|
p.f.d. (DSc), professor v.v.b. U.A.O‘rinov
|
bet | 16/18 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #230052 |
Bog'liq Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024p.f.d. (DSc), professor v.v.b. U.A.O‘rinov: Ilmiy tadqiqot mavzusi juda dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida xorijiy tillarni o‘qitishda alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun muhokama qilinayotgan tadqiqot o‘zining aniq maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti va ilmiy yangiligiga ega. Keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistika metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi. Shuni nazarga tutgan holda, men ishni keyingi bosqichga tavsiya etaman.
p.f.f.d. (PhD), dotsent v.v.b. M.Q.To‘raqulova: Tadqiqotchimizning ilmiy ishlari boshlang‘ich sinflarda rus tilini o‘qitishning juda ko‘p jihatlarini qamrab olgan. Dissertant mavzu doirasiga chuqur kirib borgan. Dissertant tadqiqot oldiga qo‘ygan barcha vazifalarning yechimini topgan. Ishning metodika qismidan foydalanib, “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni SMART texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratishni sizga tavsiya beraman. Bu rus tili o‘qituvchilari faoliyati uchun kerakli manba sifatida xizmat qiladi, deb o‘ylayman. Keyingi bosqichlarda sizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman va fikrlaringizni salgina ixchamlashtirib, reglamentga ham rioya qilishingizni so‘rab qolaman.
Rais: Dissertatsiya bo‘yicha yana so‘zga chiquvchilar bormi? Taqrizchilar va muhokamada qatnashgan seminar a’zolarining takliflarini inobatga olgan holda tadqiqotchi G.N.Davranovaning mazkur dissertatsiyasini tugallangan va O‘zR OAKning barcha talablariga rioya qilgan holda rasmiylashtirilgan ilmiy ish deb aytish hamda ishni 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha himoya qilish uchun uni navbatdagi bosqichga tavsiya etish mumkin. Shu taklifni ovozga qo‘yaman. Taklif ilmiy seminar a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. U holda muhokama etilayotgan ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan yig‘ilish xulosasini shakllantirishimiz zarur.
Tadqiqotchi Davranova Gulbahor Numondjonovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy seminar
|
| |