkoniyatlar yaratib berishi bayon etilgan. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf rus tili darsi jarayonida samaradorlikni oshirishda foydalanish mumkin bo‘lgan texnologiyalar tizimi tasniflangan. Rus tilini o‘qitishda axborot texnologiyalari va multimediadan foydalanishning fonetikani, grammatikani, o‘qishni o‘rgatishda, lug‘at bilan ishlashdagi maqsad va vazifalari jadval ko‘rinishida tushunarli tarzda tasvirlangan. Tilni o‘qitishning turli jihatlarini ochib beruvchi dasturiy vositalar tahlili keltirilgan. Bundan tashqari, ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalangan holda Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan yangi avlod darsliklari, ularning o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar uchun imtiyozlari va ularda fanni xorijiy til sifatida oʻqitishga, oʻquvchida oʻqib tushunish, tinglab tushunish, fikrni yozma va ogʻzaki tarzda ifodalay olish kabi 4 ta koʻnikmani shakllantirishga eʼtibor qaratilganligi dissertatsiyada haqli ravishda qayd etilgan. Shu bilan birga, 2,3,4-sinf o‘quvchilarida rus tili fani ta’lim mazmuni alohida- alohida tizimlashtirilgan.
    Dissertatsiyaning «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirishning amaliy ahamiyati (metodikasi)» deb nomlangan ikkinchi bobida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish shakl, metod, vositalari izohlangan. Hozirgi vaqtda rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha turli darajadagi til bilimi bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan o‘nlab o‘quv elektron resurslari va mobil ilovalar tahlil qilingan. Mаshg‘ulot jаrаyonlаrini tаshkil etishgа mo‘ljаllаngаn interаktiv dаsturiy vositаlаr ishlаb chiqilgan vа shunga oid ko‘rsatmalar keltirilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tilidan o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda dars maqsadini to‘g‘ri tanlash uchun yangicha “SMART – to‘g‘ri maqsadlar” yondashuvi mazmuni to‘liq yoritib berilgan. Tаdqiqotchi tomonidаn boshlang‘ich tа’limning rus tili fani dars mаshg‘ulotlаri innovаtsion dаsturiy vositаlаr orqаli tаshkil etilgan.
    Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” deb nomlangan bo‘lib, ushbu bobda tadqiqot davrida umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2-4-sinflarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning rus tili fanini o‘rganishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish jarayonining nazariy asoslariga tayangan holda tajriba – sinov ishlarining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Tajriba-sinov ishlari 3 bosqichda amalga oshirilib, tadqiqot muammosining ilmiy-nazariy, ilmiy–uslubiy asoslari o‘rganilgan; tadqiqotning maqsad va vazifalari aniqlangan; tadqiqot obyekti va uning ko‘rsatkichlari hamda unga mos mezonlar nazariy manbalardan tahlil qilinib o‘rganilgan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili fanini o‘qitishda ta’lim samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlari Buxoro, Xorazm va Surxondaryo viloyati umumta’lim maktablarida jami 669 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari (respondentlar) ishtirokida amalga oshirilgan. Tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili faniga oid hujjatlar tahlil qilingan va rus tili fani o‘zlashtirish samaradorligini oshiruvchi o‘quv materiallari, mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar, samaradorlikni belgilovchi test topshiriqlari hamda rus tili fanini o‘qitishda o‘quv jarayoniga moslashuvchi dasturiy ta’minotdan foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan. Pedagogik tajriba umumta’lim maktablarida rus tili fanini o‘qitish jarayonini ta’lim oluvchilarning axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalana olish hamda qo‘yilgan maqsad yo‘lida mavjud rus tili faniga doir shart-sharoitlarning talabga javob berish darajasini aniqlash va ushbu fandan o‘zlashtiriladigan mavzularga oid yaratilgan pedagogik o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning amaliyotdagi samaradorligini aniqlash maqsadida qo‘llanilgan.
    Dissertatsiyada ta’kidlanishicha, tajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlash maqsadida o‘quvchilar teng asosda “Tajriba” va “Nazorat” guruhlariga biriktirilgan. Tajriba guruhida tavsiya etilayotgan hamda o‘quvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajalarini shakllanishini ta’minlashga yordam beruvchi metodika asosida amaliy faoliyat tashkillashtirilgan bo‘lsa, nazorat guruhida esa an’anaviy tartibda o‘quv-tarbiya ishlari olib borilgan. Tajriba-sinov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida rus tili fanidan o‘quvchilarning bilimini baholash mezonlari ishlab chiqilgan. O‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlarida rus tili fanini o‘quv jarayoniga multimediya vositalari asosida o‘qitish bo‘yicha natijalar umumlashtirilib, xulosalar amaliy jihatdan tekshirib ko‘rilgan, olingan natijalar matematik-statistika metodlari yordamida tahlil qilingan. Tajriba-sinov ishlarining tajriba yakunidagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro qiyoslash asosida yakuniy xulosa chiqarilgan. Tadqiqot jarayonida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining holati shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonlarini raqamlashtirish o‘quvchilarning bilim darajalarini oshiribgina qolmay, dars jarayonlarining sifatini ham kafolatlaydi.
    Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 23 ta ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta dasturiy ta’minot, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 11 ta maqola, shundan 6 tasi xorijiy jurnallarda 5 tasi respublika jurnallarida nashr etilgan. Tadqiqotchi tomonidan e’lon qilingan ilmiy-uslubiy maqolalar dissertatsiyaning asosiy mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettiradi.
    Dissertatsiya ravon tilda yozilganligi va ijobiy jihatga ega manbalar asosida yozilganligidan tashqari, har qanday ishda bo‘lgani kabi bunda ham ayrim kamchiliklar mavjud:
    - tadqiqot ishida keltirilgan havolalarni yana bir ko‘zdan kechirib chiqilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi;
    - tadqiqot ishidagi ba’zi bir atamalar to‘liq yoritib berilmagan. Masalan: 23,52,54-betlar;
    - ishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini OAK talablari darajasida qayta ko‘rib chiqish zarur;
    - tadqiqot vazifalarini ixchamlashtirish maqsadga muvofiqdir;
    - tajriba va nazorat guruhdagi o‘quvchilar bo‘linishining aniq mezoni ko‘rsatilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi;
    - dissertatsiyada stilistik va orfografik xatoliklar uchraydi, masalan, 56, 65, 87, 92, 102, 110 va hokazo betlar, ishni qayta tekshiruvdan o‘tkazish kerak.
    Ushbu ko‘rsatilgan kamchiliklar tadqiqot ishining umumiy saviyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
    Shularni hisobga olib, tayanch doktorant Davranova Gulbahor Numondjonovnaning 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarining muhimligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya Komissiyasi tomonidan qo‘yiladigan talablarga javob beradi va himoya qilish uchun keyingi bosqichga tavsiya etaman.

    Download 0,49 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 0,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rais: Marhamat, birinchi taqriz yuzasidan fikr-mulohaza uchun so‘z G.N.Davranovaga beriladi. G.N.Davranova

    Download 0,49 Mb.