• ESHITILDI: G.N.Davranova
  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
  • «tasdiqlayman» Buxoro muhandislik-texnologiya instituti




    Download 0,49 Mb.
    bet2/18
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #230052
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024

    YIG‘ILISHNING BORISHI


    Ilmiy seminar raisi Z.Sh.To‘xtayeva yig‘ilish ishtirokchilarini tadqiqotchi G.N.Davranovaning shaxsiy ma’lumotlari va pedagogik faoliyati bilan qisqacha tanishtirdi. Shundan so‘ng “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasiga rasmiy xulosa berishni va tadqiqot ishining mohiyati, dissertatsiyada ilgari surilgan asosiy g‘oyalar, tajriba-sinov ishlari jarayonida olingan muhim natijalar hamda tadqiqot natijalari yuzasidan xulosalarni bayon etish uchun so‘zni Davranova Gulbahor Numondjonovnaga berdi.
    ESHITILDI: G.N.Davranova:
    Assalomu alaykum Ilmiy seminar raisi! Hurmatli Ilmiy seminar a’zolari! Bugun men sizlarni e’tiboringizga “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini qisqacha mazmuni bilan tanishtirib o‘tmoqchiman.
    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda kompyuter texnologiyalaridan, innovatsion dasturiy vositalardan foydalangan holda yuqori sifatli bilim berish va intellektual salohiyatli, ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash maqsadida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan, dasturiy vositalardan foydalanish muammosi dolzarb ahamiyatga ega. Xususan, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Finlandiya, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya kabi nufuzli davlatlarning ilmiy tadqiqot markazlarida raqamli texnologiyalar asosida ta’lim sifatini takomillashtirishga oid keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilib, salmoqli amaliy natijalarga erishib kelinmoqda. Chunonchi, bugungi kunda ta’lim tizimida ta’lim texnologiyalari takomillashtirilib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida jahon andozasiga mos keladigan raqamli texnologiyalardan foydalanish tajribasini ommalashtirish soha olimlari oldida turgan vazifalardan biri hisoblanadi.
    Dunyo hamjamiyatida ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash asnosida elektron dasturiy ta’limga o‘tish jarayoni amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimida sun’iy intellekt asosida boshqariladigan innovatsion dasturiy vositalar ta’limning turli bosqichlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maxsus web-saytlar orqali foydalanuvchiga taqdim etilmoqda. Shu bois, dunyoda yangi innovatsion interaktiv ta’lim shakli rivojlanayotgan bir davrda innovatsion dasturiy vositalar bu jarayondagi eng muhim vazifani bajarishga mo‘ljallangan obyekt sifatida samarali foydalanish masalasini ilmiy hal etish zarurati paydo bo‘lmoqda.
    Mamlakatimizda ma’nan va aqlan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib tarbiyalash borasida yurtimizda so‘nggi yillarda ta’limning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish boshlang‘ich ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun” hamda ta’limning sifatli va samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlang‘ich sinfdan boshlab o‘quvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida “Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan” deya ta’kidlanib, pedagog xodimlarning majburiyatlari sifatida “axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanish” vazifasi belgilangan. Bugungi globallashuv jarayonida uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich ta’limni yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va innovatsion ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish orqali o‘quvchilarni har tomonlama intellektual salohiyatini oshirish, aqlan va ma’nan rivojlantirish nazarda tutilgan.
    O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son “2022-2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston- 2030” strategiyasi to‘g‘risida”, 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi PQ-4467-son “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4537-son “Zamonaviy maktablarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

    Download 0,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «tasdiqlayman» Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

    Download 0,49 Mb.