|
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi
|
bet | 3/18 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #230052 |
Bog'liq Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” nomli ustuvor yo‘nalishga muvofiq amalga oshirilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamizda M.J.Saidova, G.Y.Atajanova, Sh.Sh.Alimova, U.SH.Begimqulov, I.A.Eshmamatov, A.B.Raxmonov, H.G.Ochildieva, N.Igamberdiyeva, R.B.Tursunov, U.U.Umarova, D.T.Ergasheva, F.Gabdulxakov singari olimlar ta’limni axborotlashtirish muammolari, yangi axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga ta’siri, zamonaviy ta’lim paradigmasi sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalarini tadqiq qilishgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan V.V.Trofimova, S.I.Selivanov, S.V.Titova, Guan Syuy, A.K.Garayeva, I.X.Abasheva, M.I.Shurpayeva, Z.Z.Madiyeva, N.M.Eldarova, B.M.Gasparov, N.A.Kupina lar ta’limda dasturiy vositalar, multimedia texnologiyasidan foydalanish, xorijiy tilni o‘qitish texnologiyalari bo‘yicha soha xodimlarining kasbiy malakasini oshirishga doir, rus tilidagi darslarni tasniflash, xorijiy tillarni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari bo‘yicha N.S.Anisimova, Y.V.Koxenderfer, V.V.Ugolkov, I.M.Stepanova, G.A.Kalayeva, M.A.Bovtenko, I.G.Chuksina kabi ko‘plab metodolog-filologlar tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Xorijlik olimlardan F.Zahir, S.Zulaiha, Giorgos Perperidis, Marsolais-Johnson Suzanne Florence, A.Negoescu, va S.Boştină-Bratu, Serdar Oktay, Saide Sadikoglu, Konul Memedova, Abid Haleem, Mohd Javaid, Mohd Asim Qadri, Rajiv Suman, S.Akbaba-Altun, F.Mikre, R.Halverson, R.B.Shapiro, S.Desai lar zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ta’lim samaradorligini oshirishga doir tadqiqotlar olib borgan.
Tаhlillаr shuni ko‘rsаtdiki, tа’limdа аxborot texnologiyalаridаn foydаlаnish muаmmosi bo‘yichа ko‘plаb ilmiy-tаdqiqot ishlаri olib borilgаn bo‘lsаdа, boshlang‘ich sinflarda o‘quv fаoliyatini axborot-kommunikatsion texnologiyalari orqаli tаshkil etishning аniq metodik yondаshuvi, xorijiy tilni o‘zlashtirishga motivatsion muhitni yaratish hamda hozirgi axborot asrida darslarni axborot-kommunikatsion texnologiyalar, multimedia vositalaridan foydalangan holda takomillashtirib o‘tish, rus tili fanining multimediya vositalari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlovchi dars mashg‘ulotlarini tashkil etishning metodik jihаtlаri mаxsus tаdqiq etilmаgаnligi ilmiy izlаnishlаr olib borishni tаqozo etdi.
|
| |