|
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
|
bet | 8/18 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #230052 |
Bog'liq Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni 6 ta xalqaro va 7 ta respublika ilmiy-nazariy hamda amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 23 ta ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta dasturiy ta’minot, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 11 ta maqola, shundan 6 tasi xorijiy jurnallarda 5 tasi respublika jurnallarida nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi kirish, uch bob, to‘qqiz paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 154 betni tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Dissertatsiyaning «Kirish» qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, mavzu bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, dissertatsiya bajarilgan ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi tavsiflangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti, predmeti, tadqiqotda qo‘llanilgan usullar yoritilgan. Shuningdek, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan hamda dissertatsiya natijalarining joriy qilinishi, aprobatsiyasi, e’lon qilinganligi, tuzilishi va hajmi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiya ishining «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari» deb nomlangan birinchi bobida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish pedagogik muammo sifatida tavsiflanib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishning mavjud holati va o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish modeli shakllantirilgan.
Zamonamizning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir sharoitda o‘qitishning zamonaviy interfaol metodlari, dasturiy pedagogik vositalar va elektron o‘quv qo‘llanmalarni ta’limga integratsiya qilishning didaktik talablarini aniqlash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida xorijiy tillarni o‘qitishda dastur ilovalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash usullarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. 2022-2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur ham umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi. Milliy dastur loyihasiga ko‘ra, har bir pedagog o‘z yo‘nalishi va metodikasiga ega bo‘lishi, axborot texnologiyalardan unumli foydalanishi, zamonaviy ta’lim va tarbiya muammolarini yuqori samaradorlik bilan hal qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, xorijiy tillarni, shu jumladan rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hozirgi zamon talabi va maqsadi hisoblanadi. Bunday maqsad zarur tadqiqotlar, ijodiy izlanishlar olib borish, boshqa mutaxassislarning ish tajribalarini chuqur tahlil qilish orqali aniqlanadi. Chet tillarni o‘qitish metodikasida allaqachon yo‘nalish mavjud bo‘lib, uning doirasida tilni o‘qitishda axborot texnologiyalarini qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi.
Dissertatsiyada bu boradagi xorijda olg‘a surilgan tadqiqot yo‘nalishlari va g‘oyasi tahlil qilingan bo‘lib, F.Zahir, S.Zulaiha, Giorgos Perperidis, F.Mikre, S.Desailarning ilmiy tadqiqotlari elektron ta’limning ulkan salohiyatini ko‘rsatayotganligi, AKTning axborot manbalariga kirishni ta’minlashdagi ahamiyati, pedagog va ta’lim oluvchi orasida o‘zaro ta’lim muhitini yaratish imkoniyatlari, o‘qitish usullarini o‘zgartirishga yordam berishi, rivojlanayotgan mamlakatlar maktablarida yangi texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari haqidagi fikrlar o‘z ifodasini topganligining guvohi bo‘lish mumkin. Jumladan, Kaliforniyalik olim Marsolais-Johnson Suzanne Florencening “Kompyuter texnologiyalari integratsiyasi orqali xorijiy tillarni o‘rganishni kengaytirish” (“Enhancing foreign language learning through the integration of computer technology”) deb nomlangan ilmiy tadqiqot ishida o‘qituvchilar kompyuter texnologiyalari va Internet orqali mavjud bo‘lgan resurslar bilan o‘z pedagogik mahoratini oshirganda dars mazmunining yanada boyishini va o‘quvchilar faoliyatini “tasavvur qilib bo‘lmaydigan” salohiyatga olib kelishini ko‘rsatadi.
MDH mamlakatlari olimlaridan Titova S.V. esa o‘zining “Chet tillarni o‘qitishning kompyuter-axborot modelining nazariy asoslari” deb nomlangan ilmiy tadqiqot ishida chet tillarini o‘qitishga integratsiyalashgan yondashuv asosidagi konsepsiyani ishlab chiqish, kasbiy faoliyatda AKTdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan o‘quvchilarning axborot kompetensiyasini shakllantirish maqsadi asosida izlanishlarni olib borgan. Shuningdek, M.I.Shurpayeva, Z.Z.Madiyeva, N.M.Eldarovalar muallifligidagi “Milliy-rus ikki tillilik sharoitida boshlang‘ich sinflarda rus tilini o‘qitish metodikasi” deb nomlanuvchi monografiya boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish masalasining ayrim jihatlarini ochishda yordam beradi.
