|
«tasdiqlayman» Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
|
bet | 13/18 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #230052 |
Bog'liq Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024Bu sahifa navigatsiya:
- Rais
2-javob: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish modelini ishlab chiqishda ko‘pchilik olimlarning ilmiy ishlarini tahlil qilgan holda, jumladan, rus olimlaridan Trofimova, Anisimovalar, respublikamiz olimlaridan Atajanova, Saidovalarning ilmiy ishlariga tayandik.
Rais: Yana savollar bormi? Agar boshqa savollar bo‘lmasa so‘z taqrizchilarga beriladi, marhamat!
Ichki taqrizchi p.f.f.d., dotsent Z.D. Hasanova:
Jahonda kompyuter texnologiyalaridan, innovatsion dasturiy vositalardan foydalangan holda yuqori sifatli bilim berish va intellektual salohiyatli, ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash maqsadida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan, dasturiy vositalardan foydalanish muammosi dolzarb hisoblanadi. Xususan, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Finlandiya, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya kabi nufuzli davlatlarning ilmiy tadqiqot markazlarida raqamli texnologiyalar asosida ta’lim sifatini takomillashtirishga oid keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilib, salmoqli amaliy natijalarga erishib kelinmoqda. Chunonchi, bugungi kunda ta’lim tizimida ta’lim texnologiyalari takomillashtirilib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida va jahon andazasiga mos keladigan raqamli texnologiyalardan foydalanish tajribasini ommalashtirish soha olimlari oldida turgan vazifalardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda ham bugungi globallashuv jarayonida uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich ta’limni yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va innovatsion ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish orqali o‘quvchilarni har tomonlama intellektual salohiyatini oshirish, aqlan va ma’nan rivojlantirish nazarda tutilgan. Yangi Oʻzbekistonda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri – maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish hisoblanadi. Demak, maʼnaviy taraqqiyot ildizlarimizni chuqur oʻrganish, xususan, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy maʼnaviy merosimizni tadqiq qilish har doimgidan zaruriy vazifa boʻlib qolmoqda. Shunday ekan, tadqiqotchilar oldida ilmiy muammolarni har tomonlama tadqiq qilish, zamonaviy pedagogik faoliyatni tashkil etishda tub ildizlardan ozuqa olish, boy tajribalarni amalda tadbiq etish va xalqaro miqyosda targʻib qilish hamda milliy pedagogik tamoyillarimizni ishlab chiqishdek dolzarb vazifalar turibdi.
Tаhlillаr shuni ko‘rsаtadiki, tа’limdа аxborot texnologiyalаridаn foydаlаnish muаmmosi bo‘yichа ko‘plаb ilmiy-tаdqiqot ishlаri olib borilgаn bo‘lsаdа, boshlang‘ich sinflarda o‘quv fаoliyatini axborot-kommunikatsion texnologiyalari orqаli tаshkil etishning аniq metodik yondаshuvi, xorijiy tilni o‘zlashtirishga motivatsion muhitni yaratish hamda hozirgi axborot asrida darslarni axborot-kommunikatsion texnologiyalar, multimedia vositalaridan foydalangan holda takomillashtirib o‘tish, rus tili fanining multimediya vositalari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlovchi dars mashg‘ulotlarini tashkil etishning metodik jihаtlаri mаxsus tаdqiq etilmаgаnligi ilmiy izlаnishlаr olib borishni tаqozo etadi. Respublikamizda boshlang‘ich sinflarda rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirishga oid tavsiyalar yetarli emasligidan kelib chiqib, mazkur dissertatsiya ishi dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish yo‘llarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, uning vazifalari asosida ilmiy yangiligi ishlab chiqilgan:
Boshlаng‘ich sinf o‘quvchilаrida rus tilini o‘qitish samaradorligini oshiruvchi axborot-kommunikatsion texnologiyalar (smart texnologiyalar, taqdimot va multimediya texnologiyalari)dan foydalanib takomillashtirishning mаvjud o‘quv-metodik tа’minoti (darslik, metodik qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatma tariqasida materiallar, to‘plam va lug‘atlar) tizimli tаhlil qilish аsosidа аniqlаshtirilgаn;
Boshlang‘ich sinflarda rus tili fanini o‘qitish jаrаyonini innovаtsion dаsturiy tа’lim vositаlаri (pedagogik dasturiy vositalar, elektron darsliklar, o‘quv interaktiv mashq-qildirgichlar, web-sahifalar, platformalar) orqаli tаshkil etishning tаkomillаshtirilgаn modeli, uning mаqsаdi, tаshkiliy-texnologik komponentlаri, vizual-tasvirli, reproduktiv, dialog, illyustrativ, produktiv, zinama-zina, kreativ-axborotli yondаshuvlаr аsosidа mаzmunаn tаkomillаshtirilgаn;
2,3,4-sinf o‘quvchilarida rus tili fanining guruhiy mаshg‘ulot turlаrini mаzmunаn shаkllаntirish vа rivojlаntirish xususiyatlаri аniqlаshtirilib, o‘quv jаrаyonlаrini virtuаl reаllik muhitidа (3D videolаr, аudio, vizuаl, illyustrаtiv, interаktiv xususiyatli plаtformаlаr) axborot-kommunikatsion texnologiyalar orqаli tаshkil etishning dаsturiy-metodik tа’minoti ishlаb chiqilgаn;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilаrining rus tilini o‘rganish bo‘yicha nutq faoliyati turlari: cлушание, или аудирование (eshitish yoki tinglash); говорение (gapirish); чтение (o‘qish); письмо (yozuv)ni innovаtsion dаsturiy vositаlаr orqаli tizimlilik vа sаmаrаdorlik mezoni аsosidа shаkllаntirish vа takomillashtirishgа oid metodik tаvsiyalаr ishlаb chiqilgаn vа аmаliyotgа tаdbiq etilgаn.
Tadqiqot natijalari asosida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
“Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darslik;
“Qiyosiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya ishi 3 bob, 8 paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, dissertatsiyaning asosiy hajmi 140 betni tashkil qiladi.
Dissertatsiyaning kirish qismida o‘tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi, zarurati, maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti tavsiflangan va Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan.
Dissertatsiya ishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, tadqiqot ishining amaliyotda joriy etilishi bayon etilgan.
Dissertatsiya ishining «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari» deb nomlangan birinchi bobida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish pedagogik muammo sifatida tavsiflanib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishning mavjud holati va o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish modeli shakllantirilgan.
Dissertatsiyaning «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirishning amaliy ahamiyati (metodikasi)» deb nomlangan ikkinchi bobida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish shakl, metod, vositalari ilmiy asoslangan. Ushbu bobda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tilidan o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish yo‘llari hamda bo‘lajak yuqori sinf o‘quvchilarida rus tili fani bo‘yicha mustaqil ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” deb nomlangan bo‘lib, ushbu bobda pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi hamda tajriba-sinov ishlarining natijalari va samaradorlik darajasi ishlab chiqilgan.
Ishning yutuqlari bilan bir qatorda quyidagi mulohazali o‘rinlar va kamchiliklar ham ishda ko‘zga tashlanadi.
Dissertatsiyada ilmiy adabiyotlar tahliliga alohida e’tibor qaratilib, ulardan foydalanilganda iqtiboslar aniq qo‘yilishi kerak. Havolalarni berishda, adabiyotlarni rasmiylashtirishda har xilliklar kuzatiladi.
2,3,4-sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish maqsadida yaratilgan dasturiy ishlanma, sinflar kesimidagi farqli jihatlar haqida ilmiy ishda aniqroq ma’lumotlar kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Dissertatsiya va avtoreferat hajmi belgilangan talablardan ko‘p bo‘lganligi bois qisqartirish lozim.
I bobning 1-faslida ish mavzusiga yaqin bo‘lgan dissertatsiya va avtoreferatlar tahlil qilingan bo‘lsada, bu ishdan farqli jihatlari izohlansa, yanada mukammalroq bo‘lar edi.
Dissertatsiya ishning ayrim sahifalarida ko‘zga tashlangan imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolarni himoyagacha, albatta, tuzatish lozim.
Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklar, tavsiya sifatida bildirilgan ayrim fikrlar tadqiqotning ilmiy-amaliy qiymatiga salbiy ta’sir qilmaydi.
Tayanch doktorant Davranova Gulbahor Numondjonovnaning 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan qo‘yilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan. Tayanch doktorant Davranova Gulbahor Numondjonovnaning ilmiy ishini himoya qilish uchun keyingi bosqichga tavsiya etaman.
|
| |