• Osma isituvchi kamerali bug‘latgich
  • -rasm. Ichki isituvchi kamera va markaziy sirkulyasion trubali bug‘latish




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana18.01.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #140668
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    5- tema.Bug\'latkich(1)
    amaliy 4, Документ Microsoft Word (2), Havoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari, Кишлок хужалиги менежменти КК 2, Tema, Zeeman, Atomnıń Tomsom modelı, 1169 8-Mavzu Ped Nazariya, portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1), Mashina detallari (R.Tojiboyev va b.), Yangi 5-sinf nazorat ishlari (3), 6-sinf Science (Yozma ish javoblari), 10-sinf SINF SOATI ish reja va dars ishlanmasi 2023-2024-yil, Tarif narx uz
    5.1-rasm. Ichki isituvchi kamera va markaziy sirkulyasion trubali bug‘latish 
    qurilmasi.1 - qobiq; 2 - isituvchi kamera; 3 - qaynash trubalari; 4 - sirkulyasion 
    truba; 5 - separatsion bo‘shliq; 6 – tomchi ushlagich. 
    Ma’lumki, isituvchi kamera trubalarida eritmadan bug‘ ajralib chiqishi
    markaziy trubaga qaraganda ancha intensiv bo‘ladi. Demak, qaynash trubularida 
    eritmaning zichligi, markaziy trubanikidan pastroq bo‘ladi. Natijada, zichliklar 
    farqi ta’siri ostida eritma erkin sirkulyasiya qiladi va issiqlik o‘tkazish jarayoni 
    jadallashadi. Undan tashqari, eritma sirkulyasiyasi truba yuzasiga sopolsimon
    g‘ovak qatlam (nakip) o‘tirib qolishiga qarshilik ko‘rsatadi. 
    Bu turdagi qurilmalar vakuum ostida ishlaganda, qaynash temperaturasi 
    pasayadi. Demak, past bosimli issiklik eltkichlardan foydalanish mumkin. Ushbu 
    usulda yuqori temperaturalarga bardosh berolmaydigan eritmalarni bug‘latish 
    tavsiya etiladi. 
    Bug‘latish jarayonida vaqt o‘tishi bilan eritmaning fizik va issiqlik-diffuzion 
    xossalari o‘zgaradi. Bu hol issiqlik berish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi 
    mumkin. 
    Qurilmaning kamchiliklari: trubalar teshikli panjaralarga qattiq, qo‘zg‘almas 
    qilib mahkamlanganligi uchun qobiq va trubalarning temperatura ta’sirida 
    uzayishiga yo‘l qo‘ymaydi; markaziy truba isitish kamerasining ichida o‘rnatilgani 
    uchun temperatura farqi kam bo‘ladi, natijada zichliklar farqi ham oz bo‘ladi, ya’ni 
    sirkulyasiya karraligi kamayadi. 
    Osma isituvchi kamerali bug‘latgich. Ushbu turdagi qurilmalarda isituvchi 
    kamera 1 o‘z obechaykasiga ega bo‘lib, qobiq 2 ning pastki qismiga erkin, 
    qo‘zg‘aluvchan qilib o‘rnatilgan. Isituvchi bug‘ truba 3 orqali uzatiladi va kamera 


    1 ning trubalararo bo‘shlig‘iga yuboriladi. Issiqligini bergan bug‘ kondensat holida 
    hamda isituvchi kameraning pastki qismidan chiqariladi. Isigan eritma esa
    qaynash trubalaridan yuqoriga ko‘tariladi va erkin sirkulyasiya ta’sirida bug‘latish 
    jarayoni sodir bo‘ladi (5.2-rasm). 

    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ichki isituvchi kamera va markaziy sirkulyasion trubali bug‘latish

    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish