|
Savol: p.f.n. dotsent X.X. Saidova
|
bet | 11/18 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #230052 |
Bog'liq Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024Savol: p.f.n. dotsent X.X. Saidova:
1. Tajriba-sinov ishlarini qaysi metodlar asosida olib borgansiz?
Tadqiqotchi G.N.Davranova:
1-javob: Tajriba-sinov ishi davomida quyidagi keltirilgan metodlar qo‘llanildi:
1. Nazariy, ilmiy va o‘quv-metodik adabiyotlarni to‘liq o‘rganish, uni tahlil qilish, sintez, modellashtirish, umumlashtirish va natijalarni taqqoslash;
2. Empirik, bugungi kundagi barcha mavjud me’yoriy hujjatlarni tahlil etish, pedagogik o‘quv jarayonni kuzatish, suhbat va anketa so‘rovlarini o‘tkazish, o‘tkazilgan tajribani umumlashtirish, ma’lumotlarni matematik statistik usullar yordamida qayta ishlash, faoliyat natijalarini tahlil qilish.
Jumladan test metodi asosida tajriba boshida, o‘rtasida va oxirida o‘quvchilar natijalarini olishda foydalandik hamda qiyosiy tahlil asosida har bir muassasalardan olingan natijalar hisoblab chiqildi.
Savol: p.f.f.d. (PhD), dotsent v.v.b. M.Q.To‘raqulova:
1. Dasturiy ishlanmadan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil foydalana oladimi?
2. Avtoreferatning 11-sahifasida keltirilgan tadqiqot natijalarining aprobatsiyasida OAK tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlar Respublika va xorijiy maqolalarga ajratilib ko‘rsatilishi kerak. Shu bo‘yicha izoh bersangiz.
Tadqiqotchi G.N.Davranova:
1-javob: Biz taklif etayotgan dasturiy ishlanmadan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari dars jarayonida o‘qituvchi rahbarligida foydalana oladi. Bundan tashqari shunga o‘xshash innovаtsion axborot-kommunikatsion texnologiyalarni, interaktiv mashq qildirgichlarni nаfаqаt rus tili fani mаshg‘ulot jаrаyonlаridа, bаlki otа-onаlаr hаmkorligidа oilаdа mustаqil bilim olish uchun hаm qo‘llаsh sаmаrаli nаtijаlаr qаyd etаdi deb hisoblаymiz. Chunki hozirgi zamon bolalari kompyuter o‘yinlariga juda ham qiziqishadi. Ta’limiy o‘yinlardan foydalanish bo‘yicha ham ularda yetarlicha ko‘nikma shakllangan bo‘ladi.
2-javob: Dissertatsiyaning asosiy mazmuni 6ta xalqaro va 7 ta respublika ilmiy-nazariy hamda amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 23 ta ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta dasturiy ta’minot, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 11 ta maqola, shundan 6 tasi xorijiy jurnallarda 5 tasi respublika jurnallarida nashr etilgan.
Savol: p.f.f.d. (PhD), dotsent S.Dj.Muxammedjanova (ZOOM orqali):
2, 3 va 4-sinf o‘quvchilarining rus tilida 4 ta ko‘nikmani rivojlantirish uchun qanday innovatsion metodlardan foydalanilgan. Misollar keltiring.
Tajriba maydonchalarida o‘quvchilarini 2 guruhga bo‘lishda, ya’ni nazorat va eksperiment guruhlariga qay tarzda bo‘lingan hamda dissertatsiya ishining samaradorlik natijasi nechi foiz?
Tadqiqotchi G.N.Davranova:
1-javob: 2, 3 va 4-sinf o‘quvchilarining rus tilida 4 ta ko‘nikmani rivojlantirish uchun dasturiy ta’minotda keltirilgan interaktiv topshiriqlarning har biri bir xil metod sifatida foydalanilgan.
|
| |