• FOYDAMI YOKI ZARAR
  • ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/18
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,17 Mb.
    #112763
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Bog'liq
    Baxtiyorova Diyora (1)
    11 mavzu mI, 1-mavzu Mustaqil ta\'lim (1), TEST KIMYO 4, TEST KIMyo 5, 11111, Windows operatsion tizimida standart dasturlardan foydalanish, Amirqulova Mashhura 307-guruh BKP, sarvar shonazarov (1), Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma (1), Mavzu O\'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning mazm, BALIQ SKELETI, 3dedlayn, kimyo ppt vitamin, Geterosiklik birikmalar
    ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam 
    bera oladi. 
    Ya’ni, 
    bajarmoqchi 
    bo‘lgan amallaringiz 
    turiga 
    qarab 
    tegishli dasturdan foydalanasiz. 
    Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy 
    tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha 
    vazifalarning uddasidan chiqa oladi. 
    1990 yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli 
    IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan 
    tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi. 
    SIning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, 
    u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. 
    Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi 
    Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni SIning yutuqlaridan biri 
    sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda 
    ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab 
    olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining 
    keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt 
    tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi. 
    FOYDAMI YOKI ZARAR? 
    SI 
    haqidagi 
    bahs-munozaralar 
    qariyb 50 
    yildan 
    beri 
    davom 
    etib 
    kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar 
    ularning ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy 
    ishsizlik 
    ko‘rsatkichlari 
    oshib 
    ketishi 
    mumkinligidan tashvishdalar. 
    Mutaxassislarning 
    boshqa 


    13 
    bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Hatto 
    IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud. 
    Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask SIning butun boshli sivilizatsiyani 
    barbod qilishiga ishonchi komil. 
    Maskning fikricha, “SI insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. 
    SI mehnat bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar 
    hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan 
    quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni 
    ko‘rmay qolishlari mumkin”. 
    Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi. 
    “Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, 
    SI shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi. Bu borada 
    Ilon 
    Maskning 
    fikriga 
    qo‘shilaman. 
    Ammo 
    nega 
    bu savol 
    boshqalarni 
    tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts. 
    “Boshqalar” deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan 
    bo‘lsa, ajab emas. Chunki, Mark SIga nisbatan ijobiy munosabatda ekanligini bildirar 
    ekan: “Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik qilish maqsadida 
    yaratilishi mumkin. SIning keng tarqalishi ortidan keladigan ijobiy natijani esa, yaqin 
    5-10 yil ichida ko‘ramiz”, deya Ilon Maskning fikriga e’tiroz bildirgan edi. 
    Bugungi 
    kunda 
    ayrim 
    davlatlarda 
    robot-hamshiralar, 
    xaydovchisiz 
    transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish 
    yo‘lga qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus 


    14 
    robotlar bajarishyapti. 
    Olimlar 
    ularning 
    tashqi ko‘rinishini 
    imkon qadar 
    odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda. 
    Bundan 
    tashqari, 
    SI 
    jurnalistlarning doimiy 
    ko‘makchisiga aylanib 
    ulgurgan. Masalan, Associated Pressda “ishlayotgan” robotlar moliyaviy hisobotlarni 
    yozib boradi. SIning qo‘llanilishi ushbu nashrda har chorakda beriladigan 
    yangiliklarni 300 tadan 4400 taga oshirdi. 
    Swiss Re sug‘urta kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib 4,7 
    mln aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g‘aznachilar, pochta 
    xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. SI 
    ularning vazifasini bemalol bajara oladi. 

    Download 1,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam

    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish