Telekommunikatsiya texnologiyalari “fakulteti raqamli iqtisodiyot yo’nalishi




Download 484,16 Kb.
bet2/13
Sana23.05.2024
Hajmi484,16 Kb.
#251716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ehtimollik mustaqil ish baxriddinov













1.Hodisalar va ularning turlari.




1-ta’rif. Hodisa deb, ma’lum bir shartlar bajarilishi natijasida ro‘y bergan voqeaga aytiladi.
2-ta’rif. Hodisa bilan bog‘liq bo‘lib, uning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan barcha kompleks shartlarga sinash yoki tajriba deyiladi.
Masalan: 1) bir turdagi asboblarning sifatini tekshirish sinash hisoblanadi. Tekshirish natijasida kuzatilgan yaroqsiz yoki yaroqli asboblar hodisani tashkil qiladi; 2) lotoreyada yutuq chiqishini tekshirish-sinash, yutuq chiqishi yoki chiqmasligi esa, hodisa bo‘ladi; 3) tangani tashlash-sinash, yozuvli tomon yoki gerb tomoni tushishi hodisadir.
Hodisani sinash natijasi deb qaraymiz.
1-misol. Mergan to‘rtta sohaga ajratilgan nishonga qarata o‘q uzadi. O‘q uzilishi-bu sinash. Nishonning tayin sohasiga o‘q tegishi hodisa.
2-misol. Yashikda rangli sharlar bor. Yashikdan tavakkaliga bitta shar olinadi. Yashikdan shar olinishi sinash hisoblanadi. Rangli shar chiqishi esa, hodisa.
Hodisalar 3 turga bo‘linadi: 1) muqarrar (ishonchli) hodisalar; 2) mumkin bo’lmagan (ishonchsiz) hodisalar; 3) tasodifiy hodisalar.
3-ta’rif. Har bir sinashda albatta ro‘y beradigan hodisalar muqarrar hodisalar deyiladi.
Masalan: 1) bahor faslidan keyin yoz fasli kelishi; 2) yuqoriga otilgan tosh yerga qaytib tushishi; 3) normal sharoitda temperaturasi 500 bo’lgan suvning muz holatda bo’lishidan iborat hodisalar muqarrar hodisalardir.
4-ta’rif. Sinash natijasida albatta ro’y bermaydigan hodisalar mumkin bo’lmagan hodisalar deyiladi.
Masalan: 1) o’yin soqqasi tashlanganda 10 dan ortiq ochko tushishi; 2) quyosh galaktikasida harakatlanayotgan jism tezligining ga teng bo’lishi; 3) tenglamaning haqiqiy yechimga ega bo’lishidan iborat hodisalar mumkin bo’lmagan hodisalardir.
5-ta’rif. Sinash natijasida albatta ro’y beradigan hodisalar tasodifiy hodisalar deyiladi.
Masalan: 1) tanga tashlaganda gerbli tomoni tushishi; 2) o’yin soqqasi tashlanganda juft ochko tushishi; 3) yangi tu’g’ilgan chaqaloqning o’g’il bola bo’lishidan iborat hodisalar tasodifiy hodisalardir.
Odatda muqarrar hodisalar harfi bilan, mumkin bo‘lmagan hodisalar esa bilan belgilanadi.
Tajribaning har qanday natijasi elementar hodisa deb ataladi va ω bilan belgilanadi. Elementar hodisalar to‘plami Ω bilan belgilanadi.
1-misol. Tangani bir marta tashlashdan iborat tajriba natijasi ikkita elementar hodisadan: -tanganing gerbli tomoni tushishi hodisasi ( ) va -tanganing raqamli tomoni tushishi hodisasidan ( ) iborat bo‘ladi. Bu holda elementar hodisalar to‘plami bo‘ladi.
Shuningdek tangani ikki marta tashlashdan iborat tajribani qaraganimizda natija quyidagicha bo‘ladi: -elementar hodisalar bo‘lib ularning to‘plami bo‘ladi.
Elementar hodisalarga ajratish mumkin bo‘lgan hodisalar murakkab hodisalar deb ataladi.
Ehtimollar nazariyasi yetarlicha, ko‘p sondagi bir jinsli tasodifiy hodisalar bo‘ysunadigan qonuniyatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Demak, ehtimollar nazariyasining predmeti ommaviy bir jinsli tasodifiy hodisalarning ehtimoliy qonuniyatlarini o‘rganishdir.



Download 484,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 484,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya texnologiyalari “fakulteti raqamli iqtisodiyot yo’nalishi

Download 484,16 Kb.