• 5.4-rasm. Eritma majburiy sirkulyasiya qiladigan bug‘latkichlar.
  • Majburiy  sirkulyasiyali




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana18.01.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #140668
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    5- tema.Bug\'latkich(1)
    amaliy 4, Документ Microsoft Word (2), Havoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari, Кишлок хужалиги менежменти КК 2, Tema, Zeeman, Atomnıń Tomsom modelı, 1169 8-Mavzu Ped Nazariya, portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1), Mashina detallari (R.Tojiboyev va b.), Yangi 5-sinf nazorat ishlari (3), 6-sinf Science (Yozma ish javoblari), 10-sinf SINF SOATI ish reja va dars ishlanmasi 2023-2024-yil, Tarif narx uz
    Majburiy 
    sirkulyasiyali 
    bug‘latkichlar 
    eritma 
    sirkulyasiyasining 
    intensivligi va issiqlik o‘tkazish koeffitsientini oshirish imkonini beradi. Bunday 
    qurilmalarda qovushoqligi katta bo‘lgan eritmalarni ham bug‘latish mumkin (5.4-
    rasm). Eritma sirkulyasiyasi propellerli yoki markazdan qochma tipdagi nasoslar 
    yordamida amalga oshiriladi. 


    5.4-rasm. Eritma majburiy sirkulyasiya qiladigan bug‘latkichlar. 
    a- isituvchi kamera ajratilgan bug‘latkich; b- isituvchi kamerasi 
    tashqarida o‘rnatilgan bug‘latkich;
    1 - isituvchi kamera; 2 - separator; 3 - sirkulyasion truba; 4 - nasos. 
    Boshlang‘ich eritma isituvchi kamera 1 ning pastki qismiga yuborilsa, 
    quyuqlashtirilgan eritma esa - separatorning pastki qismidan chiqariladi (5.4a-
    rasm). 
    Eritma qaynash trubalari uchidan ozgina pastroq sathda ushlab turiladi. 
    Isituvchi kamera trubalaradagi eritma tezligi 1,2...3,5 m/s bo‘ladi. Eritma 
    sirkulyasiya qiladigan sistema suyuqlik bilan to‘lib turgani uchun nasos ishi faqat 
    gidravlik qarshiliklarni engish uchun sarflanadi.Qaynash trubalarining pastki 
    qismidagi bosim, tepa qisminikidan, truba ichidagi suyuqlik ustini va qarshiliklar 
    yig‘indisiga teng miqdorda ortiq bo‘ladi. Shuning uchun, trubaning ko‘p qismida 
    eritma qaynamasdan, faqat isitiladi. Truba uchining ma’lum bir qismidagina eritma 
    qaynaydi. Nasos uzatayotgan suyuqlik miqdori bug‘latayotgan suvdan bir necha 
    barobar ortiqdir. Shuning uchun ham, suyuqlik massasining qaynash trubasidan 
    chiqayotgan bug‘ - suyuqlik aralashmadagi bug‘ massasiga nisbati juda katta. 
    Bu turdagi bug‘latkichlar isitish yuzasi 25...1200 m
    2
    , qaynash trubalarining 
    uzunligi 4...9 m, diametri 25, 38, 57 mm bo‘lishi mumkin. Isituvchi kameradagi 
    ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa. Sirkulyasion 
    truba ko‘ndalang kesimi yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0,9 dan kam 
    bo‘lmasligi kerak. 
    Majburiy sirkulyasiyali bug‘latkichlar afzalliklari: issiqlik o‘tkazish 
    koeffitsienti juda katta (erkin sirkulyasiyaligi qaraganda 3...4 marta ko‘p), shuning 


    uchun isitish yuzasi kam bo‘lsa ham bo‘ladi; kichik temperaturalar farqida 
    (3...5°C) ham samarali ishlaydi; kristallanishga moyil eritmalar bug‘latilganda, 
    issiqlik almashinish yuzalarida iflosliklar yopishib qolmaydi. 
    Bunday qurimalarning kamchiligi shundaki, nasosni ishlatish tufayli energiya 
    sarfi ko‘payadi. 
    Odatda, bug‘latkichlar qimmat legirlangan metallardan yasalganda, hamda 
    qovushoqligi yuqori va kristallanishga moyil eritmalarini bug‘latish uchun qo‘llash 
    yuqori samara beradi. 

    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish