• Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati




    Download 0,49 Mb.
    bet7/18
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #230052
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Bog'liq
    Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024

    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati taklif etilgan model, ishlab chiqilgan o‘quv-metodik ta’lim vositalari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonlarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish, ta’lim-tarbiya va faoliyat jarayonini takomillashtirish, ta’limni rivojlantirishda qo‘llanishi bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, ulardan boshlang‘ich ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha rus tiliga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulot jarayonlarini axborot-kommunikatsion texnologiyalari orqali tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar, mashg‘ulot ishlanmalari, mashg‘ulotlar rejasi, o‘quv qo‘llanmalar, dasturiy vositalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kelgusida yuqori sinflarda o‘qitiladigan fanlarni samarali o‘zlashtirishiga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirishga doir tadqiqot ishi natijasi asosida:
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga chet tillarni o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish va maktablarda rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasini zamonaviy innovatsion metodlar yordamida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Qiyosiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0651-raqamli guvohnomasi). Natijada, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi yutuqlar va imkoniyatlardan foydalanib, fanlarni o‘qitishda yuqori samara beruvchi metodlarni tanlash va ularni maktab ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llash imkonini bergan;
    umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanlarni axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida o‘qitilishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ta’limni axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, multimedianing asosiy tushunchalari, audio va video axborotlar bilan ishlash, murakkab taqdimotlar, dasturiy ishlanmalar yaratishga oid nazariy umumlashmalar va ilmiy yangiliklar asosida “Ta’limda axborot texnologiyalari” darsligi ishlab chiqilgan va ta’lim tizimiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i, 166-165-raqamli guvohnomasi). Natijada, fanlarni o‘qitish bo‘yicha raqamli ta’lim ilovalarini yaratish, hamda o‘quv jarayoniga tadbiq etish samaradorligini oshirishga xizmat qildi;.
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslarini takomillashtirish, dars davomida AKTdan foydalanishning ahamiyati, multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratishning afzalliklari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining dasturida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-fevraldagi 01-02-40-son ma’lumotnoma). Natijada, ta’lim oluvchilarning innovatsion pedagogik texnologiyalarga qiziqishini oshirish imkoni yaratildi.

    Download 0,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 0,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati

    Download 0,49 Mb.