Tashkent-2022 Mavzu; To’plamlarda ekvivalentlik qism to’plamlari. Ularga misollar Reja




Download 462,58 Kb.
bet2/9
Sana22.11.2023
Hajmi462,58 Kb.
#103139
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tashkent-2022 Mavzu; To’plamlarda ekvivalentlik qism to’plamlari

To‘plamlar va ularning elementlari


To‘plam tushunchasi. To‘plam tushunchasi matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, u ta’riflanmaydi va u haqida misollar yordamida tasavvur hosil qilinadi. To‘plam deganda predmetlar yoki ob’yektlarni biror xossasiga ko‘ra birgalikda qarash tushuniladi.
Masalan, barcha natural sonlar to‘plami, bir talabalar uyida yashovchi talabalar to‘plami, to‘g‘ri chiziqdagi nuqtalar to‘plami, maktabdagi o‘quvchilar to‘plami va h.k.
Hayotda to‘plamlar alohida nomlanadi: auditoriyadagi talaba- lar to‘plami – guruh, harflar to‘plami – alfavit, qushlar to‘plami – gala, qo‘ylar to‘plami – poda va h. k.

  1. ta’rif: To‘plamni tashkil etuvchi ob’yektlar – bu to‘plamning elementlari deb ataladi.

Masalan, yuqoridagi misollardagi natural sonlar, o‘quvchilar, talabalar, nuqtalar mos to‘plamlarining elementlari hisoblanadi.
To‘plamlar odatda, lotin alfavitining bosh harflari bilan, ular- ning elementlari esa alfavitning kichik harflari bilan belgilanadi. A to‘plam a, b, c, d, e, f elementlaridan tuzilganligi A={a, b, c, d, e, f} ko‘rinishda yoziladi.
To‘plam bir qancha elementlardan iborat bo‘lishi mumkin, quyidagi yozuv: aA, a elementning A to‘plamga tegishliligini bildiradi.
Agar aA bo‘lsa, u holda «a element A to‘plamga tegishli»,
«a element A to‘plamning elementi», «a element A to‘plamda mavjud» yoki «a element A to‘plamga kiradi» deb o‘qiladi. aA yoki aA yozuv esa a elementni A to‘plamga tegishli emasligini bildiradi.
Masalan, A – juft natural sonlar to‘plami bo‘lsin, u holda 2A, 5A, 628A va 729A bo‘ladi.

  1. ta’rif. To‘plamning elementlari soniga to‘plam quvvati deyiladi va n(A) kabi belgilanadi.

Masalan, A={a,b,c,d,e,f,g} to‘plamning quvvati n(A)=7ga, B={a}to‘plamning quvvati n(B) = 1 ga, C={b,d,f} to‘plamning quvvati n(C)=3 ga, D={a,g} to‘plamning quvvati n(D)=2 ga teng.

  1. ta’rif. Quvvatlari teng bo‘lgan to‘plamlar teng quvvatli to‘plamlar deyiladi. Masalan, A={a,b,c} va C={b,d,f} to‘plamlar teng quvvatli. n(A) = n(C) = 3.


Download 462,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 462,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashkent-2022 Mavzu; To’plamlarda ekvivalentlik qism to’plamlari. Ularga misollar Reja

Download 462,58 Kb.