• Ichki isituvchi kamerali va markaziy sirkulyasion trubali bug‘latkich
  • Tema Bug’latkichlar turlari va qurilmalar konstruksiyalari




    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana18.01.2024
    Hajmi0.57 Mb.
    #140668
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    5- tema.Bug\'latkich(1)
    amaliy 4, Документ Microsoft Word (2), Havoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari, Кишлок хужалиги менежменти КК 2, Tema, Zeeman, Atomnıń Tomsom modelı, 1169 8-Mavzu Ped Nazariya, portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1), Mashina detallari (R.Tojiboyev va b.), Yangi 5-sinf nazorat ishlari (3), 6-sinf Science (Yozma ish javoblari), 10-sinf SINF SOATI ish reja va dars ishlanmasi 2023-2024-yil, Tarif narx uz


    Tema-5.Bug’latkichlar turlari va qurilmalar konstruksiyalari

    Reja: 
    5.1. Erkin (tabiiy) sirkulyasiyali bug‘latish qurilmalari 


    5.2. Majburiy sirkulyasiyali bug‘latish qurilmalari 
    5.3 Yupqa qatlamli (plyonkali) bug‘latish qurilmalari 
    Bug‘latish qurilmalarini klassifikatsiyalash usullari ko‘p. Lekin, bug‘latish 
    qurilmalarini ishlash intensivligini xarakterlovchi eritma sirkulyasiyasining turi va 
    karraligi klassifikatsiyalashning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin. Kimyo va 
    oziq-ovqat sanoatlarida uch xil bug‘latish qurilmalari keng tarqalgan:qo‘h 
    1. Erkin (tabiiy) sirkulyasiyali bug‘latish qurilmalari; 
    2. Majburiy sirkulyasiyali bug‘latish qurilmalari; 
    3. Yupqa qatlamli (plyonkali) bug‘latish qurilmalari. 
    Zamonaviy bug‘latish qurilmalarining isitish yuzalari 10...1800 m
    2

    Bug‘latkichlar konstruksiyalarini tanlashda eritmalarning fizik va issiqlik xossalari, 
    kristallinishga moyilligi, yuqori temperaturalarga chidamliligi, har bir korpusdagi 
    foydali temperaturalar farqi, issiqlik almashinish qurilmasining yuzasi, texnologik 
    xususiyatlari hisobga olinishi zarur. 
    Bug‘latish qurilmalari uglerodli, legirlangan va ikki qatlamli po‘latlardan 
    tayyorlanadi. 
    Quyida, sanoatda eng keng tarqalgan, tipik bug‘latkichlar konstruksiyalari 
    keltiriladi. 
    Ichki isituvchi kamerali va markaziy sirkulyasion trubali bug‘latkich
    Vertikal qobiq 1 ning pastki qismida isitish kamerasi 2 joylashgan. O‘z navbatida 
    isitish kamerasi ikkita teshikli panjara va unga razvalsovka usulida mahkamlangan 
    qaynash trubalari 3 dan tarkib topgan. Isitish kamerasining o‘rtasiga qaynash 
    trubalariga qaraganda diametri kattaroq sirkulyasion truba 4 o‘rnatilgan bo‘ladi. 
    Isitish kamerasining trubalararo bo‘shlig‘iga issiqlik eltkich, ya’ni suv bug‘i 
    yuboriladi. 
    Eritma esa qurilmaning teshikli truba panjarasi ustiga uzatiladi va 
    sirkulyasion truba orqali pastga oqib tushadi. So‘ngra, isitish natijasida zichligi 
    kamayib, qaynash trubalari bo‘ylab tepaga ko‘tariladi va truba ichidan ma’lum bir 
    masofada qaynaydi. Hosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘ separatsion bo‘shliq 5 ga 
    ko‘tariladi va tomchi ushlagich 6 da inersion kuch ta’sirida mayda eritma 
    tomchilaridan ajratiladi. Undan keyin, ikkilamchi bug‘ qurilmadan chiqib ketadi. 
    Quyuqlashtirilgan eritma konussimon tubdagi shtutser orqali oraliq yoki 
    tayyor mahsulot sifatida chiqariladi. 
    Yuqorida qayd etilgandek qaynash va markaziy (sirkulyasion) trubada 


    eritmaning sirkulyasiyasi uning zichliklari farqi ostida ro‘y beradi. Eritma zichligi 
    farqining hosil bo‘lishiga sabab, isitish kamerasi yuzasining markaziy trubanikidan 
    ancha kattaligidir. 

    Download 0.57 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tema Bug’latkichlar turlari va qurilmalar konstruksiyalari

    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish