• Savol: p.f.d. (DSc), professor v.v.b. F.R. Muradova (ZOOM orqali)
  • Savol: p.f.d. (DSc), professor, Z.Sh. To‘xtayeva
  • Tadqiqotchi G.N.Davranova: 1-javob
  • «tasdiqlayman» Buxoro muhandislik-texnologiya instituti




    Download 0,49 Mb.
    bet12/18
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #230052
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024

    2-javob: Biz bilamizki, o‘zbek va o‘zga tilli maktablarda xorijiy tillar, shu jumladan rus tili fani ham har bir sinfni 2 guruhga bo‘lib, alohida ustozlar tomonidan o‘qitiladi. Tajriba maydonchalarida nazorat va eksperiment guruhlari shu alohida guruhlarga asoslanib tashkil etildi. Dissertatsiya ishimizning samaradorlik natijasi 12% ni tashkil etdi.
    Savol: p.f.d. (DSc), professor v.v.b. F.R. Muradova (ZOOM orqali):

    1. Assalomu alaykum, siz yaratgan platformangiz bilan hozirgi kundagi mavjud platformalarning farqi nimada, siz tomoningizdan yaratilgan platformaning yangiligi nimada?

    1-javob: Savolingiz uchun tashakkur! Biz yaratgan platforma bilan hozirgi kundagi mavjud platformalarning farqi shundaki, ushbu dasturiy ishlanma boshlang‘ich sinflarda rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha 4ta faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan bo‘lib, darslikdagi barcha mashqlarni, ya’ni sinf ishlari, nazorat ishlari va mustaqil ta’limni o‘z ichiga oladi. Mazkur platformaning yangiligi shundan iboratki, unda nazorat ishlari AKT, mutimediya vositasida tashkil etilgan.
    Savol: p.f.d. (DSc), professor, Z.Sh. To‘xtayeva:

    1. Sizning tadqiqot ishingiz mavzusiga yaqin ilmiy ish olib borgan qaysi olimlarni o‘rgandingiz va sizning ishingiz bilan ularning qanday o‘xshash va farqli jihatlari bor?

    2. Modelni qaysi olimlarning ilmiy ishlariga tayanib ishlab chiqdingiz?

    Tadqiqotchi G.N.Davranova:
    1-javob: Respublikamiz olimlaridan G.Y.Atajanovaning “Milliy auditoriyalarda rus tilini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va uni takomillashtirish” nomli ilmiy ishida esa innovatsion texnologiyalar bugungi kunda ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning asosiy usullaridan biri sifatida namoyon bo‘layotganligi, bu nafaqat texnika va texnologiyaning rivojlanishi bilan, balki, birinchi navbatda, axborot jamiyati rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligi, shuningdek, milliy maktablarda rus tilini o‘qitishning tarixiy asoslari keltirilgan, nutqni rivojlantirishning to‘rt turi, o‘qitish va psixologik rivojlanishning muammolariga e’tibor qaratilgan. I.A.Eshmamatovning “Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini shakllantirish” deb nomlanuvchi dissertatsiyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu ilmiy ishning maqsadi oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. Farqli jihati shundaki, ushbu dissertatsiyaning obyekti sifatida Oliy ta’lim muassasalari talabalari tanlangan.
    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan ba’zilarini tahlil qilinadigan bo‘lsa, Trofimova V.V. o‘zining “Kichik yoshdagi o‘quvchilarning axborot texnologiyalari madaniyatini shakllantirishga metodik yondashuvlar” nomli dissertatsiyasida turli fanlar bo‘yicha axborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan kognitiv (bilish) muammolar va ijodiy vazifalarni hal qilish asosida kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining axborot texnologiyalari madaniyatini shakllantirish zarurligini nazariy asoslash, shuningdek, AKTdan foydalangan holda amaliy ishlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish maqsadini amalga oshirishda quyidagi ilmiy yangiliklarni qo‘lga kiritgan: umumta’lim maktabining quyi sinflarida AKT vositalaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari aniqlagan; kichik yoshdagi o‘quvchilarni axborot-ma’rifiy faoliyatda AKT vositalaridan foydalanish sohasida o‘qitishga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqqan; axborot texnologiyalari madaniyatini shakllantirish tamoyillarini asoslagan; kichik yoshdagi, ya’ni, 2-4-sinf o‘quvchilarining axborot-ma’rifiy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv vazifalari mazmunini tanlash tamoyillarini ishlab chiqqan.
    Shunindek, rus olimi S.I.Selivanovning “Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga chet tilini o‘rgatish jarayonini kompyuter bilan ta’minlash texnologiyasi: Ingliz tili” nomli dissertatsiyasida kichik maktab o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatish jarayoniga hamrohlik qilish uchun zarur bo‘lgan kompyuter vositalaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini yaratish, ularni qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish va eksperimental o‘qitish jarayoni samaradorligini tekshirish maqsadi ilgari surilib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga chet tilini o‘rgatish jarayonida kompyuter bilan ta’minlash vositalarini tanlash va tashkil etish tartibi ishlab chiqilgan, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish jarayonini kompyuter bilan ta’minlash tizimi yaratilgan. Bizning ishimizda rus tilini AKT yordamida o‘qitish nazarda tutilgan bo‘lsa, Selivanov esa ingliz tilini o‘rgatish jarayonini kompyuter bilan ta’minlash texnologiyasiga alohida e’tibor qaratgan.
    Xorijlik olimlardan G.Perperidisning “Chet tillarni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT): Gretsiyadagi o‘rta maktab o‘qituvchilarining munosabati va o‘qitish ehtiyojlari” (“Die Informations- und Kommunikationstechnologien (IKT) im Fremd-sprachenunterricht: Einstellungen und Fortbildungsbedarf der DAF-Lehrer innen (DL) im Sekundarbereich in Griechenland”) nomli dissertatsiyasi nemis o‘qituvchilarining AKT bilan munosabatlarini, ayniqsa ulardan foydalanish va o‘qitish ehtiyojlarini tahlil qilishga qaratilgan.
    Shuningdek, Kaliforniyalik olim Marsolais-Johnson Suzanne Florence esa o‘zining “Kompyuter texnologiyalari integratsiyasi orqali xorijiy tillarni o‘rganishni kengaytirish” (“Enhancing foreign language learning through the integration of computer technology”) deb nomlangan ilmiy tadqiqot ishida o‘qituvchilar kompyuter texnologiyalari va Internet orqali mavjud bo‘lgan resurslar bilan o‘z pedagogik mahoratini oshirganda dars mazmunining yanada boyishini, bundan tashqari, u o‘qituvchi va kompyuter o‘rtasidagi bunday munosabat o‘quvchilarni xuddi shunday ittifoqqa qanday yo‘naltirishini va o‘quvchilar faoliyatini «tasavvur qilib bo‘lmaydigan» salohiyatga olib kelishini ko‘rsatadi.

    Download 0,49 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 0,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «tasdiqlayman» Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

    Download 0,49 Mb.