• Tadqiqotchi G.N.Davranova: 1-javob
  • Savol: p.f.n., dotsent A.X.Gafforov
  • Tadqiqotchi G.N.Davranova: 1-javob
  • E’tiboringiz uchun rahmat!




    Download 0,49 Mb.
    bet9/18
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #230052
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    Bog'liq
    Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024

    E’tiboringiz uchun rahmat!
    Rais: Ma’ruza yuzasidan dissertantga savollar bo‘lsa, marhamat!
    Savol: p.f.f.d. (PhD), professor B.B. Sa’dullayev:
    1. Siz tomoningizdan ishlab chiqilgan va tavsiya etilayotgan metodikaga hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida qanchalik darajada zarurat bor deb, o‘ylaysiz?
    2. Avtoreferatning 20-sahifasida keltirilgan ta’lim jarayonida olingan bilimlarni sinovdan o‘tkazishda “Kahoot!” platformasi, “Plickers” dasturlari haqida ma’lumot bersangiz.
    Tadqiqotchi G.N.Davranova:
    1-javob: Savolingiz uchun rahmat, ustoz! Jahonda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning eng ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash asnosida raqamli ta’limga bosqichma-bosqich o‘tish tez sur’atda amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda, yurtimizda ham bugungi globallashuv jarayonida uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich ta’limni yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va innovatsion ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish va ulardan yanada samarali foydalanish orqali o‘quvchilarni har tomonlama intellektual salohiyatini oshirish, aqlan va ma’nan rivojlantirish nazarda tutilgan. Axborotlashgan jamiyatda o‘qitishning zamonaviy usullarini keng joriy etish maqsadida xorijiy tajribalarga tayangan holda rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish jarayoni yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, Yangi avlod darsliklari boshlang‘ich ta’lim o‘quv jarayoniga joriy etilganidan so‘ng ushbu darsliklarga mos multimediyalar yaratish ehtiyoji tug‘ilmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish va uning umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish uchun pedagoglar uchun rus tilini o‘qitish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va mobil ilovalar yaratish, yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1000 ta multimedia dasturlarini yaratishda ilmiy ishdagi metodik ko‘rsatmalarga tayanish mumkin.
    2-javob: Hozirgi kunga uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida xorijiy ilg‘or tajribalarga tayangan holda darslarni tashkil etishning interaktiv, innovatsion usullaridan keng foydalanilmoqda. Ta’lim jarayonida olingan bilimlarni sinovdan o‘tkazishda “Kahoot!” platformasi, “Plickers” dasturlari shular jumlasidandir. Kahoot - bu foydalanuvchilarga viktorinalar, so‘rovlar va so‘rovlar yaratish va almashish imkonini beruvchi onlayn o‘quv platformasi bo‘lib, bu o‘quvchilarni fanga jalb qilish va o‘rganishni osonlashtirishning, o‘zlashtirilgan bilimlarni sinovdan o‘tkazishning ajoyib usuli. Bundan tashqari, foydalanuvchilar yanada qiziqarli qilish uchun viktorinalariga rasm va videolarni qo‘shishlari mumkin.
    Plickers texnologiyasi vaqt va energiyani tejagan holda yuqori samaradorlikka erishish hamda eng muhimi ta’limning boshlang‘ich ta’limdan tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan barcha jabhalarida foydalanish mumkin. O‘quvchilar ekranda berilgan test yechib bo‘lgach, qo‘llaridagi QR kod joylashtirilgan javoblar kartasini ko‘rsatishadi. Ushbu javoblar varaqasidagi kod skaner qilingan zahoti o‘quvchilarning natijalari ekranda paydo bo‘ladi. Ta’lim jarayonida bu kabi dasturlardan foydalanish o‘qituvchining baholash uchun ajratadigan vaqtini tejaydi va dars vaqtida o‘qituvchi, talabalarning diqqatini jalb qilish orqali o‘z ustida ko‘proq ishlash imkon yaratib beradi.
    Savol: p.f.n., dotsent A.X.Gafforov:

    1. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishiga nimalarni kiritdingiz?

    2. Dissertatsiya natijalarini amaliyotga tatbiq etilganligi to‘g‘risida tajriba-sinov o‘tkazilgan muassasalardan dalolatnomalar olinganmi?

    Tadqiqotchi G.N.Davranova:
    1-javob: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirishga doir tadqiqot ishi natijasi asosida:
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga chet tillarni o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish va maktablarda rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasini zamonaviy innovatsion metodlar yordamida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Qiyosiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0651-raqamli guvohnomasi). Natijada, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi yutuqlar va imkoniyatlardan foydalanib, fanlarni o‘qitishda yuqori samara beruvchi metodlarni tanlash va ularni maktab ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llash imkonini bergan.
    umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanlarni axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida o‘qitilishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ta’limni axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, multimedianing asosiy tushunchalari, audio va video axborotlar bilan ishlash, murakkab taqdimotlar, dasturiy ishlanmalar yaratishga oid nazariy umumlashmalar va ilmiy yangiliklar asosida “Ta’limda axborot texnologiyalari” darsligi ishlab chiqilgan va ta’lim tizimiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i, 166-165-raqamli guvohnomasi). Natijada, fanlarni o‘qitish bo‘yicha raqamli ta’lim ilovalarini yaratish, hamda o‘quv jarayoniga tadbiq etish samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslarini takomillashtirish, dars davomida AKTdan foydalanishning ahamiyati, multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratishning afzalliklari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining dasturida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-fevraldagi 01-02-40-son ma’lumotnoma). Natijada, ta’lim oluvchilarning innovatsion pedagogik texnologiyalarga qiziqishini oshirish imkoni yaratildi.

    Download 0,49 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 0,49 Mb.