Mamlakatimizda ham ta’limni axborotlashtirish muammolari, yangi axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga ta’siri, zamonaviy ta’lim paradigmasi sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari M.J.Saidova, G.Y.Atajanova, U.H.Hayitov, Sh.Sh.Alimova, Z.L.Umurov, U.SH.Begimqulov, I.A.Eshmamatov, A.B.Raxmonov, F.Gabdulxakov kabi ko‘plab ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Ayniqsa, G.Y.Atajanovaning “Milliy auditoriyalarda rus tilini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va uni takomillashtirish” nomli ilmiy ishida esa, rus tili darslarining samaradorligi o‘qituvchining qanday usul va texnologiyalarni qo‘llashiga ham bog‘liqligi, o‘qituvchida didaktik, kommunikativ va vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish kabi qobiliyatlarni rivojlantirish muhimligi, hamda o‘qitishda AKTdan foydalanish o‘qituvchiga didaktik vazifalarni hal qilishga yordam berishi, zamonaviy jamiyatda shaxsni shakllantirishga xizmat qiluvchi loyiha va dasturlarni ishlab chiqish zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri ekanligi haqidagi fikrlar bayon etilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, xorijiy ilmiy tadqiqotlarda axborot-kommunikatsion texnologiyalar o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etishi, o‘quvchilarning dars davomida o‘zini erkin tutishi, o‘z fikrini erkin tarzda bayon etishi, pedagoglar ham mustaqil ta’limga ko‘proq e’tibor qaratishi, bolaning kreativ fikrlashi uchun barcha sharoitlar yaratib berilganligi bugungi kun zamonaviy xorij fan taraqqiyotining asosiy ko‘rsatkichlari sanaladi.
Taʻlim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos boʻlgan taʻlimga yangicha yondashuv shakllana boshladi. Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti - YUNESKO ham AKT taʻlimning ochiqligi va haqqoniyligini taʻminlashga, oʻqituvchilarga AKTdan kasbiy faoliyatining barcha jabhalarida foydalanish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni shakllantirish oʻqish va oʻqitish sifatini oshirishga va oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin, deb hisoblaydi. Binobarin, taʻlim jarayonida qoʻllanadigan dastur vositalari - pedagogik dasturiy vositalar yordamida ishlab chiqilgan multimediyalar, ta’limiy dasturlar o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Xorijiy (rus) tili darslarida foydalanish uchun hozirda kompyuter dasturlarining keng doirasi taklif etiladi:
Ta’limiy dasturlar
O‘quv dasturlari
Nazorat dasturlari
O‘yin dasturlari
Ushbu dasturlar orqali yaratiladigan multimedialar audiovizual axborotni qayta ishlashning zamonaviy usullarini qo‘llash hisobiga o‘qitish samaradorligini oshirish va o‘qitishni intensifikatsiyalash imkoniyatini ta’minlaydi. Multimediyaning o‘ziga xos xususiyati - bu yuqori axborot zichligi va eng samarali o‘quv komponentlarining to‘liq to‘plami - bir nechta axborot kanallarini faollashtirish bilan ma’lumotni multimodal tarzda idrok etishga imkon beradigan matn, vizualizatsiya va audio materiallarning sintezi hisoblanadi. Multimedianing mohiyatlari o‘qitishning turli aspektlarida keng imkoniyatlar yaratib beradi. Oddiy Word redaktorida tayyorlangan faylni grafik faylga aylantirish, bir formatdagi grafik fayllarni boshqa formatdagi grafik fayllarga aylantirish, bir necha multimedia ilovalarini yagona multimedia ilovalariga jamlash, multimedia ilovalarini o‘lchamini, hajmini, sifatini va tuzilishini multimedia dasturlari orqali amalga oshirish mumkin. Bunday dasturlarga Adobe PageMaker, Adobe Photoshop, Adobe Flash, Javascript, Delphi, 3D Max kabi dasturlar kiradi.
Boshlang‘ich sinf rus tili darslari jarayonida yaxshi samara bera oladigan, tilni o‘rganishda ijodiy salohiyatni faollashtiradigan axborot texnologiya turlarini ajrata olish va undan foydalanishni tashkillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kompyuter dasturlaridan foydalanish diqqatni reproduktiv faoliyatdan ijodiy faoliyatga o‘tkazish, o‘rganishni boyitish, assotsiativ va hissiy xotira hamda audiovizual idrokni rivojlantirish imkonini beradi. Xorijiy (rus va ingliz) tillarida parallel matnlar, shuningdek, so‘zlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tez va oson anglashga yordam beradi. Materiallarni tinglash ularning assimilyatsiyasini osonlashtiradi va tezlashtiradi, rus tilini yaxshilashga va rus tilining to‘g‘ri intonatsiyasini rivojlantirishga yordam beradi.
