• «Рисунок» bolimi
  • Temirov Kamoliddin ning Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish




    Download 420.03 Kb.
    bet4/7
    Sana03.02.2023
    Hajmi420.03 Kb.
    #40888
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    TEMIROV KAMOLIDDIN LOYIHALASHTIRISH
    cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), 1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii, Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1

    «Правка» bo'limi.


    «Правка» bo'limi buyruqlar to'plami yordamida quyidagi ishlarni bajarish mumkin (4 -rasm):
    «Отменить» [Ctrl]+[Z] - oxirgi buyruqni bekor qilish;
    «Повторить» [Ctrl]+[Y] - takrorlash; « Вырезать» [Ctrl]+[X] - rasm yoki shaklni qirqib olish; « Копировать» [Ctrl]+[C] - rasm yoki shaklni nusxalash; « Вставить» [Ctrl]+[V] - kerakli joyga rasmni o'rnatish; « Очистить выделение» [Del] - ajratilgan qismini olib tashlash; « Выделить все» [Ctrl]+[A] - barcha qismni ajratish;
    «Копировать в файл» - boshqa faylga rasmni yoki

    Просмотреть рисунок» [Ctrl] + [F] - rasmni ko'zdan kechirish;
    Demak, «Вид» bo'limi ko'magida uskunalar majmualaridan biri, bo'yoqlar va qator holati tanlanadi hamda rasm tevaragiga yoziladigan matn atributlari o'rnatiladi, rasm masshtabi aniqlanadi.

    «Рисунок» bo'limi



    «Рисунок» bo'limi buyruqlar to'plami yordamida quyi- dagilarni bajarish mumkin
    «Обратить цвета» [Ctrl]+[I] - ranglarni qarama- qarshisiga almashtirish;
    «Атрибуты ...» [Ctrl]+[E] - atributlarini rnatish;
    «Очистить» [Ctrl]+[Shift]+[N] - ekranni rasmdan tozalash;
    «Непрозрачный фон» - yorqin bo'lmagan fon.
    Shunday qilib, «Рисунок» buyruqlari yordamida rasmni
    burish, cho'zish, qiyalashtirish, ranglarni qarama - qarshisiga almashtirish, atributlarni o'rnatish, ekranni rasmdan tozalash kabi ishlar majmuini bajarish mumkin.

    II.BOB HAMKORLIKDA O’QITISH TEXNOLOGIYASI HAQIDA


    2.1 HAMKORLIKDA O’QITISH TEXNOLOGIYA HAQIDA TUSHUNCHA
    Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.
    Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir.
    Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.
    Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahlil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam ubshtirishga zamin tayyorlaydi.
    Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
    1. Komandada o’qitish (R.Slavin) da o’quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a`zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e`tiborni qaratadi.
    Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta`kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi etarli emas. O’quvchilar tom ma`nodagi hamkorlik, har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas`uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga intiladi.
    2. Kichik guruhlarda hamkorlikda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986).
    Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
    O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
    O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
    O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e`tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.
    O’zaro hamkorlikning muhim omili va o’quvchilarning o’zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o’zlashtirish ob`ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta`minlaydi.
    Hamkorlikdagi o’quv faoliyatining maqsadi o’zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o’quvchilar ilgari surgan yangi g’oyalar va o’zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.
    Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;
    O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.
    Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:
    faoliyatga kirish;
    mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar;
    o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi;
    taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi);
    madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq mAqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
    o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
    o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar;
    o’zini – o’zi uyushtiruvchi harakatlar.
    Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta`siri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta`sir o’tkazish harakatini baholashdan o’z-o’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi.

    2.2 HAMKORLIKDA O’QITISH SHAKLLARI


    Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni bola shaxsiga yo‘naltirishga asoslanganligi. Ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi. 
    Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash masalalar yechish va boshqalar.
    Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllari: tarbiyachi - bola, tarbiyachi- kichik guruh, tarbiyachi - katta guruh, kichik guruh - kichik guruh, kichik guruh – bola va boshqalar.
    Bolalarni hamkorlikka o‘rgatish, ularning tarbiyachi bilan va o‘zaro ham fikr bo‘lishlariga erishish: 
    2. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining turli shakllarini tayyorlash va amalda qo‘llash mashqlarini bajarish 
    Har bir tinglovchi ayrim turdagi hamkorlikda o‘qitish mashg‘uloti o‘quv materiallarini amalda qo‘llash uchun tayyorlashini tashkil qilish. Tinglovchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq hamkorlikda o‘qitish turlarida foydalanib o‘tkazish yuzasidan mashg’ulotlarni tayyorlaydilar va uning asosida guruh ishtirokida shu mashg‘ulotni qisqa bayon qilib beradilar va tegishli muhokama o‘tkaziladi: Masalan 
    “Hamkorlik kvadratlari” mashqi.
    Materiallar.
    Har bir besh kishilik guruh uchun diagramma asosida kesilgan besh karton to’rtburchaklari.
    Parchalar ustiga harf asosida A-E gacha belgilangan beshta konvertning bittasiga joylashtiriladi.
    Besh kishilik har bir guruh stol atrofiga iloji boricha qulay o’tirishlari kerak.
    Tartib:
    Guruhning har bir a’zosi konvert oladi. Mashqning maqsadi, guruh bir hil kattalikdagi beshta to’rtburchak yasashi kerak. Mashg’ulot noverbal holatda bajariladi.
    Bu mashqni o’tkazishga 20 daqiqa vaqt ajratiladi.
    Guruh hamkorligiga asoslangan va turli darajada izohlash mumkin bo’lgan klassik mashg’ulot hisoblanadi. Boshlanishda ba’zi bolalar to’g’ri kattalikdagi tortburchak yasaydilar, lekin boshqa ishtirokchilar lozim bo’lgan shakilni ishlatadilar. Masala yechimini shaxslar o’rtasidagi raqobat orqali emas, balki faqat guruh hamkorligi orqali topish mumkin. Ushbu mashg’ulot hamkorlik masalalari yuzasidan muhokamani boshlashga yordam beradi.
    Guruhlarda ishlashni o‘rganamiz
    Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jahon ta'lim sohasiga kirib borishga mo‘ljallangan yangi ta'lim tizimining shakllanish jarayoni kechmoqda. Ushbu davr o‘quv-tarbiya jarayonining pedagogik nazariya va amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar bilan kechmoqda: o‘qitishning mazmuni o‘zgaryapti, bilim berish jarayoniga boshqa yondashuv taklif etilyapti, boshqacha munosabatlar va o‘zini tutish tamoyillari shakllanyapti. Bularning barchasini bizning davrimiz – XXI asr – yangi texnologiyalar va insonlar o‘rtasidagi yangicha munosabatlar asri taqozo etmoqda. Bog’ch va maktablar esa har qanday davrda jamiyatning ijtimoiy buyurtmasini bajarib kelgan.
    Erkin fikrlash darslarini o’tkazish uchun o’quvchilarga ko’pgina ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalarni o’qishni tavsiya etamiz.
    AMALIY QISM

    Download 420.03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 420.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Temirov Kamoliddin ning Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish

    Download 420.03 Kb.