• Tadqiqotning maqsadi
  • Tadqiqotning obyekti
  • Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi




    Download 0,49 Mb.
    bet4/18
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #230052
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024

    Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi.
    Mаzkur tаdqiqot Buxoro muhandislik-texnologiya institutining (2022-2025-yy.) xalqaro jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan Akademik innovatsiyalar fondining AIF 2/20-“Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish” mavzusidagi xalqaro loyihasi doirasida bаjаrilgаn.
    Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish yo‘llarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
    Tadqiqot vazifalari:
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish pedagogik muammo ekanligini asoslash va pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash;
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning mavjud holatini tahlil qilish va o‘quvchilarning rus tilidagi faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarga asoslangan muammolarni yechishga qaratilgan o‘zlashtirish darajasini aniqlovchi metodologiyalarga tayangan holda o‘quv jarayonining modelini takomillashtirish;
    2-,3-,4-sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning mazmuni, shakl, metod va vositalarini takomillashtirish yo‘llarini aniqlash;
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq faoliyati turlari (tinglash, gapirish, o‘qish va yozuv)ni innovatsion dasturiy vositalar orqali shakllantirish va rivojlantirish metodikasini takomillashtirish hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
    Tadqiqotning obyekti sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish jarayoni belgilangan bo‘lib, unda Buxoro, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari umumta’lim maktablarining 2,3,4-sinflaridan 669 nafar o‘quvchilar respondent sifatida jalb qilindi.

    Download 0,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi

    Download 0,49 Mb.