Dissertatsiyada rus tili - juda uzoq va murakkab rivojlanish tarixi, o‘zgarishlarni boshdan kechirib, bugungi kunda dunyo xalqlarining aloqa tili bo‘lib ulgurganligi, zamonaviy sharoitda rus tili xalqaro miqyosda tobora muhim ahamiyat kasb etayotganligi, mamlakatimizda ham maktablarda rus tilini o‘qitish jarayonini optimallashtirish maqsadida bir necha yillar davomida qo‘llanilgan rus tilini o‘rganish metodikasi, usullari, tajribalaridan kelib chiqib, rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi va Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda zamonaviy talablarga javob beradigan darsliklar yaratilgani, ularning pedagoglar va ta’lim oluvchilar uchun qulayligi hamda imkoniyatlari aks ettirilgan.
Rus tilida yangi darsliklarning imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
1. Darsning asosiy yo‘nalishi (yoki darslar ketma-ketligidan tashkil topgan mavzu) avvalgidek grammatik qoida emas, balki matndir. Bundan tashqari, matnlar mavzu, uslub (badiiy, axborot, jurnalistik, ilmiy-ommabop va boshqalar) va shakl (matn) bo‘yicha har xil bo‘lishi mumkin (infografika, jadvallar, diagrammalar va boshqalar).
2. Mashqlar matn mavzusi asosida ishlab chiqilgan va bu quyidagi xususiyatlarni shakllantirishga qaratilgan:
- matnni tushunish qobiliyatlari;
- matn yaratish ko‘nikmalari (yozma yoki og‘zaki);
- tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlari, shuningdek tadqiqot faoliyati;
- til qoidalari.
3. O‘rganiladigan til qoidalari muntazam ravishda berilmaydi (fonetika va leksikologiyadan morfologiya, sintaksis va stilistikagacha) va ular matnlar asosida tushuntirib boriladi. Ko‘pgina hollarda, qoidalar haddan tashqari ko‘p terminologiyadan foydalanmasdan kichraytirilgan holda beriladi.
4. Darslar kommunikativ mavzuga asoslangan bo‘lib, uning atrofida so‘z boyligi va grammatikasiga mos keladigan matn (dialog) tanlangan. Ushbu matn til ko‘nikmalarini rivojlantirish (o‘qilgan yoki eshitilgan matnni, og‘zaki yoki yozma muloqotni tushunish), lug‘at va grammatikani o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
5. 2-sinfda alifboni o‘rganish davri oldingi darslik bo‘yicha butun o‘quv yilini qamrab olgan bo‘lsa, yangi darslikda 26 soatga taqsimlandi. Bu esa ta’lim oluvchilarda 1-yarimyillikning oxiridanoq tez o‘qish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
6. Yangi mavzu bayonida ham oldin an’anaviy o‘qitish metodlaridan foydalanilgan bo‘lsa, hozirda innovatsion yondashuvlar asosida audio va videomateriallardan foydalaniladi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tili fani ta’lim mazmuni tilni o‘rganish, uning nazariyasi, o‘qish va badiiy adabiyot bilan tanishish ko‘nikmalarini shakllantirishda kompleks yondashuvni talab qiladigan yagona ta’lim yo‘nalishini tashkil etadi. 2-sinfda rus tilini o‘qitishning maqsadi elementar muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ta’lim mazmuni quyidagicha tizimlashtirilgan:
Обучение в букварный период (Alifbo davrida o‘qitish);
Обучение в послебукварный период (Alifbodan keyingi davrda o‘qitish).
3,4-sinflarda esa o‘quvchilarning lingvistik bilimlari va nutqini rivojlantirish, tilga ijobiy, hissiy jihatdan yaxlit munosabatda bo‘lishni tarbiyalash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi, o‘quvchilar nutqni rivojlantirish va lug‘atni boyitish bilan chambarchas bog‘liq holda rus tili grammatikasi elementlarini amaliy o‘zlashtirishadi. Tilni o‘rganish kommunikativ-faollik asosida qurilib, har bir darsning mazmuni quyidagi faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi:
- слушание, или аудирование (eshitish yoki tinglash) – tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- чтение (o‘qish) - matnni o‘qish va tahlil qilish;
- говорение (gapirish) - dialogik va monologik nutqni rivojlantirish;
- писмо (yozuv) - grammatik elementlar va imlo qoidalarini o‘zlashtirish.
Nazariy ma’lumotlar tahlili boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish modelini ishlab chiqishni taqozo qildi.
