|
«tasdiqlayman» Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
|
bet | 10/18 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #230052 |
Bog'liq Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 20242-javob: Dissertatsiya natijalarini amaliyotga tatbiq etilganligi to‘g‘risida tajriba-sinov o‘tkazilgan har bir muassasalardan dalolatnomalar olingan.
Savol: p.f.d. (DSc), professor v.v.b. U.A. O‘rinov:
1. Siz ko‘pgina elektron platformalar haqida ma’lumot berdingiz. Siz tomoningizdan ishlab chiqilgan dasturiy ishlanma haqida ma’lumot berib, ko‘rsatib o‘tsangiz. Ushbu ishlanma uchun intellektual mulk agentligidan guvohnoma olinganmi?
2. Taklif etayotgan baholash mezonlaringiz fanni o‘qitishning qaysi jihatlari asosida ishlab chiqilgan? Tushuntirib bering!
Tadqiqotchi G.N.Davranova:
1-javob: Savolingiz uchun tashakkur! Biz yaratgan dasturiy ishlanma “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tili fanini o‘qitish uchun dasturiy ishlanma” deb nomlanib, intellektual mulk agentligi tomonidan №DGU 31070 raqamli guvohnoma olingan. Ruxsat bersangiz, ushbu dasturiy ishlanmani sizlarga namoyish etaman.
2-javob: Biz 4 ta mezon asosida o‘quvchilarning natijalarini baholashga harakat qildik: Produktiv, reproduktiv, qisman izlanuvchan va kreativ.
Reproduktiv baholash darajasida o‘quvchi rus tili grammatikasi bo‘yicha tasavvurga ega emas hamda mavzu mazmunini to‘liq tushunmaydi, kompyuterda ishlash qobiliyati kam hamda o‘z fikrini bayon eta olmaydi; og‘zaki nutqda ham xatoliklarga yo‘l qo‘yadi; mavzuga doir atama va tushunchalarni noto‘g‘ri talqin qiladi hamda mazmunini tushunmaydi.
Produktiv darajada o‘quvchi rus tili grammatikasi bo‘yicha qisman tasavvurga ega hamda mavzu mazmunini to‘liq tushunmagan; mashqlarni mustaqil bajarganda xatoliklarga yo‘l qo‘yadi; berilgan topshiriqni o‘qituvchi yordami bilan bajara oladi; nazariy ma’lumotlarni tushunadi, lekin o‘z fikrini to‘liq bayon eta olmaydi; o‘qituvchi tushuntirgan namunaga o‘xshash topshiriqlarni bajara oladi, mustaqil bajara olmaydi.
Qisman izlanuvchanda esa rus tili grammatikasi bo‘yicha tasavvurga ega hamda tegishli tushuncha va atamalarni biladi; diktant yozishda xatosiz yozadi, yaxshi natijani ham oladi, lekin ijodiy matn tuzishda xatolikka yo‘l qo‘yadi; o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarishda kichik xatolikka yo‘l qo‘yib, o‘qituvchi fikridan tezgina xatolikni tuzata oladi; o‘z fikrini qisman bayon etadi.
Eng yuqori daraja kreativda esa rus tili grammatikasi bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega hamda tegishli atama va yangi so‘zlarni tezda o‘zlashtira oladi; AKT vositasida mavzuni tushunib olish ko‘nikmasi rivojlangan va multimediya vositalari yordamida berilgan topshiriqlarni bajara oladi; o‘qituvchi tomonidan belgilangan vazifani axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali mustaqil bajara oladi; mustaqil ta’limga oid topshiriqlarni bajarishda didaktik o‘yinlar, shuningdek, ularning imkoniyatlaridan foydalana oladi; nazorat ishlarini bajarishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaydi hamda ijodiy matnlar tuzishda mantiqiy fikrlay oladi; o‘qituvchi tomonidan berilgan nazariy ma’lumotlarni amalda qo‘llay oladi.
|
| |