• Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
  • Tadqiqotning amaliy natijalari




    Download 0,49 Mb.
    bet6/18
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #230052
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024

    Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tilidagi bilimlarini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonini takomillashtiruvchi omillar aniqlanib, ular ta’lim jarayonini takomillashtirishning ijtimoiy-pedagogik zarurat ekanligi asoslangan;
    boshlang‘ich sinflar uchun rus tili fanidan mashg‘ulotlarni matnli, video va animatsiya yordamida fanni o‘qitishga yo‘naltirilgan ta’lim mazmunini takomillashtirishga xizmat qiladigan elektron dasturiy ta’minot yaratilgan;
    fanni o‘qitishda jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o‘zaro uyg‘unlik masalalarini o‘z ichiga olgan “Qiyosiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
    umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanlarni axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida o‘qitilishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ta’limni axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, multimedianing asosiy tushunchalari, audio va video axborotlar bilan ishlash, murakkab taqdimotlar, dasturiy ishlanmalar yaratishga oid nazariy umumlashmalar va ilmiy yangiliklar asosida “Ta’limda axborot texnologiyalari” darsligi ishlab chiqilgan va ta’lim tizimiga joriy etilgan;
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tilidan o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: ilgari surilgan farazning ilmiy-metodik jihatdan asoslanganligi, nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligi matematik-statistika metodlari tahlili yordamida asoslangani, ishlab chiqilgan o‘quv-metodik vositalar, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.

    Download 0,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0,49 Mb.