Dissertatsiyaning «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirishning amaliy ahamiyati (metodikasi)» deb nomlangan ikkinchi bobida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish shakl, metod, vositalari ilmiy asoslangan. Ushbu bobda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tilidan o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish yo‘llari hamda bo‘lajak yuqori sinf o‘quvchilarida rus tili fani bo‘yicha mustaqil ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan.
Dissertatsiyaning ushbu bobida xorijiy tillar, ayniqsa, rus tilini o‘qitish metodikasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tuzilishi, mazmuni va shakli turlicha bo‘lgan darslar ishlab chiqilgan bo‘lsada, ushbu xilma-xillikka qaramay, har bir dars tashkiliy, mantiqiy va psixologik munosabatlarda to‘liqlikni aks ettirishi, darsning har qanday turini tanlashda dars maqsadlarining o‘qitish usullari va ularni amalga oshirish shakllari bilan moslashuvchanligiga ahamiyat berish lozimligi ta’kidlanadi. Boshlang‘ich sinflarda rus tilini o‘qitishning uslubiy tizimi tarkibiy qismi o‘quv maqsadlari, ta’lim mazmuni, rus tilini o‘qitish tamoyillari va metodlari, o‘qitish vositalari, ta’limning tashkiliy shakllaridan iborat ekanligi bayon etiladi va ularning har biriga izoh beriladi. Natijani aniqlaydigan omil hamda o‘qituvchi va o‘quvchini bog‘laydigan vosita sifatida ta’limning asosiy maqsadi rus tilini muloqotning eng muhim sohalarida: kundalik, o‘quv, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy sohalarda foydalanish uchun amaliy o‘zlashtirishni qamrab oladi.
Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda dars maqsadini to‘g‘ri tanlash uchun yangicha “SMART – to‘g‘ri maqsadlar” yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun quyidagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish samara beradi: tanqidiy fikrlash texnologiyasi, o‘yin texnologiyasi, muammoli ta’lim texnologiyasi, tabaqalashtirilgan ta’lim, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, muvaffaqiyat holatini yaratish texnologiyasi, loyiha o‘qitish usuli, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqalar . Ushbu texnologiyalar yoki ularning elementlari ta’lim shakllari va vositalaridan to‘g‘ri foydalanishga, o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirishga imkon beradi.
Kompyuter vositalaridan foydalangan holda rus tilini o‘qitish amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatdiki, hozirgi kunga qadar AKT yordamini amalga oshirish usullari va ularni tanlash o‘qituvchining ijodiy intuitivligi bilan belgilanadi va ularning xilma-xilligiga intilish ham pedagogning mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich tа’limning o‘quv jаrаyonidа kompyuter texnologiyasidаn foydаlаnish, аsosаn uch xil usuldа аmаlgа oshirilаdi, mutаxаssislаr tomonidаn ishlаb chiqilgаn innovаtsion, interаktiv dаsturiy vositаlаrdаn vа o‘qituvchi o‘zi tаyyorlаgаn elektron didаktik ko‘rgаzmа(slаyd, tаqdimot, elektron uslubiy qo‘llаnmаlаr, elektron ko‘rgаzmаli rаsmlаr)lаrdаn, internet sаytlаrdаn vа mаsofаli tа’lim vositаlаridаn foydаlаnilаdi.
Ilmiy ishda rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan dasturiy vositalar, internet resurslari, mobil ilovalar, o‘rgatuvchi dasturlar, onlayn platformalar va ulardan qaysi mavzularda foydalanish mumkinligi to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar keltirilgan.
Bugungi kundа boshlang‘ich sinf o‘quvchilаri uchun mo‘ljаllаngаn rus tilidаgi аnimаtsion videoroliklаrgа tаlаb yuqori ekаnligi tаdqiqot dаvomidа pedagoglаrdаn olingаn аnketаlаr, o‘rgаnish nаtijаsidа аniqlаndi. Nаtijаdа tаdqiqotchi tomonidаn boshlang‘ich tа’limning rus tili fani dars mаshg‘ulotlаri innovаtsion dаsturiy vositаlаr orqаli tаshkil etildi.Ushbu dasturiy ishlanmada mavzuga oid videoroliklar, lug‘at ishi, o‘yin va topshiriqlar, audiomashqlar, grammatik qoidalar, test savollari bo‘limlari o‘rin olgan.
Dars jarayonida o‘yin texnologiyalarini joriy etish nafaqat o‘quvchilarni rag‘batlantirish muammosini hal qiladi, balki lug‘at va grammatika bo‘yicha bilimlarni faollashtirish va mustahkamlash uchun samarali vositadir. AKTdan foydalangan holda o‘yin shaklida tashkil etilgan darsning noan’anaviy shakllari tilni o‘rganishning motivatsion tomonini kuchaytiradi. O‘yin yordamida leksik va grammatik materiallar yaxshi o‘zlashtiriladi. Darslikda o‘z aksini topgan ko‘plab mashqlar qiziqarli topshiriq shaklida interaktiv dasturga kiritilgan.
Bundan tashqari, o‘quv jarayonining sifatini boshqarish uchun zarur bo‘lgan, o‘qitishda fikr-mulohazalarni o‘rnatishga qaratilgan va o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning rejalashtirilgan natijalariga erishish darajasini tizimli va bosqichma-bosqich aniqlash, ya’ni, bilimlarni nazorat qilish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qitish sifatini oshirish uchun o‘qituvchi mavjud diagnostika shakllari va usullarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, nazoratning maqsadlari va funksiyalarini aniq belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Hozirgi vaqtda rus tilini o‘qitish amaliyotida o‘quvchilar bilimining sifatini nazorat qilishning turli usullari qo‘llaniladi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv va kognitiv faoliyati samaradorligini aniqlash usullariga quyidagilar kiradi: og‘zaki, yozma, grafik, amaliy, aralash, avtomatik, ya’ni, kompyuterdan foydalanish, shaxsiy so‘rovnoma va boshqalar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini sinovdan o‘tkazishda foydali shakllardan biri diktant bo‘lib, ularning barcha turlari, sinflar bo‘yicha mezonlar va namunalar aks ettirilgan uslubiy ko‘rsatma ishlab chiqildi.
O‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishning yana bir samarali shakli test sinovi hisoblanadi. Test sinovi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari dastur talablariga qanchalik mos kelishini va ular olgan bilimlaridan qanday foydalanishni bilishini aniqlashga imkon beradi. Savollarning mazmuni o‘rganilgan mavzularga mos kelishi kerak. Testlar topshiriqni idrok etish va uni to‘g‘ri bajarish uchun nutq va imlo ko‘nikmalarini shakllantirish darajasini aniqlash uchun tuziladi.
Dissertatsiyada nazorat uchun test topshiriqlari shakllari, mazmuni va ularga xos namunalar keltirilgan. Ta’lim sifat samaradorligini oshirish uchun AKTdan nazorat qilish va tekshirish tizimida foydalanish tavsiya etiladi (sinov orqali baholash, nazorat dasturlari).
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayonida olingan bilimlarni sinovdan o‘tkazishda “Kahoot!” platformasi, “Plickers” dasturlari “Mentimeter”, “Zoom”, “iSpring QuizMaker” kabi mobil ilovalardan foydalanish yuqori natija beradi. AKT zamonaviy o‘qituvchi, jumladan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan bir paytda dasturiy ishlanmada “Контролная работа” (“Nazorat ishi”) bandi kiritildi va bu bo‘limda sinflar kesimida nazorat ishi namunalari noodatiy tarzda namoyon etildi. Chunki 2-4-sinf o‘quvchilari vizual-majoziy fikrlashga ega, shuning uchun o‘z ta’limini iloji boricha yuqori sifatli tasviriy materiallardan foydalanib, nafaqat ko‘rishni, balki eshitish, his-tuyg‘ularni va tasavvurni ham jalb qilish juda muhimdir.
O‘quvchini passiv bilim iste’molchisidan muammoni shakllantirish, uni yechish yo‘llarini tahlil qilish, optimal natijani topish va uning to‘g‘riligini isbotlay oladigan faol bilim yaratuvchisiga aylantirish uchun mustaqil ta’limni joriy etish hozirgi davr maktab ta’limining asosiy vazifasi hisoblanadi.
O‘quvchilarning mustaqil ishlari rus tili darslari bilan chambarchas bog‘liq holda olib boriladi va o‘qitishning umumiy didaktik tamoyillariga asoslanadi: ilmiylik, onglilik, faollik, tizimlilik, izchillik, mavjudlik, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlik, bilimlarning mustahkamligi, aniqligi, o‘quvchilarga individual yondashish, shuningdek maktabda rus tilini o‘qitishning asosiy prinsipi-kommunikativlik prinsipi asosidagi ta’lim. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars davomidagi o‘quv faoliyatining tabiiy davomi bo‘lib, rus tili darslari bilan bir xil yakuniy maqsadlarni ko‘zlagan holda tashkil etiladi. Rus tilida nutq aloqasini o‘rgatish, o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, rus tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, jumlalarni to‘g‘ri tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish, rus tilining grammatik tuzilishi to‘g‘risida bilimlarni yetkazish, imlo va tinish belgilari qoidalariga amal qilish maqsadini ko‘zda tutadigan mustaqil ishning o‘ziga xos xususiyatlari, prinsiplari, mazmuni, tashkil etish shakllari va usullari tahlil qilindi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda o‘qitish va o‘qitishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari o‘quv jarayoniga tobora ko‘proq kirib borayotgan bir paytda o‘quvchiga ma’lum bir fanni mustaqil o‘rganish, olingan bilimlarini mustahkamlash va shu bilan birga materialni o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish imkonini beradigan elektron shakldagi manbalar (Internet tizimi, kompyuter dasturlari va elektron tashuvchilardagi ma’lumotlar) bilan ishlash muhim o‘rin egallaydi. Respublikamiz maktablari uchun Rossiya Federatsiyasi A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti tomonidan ishlab chiqilgan «Русский язык для наших детей» deb nomlangan loyiha ham kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda ta’lim mazmuni va rus tilini uslubiy jihatdan o‘rganishga yordam beradigan materiallar o‘rin olgan.
Rus tilidagi o‘quv faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘quv mazmuni va uslubiy materiallardan iborat ushbu elektron resurs to‘rtta katta bo‘limni o‘z ichiga oladi: “Игровая площадка”, “Школный двор”, “Читалный зал”, “Методический кабинет”. Bu esa kichik yoshli maktab o‘quvchisining rus tilida ranglar, hayvonlar, meva va sabzavotlar, transport vositalari, kasblar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga, ularning tinglab tushunish qobiliyatlarini rivojlantirishga, predmetlarni funksional maqsadlariga muvofiq tanlashga, she’riyat, qofiya haqida tushunchalarga ega bo‘lishga, so‘zning bo‘g‘inli tuzilishini o‘zlashtirishga, diqqat va xotirani rivojlantirishga, grammatik ko‘nikmalarni takomillashtirish (predloglardan to‘g‘ri foydalanish), rus tilida keng tarqalgan iboralar bilan tanishishga, o‘qish mahoratini oshirish, ertaklarni tinglab, ulardan ijobiy xulosalar chiqarishga ko‘mak beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars jarayonida o‘zlashtirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini kengaytirishga xizmat qiladigan, mustaqil ishni tashkil etish shakllaridan biri sifatida multimedia va dasturiy vositalar yordamida takomillashtirilgan interaktiv mustaqil ish topshiriqlari jamlanmasi yaratildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda ushbu dasturiy ishlanma, metodik ko‘rsatmalar hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam berishi izohlandi.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” deb nomlangan bo‘lib, ushbu bobda pedagogik tajriba-sinov ishlari jarayonlari bayon etilgan hamda ko‘rsatkichlar tahlil qilingan.
Tajriba – sinov ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – bo‘lajak dasturchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash imkonini beruvchi pedagogik shart-sharoitlar va vositalardan samarali foydalanish darajasini aniqlashdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Rus tili” fanini o‘qitishda ta’lim samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlari Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 4-sonli va 15-sonli IDUMlarda, Xorazm viloyati Urganch shahridagi 18-sonli, Qo‘shko‘pir tumanidagi 22-sonli, Shovot tumanidagi 42-sonli, Surxondaryo viloyati Termiz shahrining 9-sonli va 26-sonli umumta’lim maktablarida jami 669 nafar o‘quvchilari (respondentlar) ishtirokida amalga oshirildi.Tajriba-sinov boshlanishida bilim darajalarining yaqinligi mezoni asosida umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan guruhlaridan tanlanma usul bilan tajriba-sinov uchun tajriba guruhlarida 334 nafar, nazorat guruhlarida 335 nafar qatnashchining natijalari tahlil qilindi.
Rus tili fanini o‘qitishda o‘quv jarayoniga moslashuvchi dasturiy ta’minotdan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi. Shakllantirilgan guruhlarda tajriba-sinov o‘quv mashg‘ulotlarini samaradorligi uchun olingan test va topshiriqlar natijalari orqali aniqlandi va o‘quvchilar bilim darajasining yakuniy tahlil natijalari Karl Pirsonning mezoniga muvofiq tajriba va nazorat guruhlari o‘quvchilarining birinchi bosqich yakuniy ko‘rsatkichlari bilan ikkinchi, uchinchi va yakuniy bosqich ko‘rsatkichlari o‘zaro qiyosiy tahlil qilindi.
Boshlang‘ich sinflarda rus tili fanini o‘rganishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali ijodiy ta’lim jarayonini loyihalashtirishning innovatsion metodik ta’minotini takomillashtirish, o‘quvchilarda ijodiy yondashishning samaradorligini tashxislash mezonlari aniqlandi.
Olingan emperik qiymat kritik qiymatdan katta, ya’ni Demak, tavsiya etilayotgan metodika samarali ekanligi, bu esa gipotezani qabul qilish mumkinligini ko‘rsatadi. Ya’ni, tajriba va nazorat guruhlarida tajriba-sinov o‘tkazildan keyin o‘quvchilarning bilim darajalarida katta o‘zgarish sezildi. Barcha mintaqa bo‘yicha jami natijalardan bizga, tajriba guruhidagi ko‘rsatkichlar nazorat guruhidagiga nisbatan yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi keltirilgan diagrammadan ko‘rinib turibdiki, o‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik ko‘rsatkichlari “Tajriba” guruhida 39%+5%=44% dan 55%+16%=71% ga, “Nazorat “ guruhida esa 39%+5%=44% dan 37%+8%=45% ga oshdi. Tadqiqot jarayonida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining holati shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonlarini raqamlashtirish o‘quvchilarning bilim darajalarini oshiribgina qolmay, dars jarayonlarining sifatini ham kafolatlaydi.
XULOSA
Pedagogik tajribalar davomida qo‘lga kiritilgan natijalar, to‘plangan ilmiy-uslubiy ma’lumotlar hamda ulkan tajribalar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish bo‘yicha kerakli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, yakuniy xulosalarga kelindi:
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida dars jarayonini tashkil etish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasini, ijobiy sifatlarini rivojlantirishiga doir darslik, o‘quv qo‘llanmalar, dissertatsiyalar tahlil qilindi va zaruriy xulosalarga kelindi. Ushbu manbalarda umumta’lim maktablarida rus tili darslarini tashkil etishning mazmuni, vositalari va o‘ziga xos xususiyatlariga doir nazariy materiallar bayon etilganligi aniqlandi. Ayniqsa, xorijiy tillarni o‘qitishda yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari mustaqillik, tashabbuskorlik, ta’limiy dasturlar va multimediya texnologiyalaridan oqilona foydalana olish sifatlarining rivojlanish ko‘rsatkichlari aniqlashtirilib, raqamli texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish dolzarb pedagogik muammo sifatida qaraldi.
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishning mavjud holati va o‘ziga xos xususiyatlari, YUNESKOning taʻlimda AKTdan foydalanish dasturlari, pedagogik dasturiy vositalar turlari va ularning ovozli jarayonlarni taqdim etish va ovozni tahrir qilish, o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish, tilni o‘qitishning lug‘at bilan ishlash, leksik birliklarni moslash, shu bilan birga, rus tili fanini o‘qitishda samaradorlikni oshiruvchi texnologiyalar tahlil qilinib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishga zamin yaratishi, bolalarning qobiliyatlari, ularning ta’lim darajasi va moyilligini hisobga olgan holda ta’limni individuallashtirish va tabaqalashtirishni ta’minlashdagi ahamiyati aniqlandi.
3. 2,3,4-sinf o‘quvchilariga tinglash, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarni shakllantirish uchun har bir o‘tiladigan dars yangi interfaol metodlar, zamonaviy o‘qitish usullari, AKT vositalari bilan boyitilgan bo‘lishi lozimligi, rus tilini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, rus tili darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari, zamonaviy multimedia vositalari turlari, ulardan hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida foydalanishga doir ma’lumotlar izohlandi. Boshlang‘ich sinflarda tа’lim jаrаyonini innovаtsion dаsturiy tа’lim vositаlаri orqаli tаshkil etishning tаkomillаshtirilgаn modeli shakllantirildi.
4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish shakl, metod, vositalari ochib berildi. Hozirgi vaqtda rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha turli darajadagi til bilimi bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan o‘nlab o‘quv elektron resurslari va mobil ilovalar tahlil qilindi. Mаshg‘ulot jаrаyonlаrini tаshkil etishgа mo‘ljаllаngаn interаktiv dаsturiy vositаlаr ishlаb chiqildi vа foydаlаnish yo‘riqnomаsi keltirildi hamda tа’lim sifаtining sаmаrаdorligini oshirishdа muhim didаktik omil bo‘lib xizmаt qilgаnligi, tаdqiqot ishining аmаliy tаjribа jаrаyonidа o‘z isbotini topdi.
5. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tili fanidan o‘zlashtirgan bilimini nazorat qilish usullari tahlil qilinib, ularni axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib tashkil etishning samaradorligi izohlab berildi. Kichik yoshli maktab o‘quvchilari o‘zlashtirgan bilim sifatini nazorat qilishning ta’lim beruvchi yoki tizimlashtiruvchi, rivojlantiruvchi, yo‘naltiruvchi, diagnostik, tarbiyaviy, nazorat funksiyalari va ularning mazmuni ochib berildi. Dasturiy ishlanmadan o‘rin olgan “Контрольная работа” (“Nazorat ishi”) bandi va uning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar izohlandi. 2-4-sinf o‘quvchilari vizual-majoziy fikrlashga ega bo‘lganligi sababli o‘z ta’limini iloji boricha yuqori sifatli tasviriy materiallardan foydalanib, nafaqat ko‘rishni, balki eshitish, his-tuyg‘ularni va tasavvurni ham jalb qilish juda muhim ekanligi ta’kidlandi.
6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil ta’limi ta’lim oluvchilarning lingvistik bilimlarini kengaytirishi va ularning til qobiliyatini rivojlantirishi, o‘quvchilarga kitob bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini singdirishi, rus tilidagi bilimlarni mustaqil ravishda to‘ldirishi, adabiyotlar, lug‘atlar va boshqa resurslardan foydalanishni o‘rgatishi izohlandi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rus tilida mustaqil ta’lim olishi uchun mo‘ljallangan o‘quv elektron resurslar tahlil qilindi va dars mavzulari mazmunini o‘zlashtirishga xizmat qiladigan mustaqil ta’limga oid didaktik o‘yinlarning dasturiy ta’minoti alohida tartiblandi. Mustaqil ta’limni amalga oshirishda zamonaviy resurslardan foydalanish o‘quvchilarning rus tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishi va o‘quv jarayonini qiziqarli va samarali qilishi asoslandi.
7. Pedаgogik tаjribа-sinov ishlаrini o‘tkаzishdа tаnlаngаn boshlang‘ich sinflardа rus tili fani o‘quv mаshg‘ulotlаrini innovаtsion axborot-kommunikatsion texnologiyalardаn foydаlаnib o‘tkаzildi, ulаrdаn аmаliy foydаlаnish metodikаsi bilim dаrаjаlаri bir xil bo‘lgаn tаjribа, nаzorаt guruhlаri tаnlаb olindi vа tаjribа-sinov ishlаri uch bosqichdа olib borildi.
8. Tаjribа-sinov ishlаrini tаshkil qilish vа ulаrning nаtijаsi tаhlillаrgа ko‘rа o‘quv jаrаyonidа innovаtsion axborot-kommunikatsion texnologiyalardаn foydаlаnish vа mаshg‘ulotlаr sаmаrаdorligini oshirishgа erishishdа hаmdа kompyuterli elektron tа’lim o‘quv mаshg‘ulotlаri jаrаyonidа muhim dаsturiy vositа ekаnligi аniqlаndi. Belgilаngаn mаqsаd asosida tаjribа-sinov ishlаri o‘tkаzildi vа boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tili fanidan o‘zlаshtirish ko‘rsаtkichlаri, ya’ni tаdqiqot nаtijаlаri mаtemаtik stаtistikа bo‘yichа Kаrl Pirsonnning χ^2 mezoni аsosidа tаhlil qilindi. Tаjribа nаtijаlаri ilmiy jihаtdаn аsoslаnib, tegishli xulosаlаrgа kelingаnligi sababli maktablаrdа rus tili fani o‘quv mаshg‘ulotlаrini innovаtsion metodlar, axborot-kommunikatsion texnologiyalar orqаli o‘qitish metodikаsi tаkomillаshtirilgаnligi boshlаng‘ich sinf o‘quvchilаrining o‘zlаshtirishini 12% oshirgаnligi bilаn o‘z isbotini topdi.
Tadqiqot natijalari asosida amaliyotga joriy etishga qaratilgan quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tili fani bo‘yicha tashkil etiladigan sinfdan tashqari ishlarda, fan to‘garaklarida dissertatsiya ishida keltirilgan dasturiy ta’minotlardan keng foydalanish mumkin.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish va uning umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish uchun pedagoglar uchun rus tilini o‘qitish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va mobil ilovalar yaratish, yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1000 ta multimedia dasturlarini yaratishda ilmiy ishdagi metodik ko‘rsatmalarga tayanish mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida rus tili fanini dasturiy ta’lim vositalari asosida tashkil etish tizimini, elektron dasturlashtirilgan o‘quv-metodik vositalarining qo‘llanish qamrovini kengaytirish kerak.
Innovаtsion axborot-kommunikatsion texnologiyalarni nаfаqаt rus tili fani mаshg‘ulot jаrаyonlаridа, bаlki otа-onаlаr hаmkorligidа oilаdа mustаqil bilim olish uchun hаm qo‘llаsh sаmаrаli nаtijаlаr qаyd etаdi deb hisoblаymiz.
|
| |